Toʻqimachilik korxonalariga paxtani sotib olish shartlarini yumshatishdi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini yanada ragʻbatlantirish va ularning raqobatbardoshligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 664-son qarori qabul qilindi
Korxonada kadrlar ishi yuritilishini qanday yoʻlga qoʻyish mumkin
«Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi» muallifi Abdusalom Risqullayev «Norma» PRMdagi «Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursini oʻtkazadi. Agar kitobchani oʻrganish asnosida sizda A. Risqullayevga savollar yuzaga kelsa, ularni oʻquv kursi doirasida berishingiz mumkin
Qurbon hayitining birinchi kuni – 21 avgust
Bu Prezidentning 15.08.2018 yildagi «Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida»gi PF–5512-son Farmonida nazarda tutilgan
Toshkentda «Industrial park» KSZ tashkil etiladi
Buning uchun shahar hokimligiga «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK «SAR» aviakompaniyasining poytaxtning Sergeli tumanida joylashgan bino va inshootlari beriladi
Poytaxtda investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha yillik eksperiment oʻtkaziladi
Prezidentning 15.08.2018 yildagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi
1 oktyabrdan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylari YaST yoki umumbelgilangan soliqlarni toʻlashadi
Koʻrsatilgan sanadan ular tomonidan qat’iy belgilangan soliqni toʻlash bekor qilinadi. Videokuzatuv hamda kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlagan holda xizmat koʻrsatish mumkin boʻladi
Turizm sohasidagi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning soliq solinadigan bazasini kamaytirish tartibi belgilandi
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qoʻshma qarori (13.08.2018 yilda 3053-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Maktab pedagoglariga – mukofotlar, imtiyozli avtokreditlar va ipoteka
Prezidentning 14.08.2018 yildagi qarorida xalq ta’limi tizimini takomillashtirishga oid shu va boshqa chora-tadbirlar nazarda tutilgan
2019 yilda soliqlar korxonangiz foydasiga qanday ta’sir koʻrsatadi?
«Norma» professional rivojlanish markazidagi treninglarning dastlabki «toʻlqinida» qatnashgan 93 nafar bosh buxgalter va rahbar shu savollarga javob topa oladi
Telekommunikatsiya tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulanganlik uchun sanksiyalarni joriy etmoqchilar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar loyihasini ishlab chiqdi. Qonun loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Maktab oʻqituvchilarining ish haqi oshiriladi
Indeksatsiya ikki bosqichda: 2018 yil 1 sentyabrda va 2019 yil 1 yanvarda qilinadi
Barcha fermer va dehqon xoʻjaliklari yagona elektron bazaga kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 10.08.2018 yildagi 645-son qarori bilan qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Dilorom Poʻlatova: «1UZni tanladim»
Bosh buxgalter Dilorom Poʻlatova ham, boshqa koʻplab hamkasblari singari, professional softni tanlashiga toʻgʻri kelgan. Norma.uz portaliga bergan intervyusida oʻz tanlovi haqida batafsil soʻzlab berdi
Baholovchilarga qanday toifalar beriladi
Baholovchilarga toifalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (11.08.2018 yilda 3052-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi
2019 yildan boshlab pensiyani hisoblash uchun ish haqi hisoblanadigan har qanday ish hisobga olinadi
QHTBT portalida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunga pensiyalarni hisoblab chiqarishga oid tuzatishlar loyihasi joylashtirilgan
2018 yil avgustda nafaqa qanday hisoblanadi
2018 yil 8 avgustdan boshlab bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha oylik nafaqa amaldagi EKIHning 200%i miqdorida hisoblab chiqariladi (7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmonga 1-ilovaning 1, 2-bandlari). Ushbu sanaga qadar u yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqib hisoblab chiqarilar edi
«Iste’mol krediti toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar ishlab chiqildi
QHTBT portalida tegishli qonun loyihasi e’lon qilindi. Ishlab chiquvchi – Markaziy bank
XT shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini oʻzgartirish taklif etilmoqda
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Bir guruh quruvchilar kasb bayrami munosabati bilan mukofotlandi
Prezidentning 10.08.2018 yildagi Farmoni bilan quruvchilarga davlat mukofotlari topshirildi
Davlat statistika qoʻmitasi hisobotlarni yigʻish tizimini modernizatsiya qildi
2018 yil 13 avgustdan «eStat 3.0» davlat statistika hisobotlarini yigʻishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushadi, deya xabar qiladi Davlat statistika qoʻmitasi
Adliya organlari NNT faoliyatini qanday oʻrganadilar
Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi 635-son qarori bilan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va oʻrganish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Poytaxt viloyatidagi ayrim KSZlar kengaytirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi 634-son tegishli qarorida shu nazarda tutilgan
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishiga 340 mln AQSh dollari investitsiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida «Indorama» kompaniyasi (Singapur) bilan zamonaviy paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 632-son qarori e’lon qilindi
Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasi quriladi
Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi 633-son qarori bilan Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt gacha boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun xususiy investitsiyalarni jalb etish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi» ma’qullandi
Davlat jamgʻarmasi hisobiga moliyaviy jihatdan koʻproq qoʻllab-quvvatlaydilar
Prezidentning 7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmoni bilan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini kompensatsiyalash uchun asoslar kengaytirildi
Anvar Rasulov: «direktor.uz dagi Palov markazi misoliga qarab novvoyxona qurmoqchiman»
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanilik Anvar Rasulov hozir direktor.uz da oʻquv kurslarida oʻqiyapti. Bu onlayn-kurs uning savdo sohasidan ishlab chiqarishga oʻtishida yordam berishiga ishonadi
Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun imtiyozlar haqida
15 avgust kuni «Norma» professional rivojlanish markazi turistik kompaniyalar vakillarini «Barchasi turizm haqida»gi seminariga taklif qiladi. Sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlaridagi yangiliklar haqida soʻz yuritiladi
Shaxmat – har bir maktabda
Majburiy maktab dasturlari doirasida 150 ta maktabning oʻquvchilarini tajriba tariqasida shaxmatga oʻqitish boshlanadi. Bu OʻzAda e’lon qilingan Prezidentning 9.08.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroridan kelib chiqadi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


