Xorijdagi fuqarolarimizni qutqarish operatsiyalari qanday oʻtkazilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 18.03.2018 yildagi 206-son qarori bilan Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
2018-2020 yillardagi soliq islohoti konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilmoqda
Prezidentning 13.02.2018 yildagi F–5214-son farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi soliq yukini kamaytirish, QQS stavkasini pasaytirish, qator soliqlar va majburiy toʻlovlarni birxillashtirish hamda bekor qilish, shuningdek soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Soliq tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha konsepsiya loyihasini tayyorladi
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tuzatish kiritildi
Moliya vazirining buyrugʻi (17.03.2018 yilda 2169-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Statistika hisobotlarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sharoitlarni koʻrsating
Vazirlar Mahkamasining 22.03.2018 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaxslarni statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 210-son qarori qabul qilindi
Poytaxtda isitish mavsumi yakunlandi
26 mart kuni Toshkent shahar hokimi «2017/2018 yillardagi isitish mavsumini yakunlash toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi
Import avtomobilni bojxonadan oʻtkazish qanchaga tushadi
Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni Oʻzbekistonga olib kirishda bojxonadan oʻtkazish qiymati eng koʻp muhokama qilinadigan mavzulardan biri boʻlib qolmoqda. Shunday qilib, shaxsiy foydalanish uchun xorijiy rusumdagi mashinani olib kirish jismoniy shaxsga qanchaga tushadi?
Dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishga doir hujjatlar va muddatlar oʻzgardi
Vazirlar Mahkamasining 23.03.2018 yildagi 213-son qarori bilan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Instagram'dan biznes yoʻlida foydalanish: asosiy talablar
Soʻnggi yillarda marketing sohasida Social Media Marketing — ijtimoiy tarmoqlardagi marketing yoʻnalishi faol rivojlanib bormoqda. Unga ham bozor yetakchilari boʻlgan yirik kompaniyalar, ham kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ehtiyoj sezadi
Eng yaxshilarga – yuqori maosh
«Balans plyus» konsalting kompaniyasi mutaxassislarni tanlashda Bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimini sinovdan oʻtkazdi. Shu munosabat bilan kompaniya direktori Olga Igamratova norma.uz portali savollariga javob berdi
Toshkent viloyatidagi davlat mulki faqat «E-IJRO AUKSION» orqali sotiladi va ijaraga beriladi
Vazirlar Mahkamasining 22.03.2018 yildagi «Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 209-son qarori e’lon qilindi
Bolalar bogʻchasi: unda nimalar boʻlishi kerak
Maktabgacha ta’lim muassasalarini oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me’yorlari tasdiqlandi (17.03.2018 yilda 2986-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan)
Tomorqa yer uchastkalari qaysi tartibda uch baravar yer soligʻiga tortiladi
Vazirlar Mahkamasining 18.03.2018 yildagi 205-son «Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Poytaxt bozorlaridagi bir martalik yigʻimlar miqdorlari oʻzgardi
Toshkent shahar hokimining 16.03.2018 yildagi 435-son qarori bilan Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlari tasdiqlandi
Import qilinadigan tovarlar ixtiyoriy asosda yuklashdan oldin inspeksiyadan oʻtkaziladi
Prezidentning 24.03.2018 yildagi «Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori OʻzAda joylashtirilgan
Biznesni yanada muvaffaqiyatli yuritish mumkin
Koʻpgina tavakkalchiliklar mavjud sharoitda biznesning barqaror rivojlanishini ta’minlash ancha mushkul vazifa hisoblanadi. Bunda belgilangan qoidalarga amal qilish shart. «Norma» PRM seminarlarida bu maqsadga eltadigan zamonaviy texnologiyalar haqida bilib olasiz. Portaldagi savollarga lektor Timur Sharapov javob beradi
AJ ustav fondining eng kam miqdori 16 baravar kamaytiriladi
Davlat raqobat qoʻmitasi aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va ularning samaradorligi, shuningdek fond bozorini rivojlantirish masalalari boʻyicha hujjatlar loyihalarini ishlab chiqdi. Loyihalar QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Xotin-qizlar va oilalarga – fuqarolar yigʻini mutaxassisi yordami va moliyaviy koʻmak
Vazirlar Mahkamasi Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisida nizomni tasdiqladi hamda Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyati tartibini belgiladi
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari: qoʻllash amaliyoti
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishni qanday tashkil etish mumkin? «Norma» professional rivojlanish markazi xizmatlaridan foydalanuvchilar bu boradagi tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar
Fohishaxonalarga boruvchilar jarimaga tortilib, majburiy tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda. Ularning loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan
Xorijiy OAV muxbirlarining akkreditatsiyadan oʻtishi tezlashadi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalarga (VMning 24.02.2006 yildagi 33-son qaroriga ilova) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Xalqaro avtotashishlarga ruxsatnomalar qanday beriladi
Vazirlar Mahkamasining 15.03.2018 yildagi 202-son qarori bilan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Oʻzbekistonda bevosita muloqotsiz va mobil toʻlovlar joriy etiladi
Prezidentning 23.03.2018 yildagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
2018 yilda amaldagi ta’til va ta’til haqi miqdori qanday hisoblanadi
Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (17.03.2018 yilda 2985-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.) e’lon qilindi
Nom yaratish uslubiyati
Oldingi materialimizda neyming, ya’ni nom tanlashning asosiy qoidalari bilan tanishtirgan edik. Bu safar esa tegishli usuldan foydalanib, yangi mahsulotlaringiz yoki kompaniyangiz uchun nomlarni bemalol topish yoʻlini oʻrganib olasiz
Nogironligi boʻlgan shaxslarning ish oʻrinlariga pasport rasmiylashtiriladi
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (16.03.2018 yilda 2983-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan)
Bosh prokuratura huzuridagi departament MDH mamlakatlari bilan moliyaviy razvedka boʻyicha hamkorlikni faollashtiradi
Prezidentning 19.03.2018 yildagi PQ–3615-son «Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Import qilingan farmatsevtika xom ashyosini QQSdan ozod qilish mexanizmi oʻzgaradi
Soliq kodeksining 211-moddasiga tuzatishlar loyihasi QHTBT portalida taqdim etilgan
Harbiy kafedraga talabalarni saralash qanday oʻtkaziladi
Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining qarori (17.03.2018 yilda 2984-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


