Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
05.09.17

Biznes uchun yangi mikrokredit mahsulotlar joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining 22.08.2017 yildagi 655-son qarori bilan Faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlar uchun mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish joylari, ularning koʻlami va hajmlarini kengaytirish boʻyicha 2017 — 2020 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi

05.09.17

Mobil aloqa va internet uchun soʻmda haq toʻlanadi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida barcha mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Majlisda Prezidentning PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilinishi munosabati bilan xizmatlar tarif siyosatini tartibga solish vazifalari muhokama qilindi

05.09.17

AKT sud tizimi ishini jadallashtiradi

Prezidentning 30.08.2017 yildagi PQ–3250-son qarori bilan 2017–2020 yillarda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturi tasdiqlandi

05.09.17

Konvertatsiya ochilishining alohida masalalari aniqlashtirildi

Prezidentning 2.09.2017 yildagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga sharh e’lon qilindi

05.09.17

Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi litsenziyalovchi organga aylanadi

Prezidentning 16.08.2017 yildagi PQ–3221-son qarori bilan Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari, tuzilmasi hamda moliyalashtirish manbalari belgilandi

05.09.17

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparatida yangi departamentlar paydo boʻldi

Prezidentning 21.08.2017 yildagi PQ–3226-son «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

05.09.17

Oʻzbekiston konvertatsiyani ochadi

Prezidentning 2.09.2017 yildagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi

04.09.17

Investitsiya vositachisini tugatish – qimmatli qogʻozlar topshirilganidan soʻng

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-4, 2017 yil 22 avgust) bilan Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

04.09.17

Elektron gazeta: yangi imkoniyatlar

«Soliq va bojxona xabarlari»+«Norma maslahatchi» yoki «Nalogoviye i tamojenniye vesti»+»Norma» gazetalarining elektron versiyasiga obuna boʻling va yangi imkoniyatlar va afzalliklardan toʻliq foydalaning!

04.09.17

Infratuzilmaviy obligatsiyalar egalari reyestrga kiritiladi

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1911-4-son, 2017 yil 22 avgust) bilan Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi

31.08.17

Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining maqomi oshirildi

Prezidentning 30.08.2017 yildagi PF–5174-son «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi

31.08.17

Norma.uz portali oʻquvchilariga tabrik

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari bizning oʻquvchilarimizga tabrik bilan murojaat qilishdi

31.08.17

Tadbirkor hayotini yengillashtiruvchi mobil ilovalar

Foydali va kerakli ilovalar bilan “jihozlangan” telefon shaxsiy yordamchidek gap. Uchrashuv haqida eslatadi, rejalarni yodga soladi, kerak boʻlsa smetani ham hisoblab berib, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi

31.08.17

Ombudsman fuqarolarning shaxsiy qabulini oʻtkazadi

29.08.2017 yildagi OʻRQ–441-son «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi

31.08.17

Biznes-ombudsman tadbirkorlarni qanday himoya qiladi

29.08.2017 yildagi OʻRQ–440-son «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi

31.08.17

Poytaxtdan uy sotib olayotganda ish stajini tasdiqlang

Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-15, 2017 yil 22 avgust) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

31.08.17

Fuqarolarni FVdan muhofaza qilish sohasida tayyorlash – mahallaning vazifasi

Vazirlar Mahkamasining 21.08.2017 yildagi 650-son “Aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

31.08.17

«Paxtakor» FKning 80%i investorga sotiladi

Prezidentning 21.08.2017 yildagi PQ-3227-son «Paxtakor» futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

30.08.17

Murojaatlarni koʻrib chiqish statistikasi va natijalari barcha uchun ochiq boʻladi

Vazirlar Mahkamasining 22.08.2017 yildagi 659-son qarori bilan Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga tuzatishlar kiritildi

30.08.17

OʻzRTBda yangilangan imkoniyatlar namoyish etildi

«Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi»ning markaziy ofisida jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi. OAV vakillari modernizatsiya qilingan savdo infratuzilmasi hamda OʻzRTB AJ elektron tijoratining yangi imkoniyatlari bilan tanishishdi

30.08.17

Xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov 2017 yil dekabr oyida oʻtkaziladi

“Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi 29.08.2017 yildagi OʻRQ-439-son Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi

30.08.17

Filiallar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar litsenziyalar reyestriga kiritiladi

Vazirlar Mahkamasining 23.08.2017 yildagi 663-son qarori bilan Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi

30.08.17

Davlat boshqaruvi tizimi modernizatsiya qilinadi

QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi loyihasi e’lon qilindi

30.08.17

Yangi qurilgan uylar ipotekasiga Toshkent propiskasi ilova qilinadi

Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-15, 2017 yil 22 avgust) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

29.08.17

Poytaxtda zamonaviy konsert zali quriladi

Prezidentning 25.08.2017 yildagi PQ-3243-son “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

29.08.17 NHH loyihalari
29.08.17

Uchuvchisiz uchish apparatlari qurilishda, kartografiyada va tabiiy ofatlar bilan kurashishda yordam beradi

QHTBT portalida “Iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirilgan

29.08.17 NHH loyihalari
29.08.17

Inson a’zolari bilan savdo qilish jinoiy tartibda ta’qib qilinadi

Sogʻliqni saqlash vazirligi “Inson a’zolari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini va Jinoyat kodeksiga tuzatishlar loyihasini ishlab chiqdi. Qonun loyihalari QHTBT portalida muhokama uchun ochiq

29.08.17

Artemiya sistalarini yigʻib olishga qoʻshimcha kvotalar tasdiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 614-son qarori bilan artemiya sistalarini yigʻib olishga ruxsatnoma berish tartibi tasdiqlandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.