Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nazoratning yangi tartibi: tekshiruvlarni videotasvirga olish va elektron hisob yuritish tizimi Moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish va sugʻurtaga e’tibor: «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunda nimalar oʻzgarmoqda 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
29.12.15

JShDS stavkasi pasayadi. Bundan kim foyda koʻradi?

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi shkalasining ikkinchi stavkasi 1 foizga pasayadi. 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab, Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan u 7,5% miqdorida belgilandi

29.12.15

2016 yilda YaITni eski stavka boʻyicha, sugʻurta badallarini yangi stavka boʻyicha toʻlaymiz

Fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi oshirildi. 2016 yil 1 yanvardan boshlab, Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan u 7,5% miqdorida belgilandi

29.12.15

Bojxona bojlari stavkalariga tuzatish kiritildi

Prezidentning “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 05.08.2009 yildagi PQ-1169-son Qarori bilan tasdiqlangan Import bojxona boji stavkalariga yangi pozitsiyalar qoʻshildi hamda mavjud ayrim pozitsiyalarga oʻzgartirishlar kiritildi

29.12.15

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga 20 yil

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining boʻlim mudiri Mahmudjon ISAYeVning Mehnat kodeksi yuzasidan mulohazalari

29.12.15

Tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshiramiz. 1-qism

Biz hozirgi kunda onlayn-tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish mumkin boʻlgan mobil servislar toʻgʻrisida maqolalar chop etishni boshlaymiz hamda ulardan foydalanishda yangi imkoniyatlar va afzalliklar haqida soʻz yuritamiz

28.12.15

MAK Internet orqali chiptalar sotishni boshlaydi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi 2016 yil 5 yanvardan boshlab ichki yoʻnalishlarga chiptalarni onlayn-bronlash va sotish xizmatini ishga tushiradi

28.12.15

Yuklarni joʻnatish. 2-qism: Temir yoʻl orqali tashish

Biz oldin yozganimizdek, pochta joʻnatmalari yuklarni bir shahardan boshqasiga yetkazishning ommabop va qulay usuli. Biroq bu usulda cheklovlar mavjud, axir yirik gabaritli ashyolarni pochtadan yuborib boʻlmaydi, temir yoʻl orqali esa buning iloji bor

25.12.15

«DeltaCard» egalari uchun elektron testlar chegirma bilan taqdim qilinadi

Bunday imkoniyat «DeltacarD» yagona diskont tizimini taqdim qiladigan Delta Promo Group kompaniyasi va «Mening shahrim» loyihasi hamkorlikni yoʻlga qoʻyganligi tufayli yuzaga keldi

25.12.15

Mehnat vazirligi oʻz xizmatlarini takomillashtiradi

Davlat portalidagi yangi xizmatlar bola tugʻilganda nafaqa tayinlash uchun, bola parvarishlash boʻyicha nafaqa uchun, shuningdek fuqaroni ishsiz deb e’tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash uchun elektron ariza yuborish imkonini beradi

24.12.15

Davlat organlari xalq bilan hamnafas boʻlishi lozim

Shuhrat ShARAFUTDINOV, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi a’zosining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi yuzasidan mulohazalari

23.12.15

Noshirlar litsenziya uchun arizani onlayn tarzda topshirishlari mumkin

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligidan yangi xizmat noshirlik faoliyati bilan shugʻullanishga qaror qilgan yuridik shaxslarga litsenziyalash uchun Yagona portal orqali elektron ariza yuborish imkonini beradi

23.12.15

IDXYaPda “Oʻzstandart”dan yangi xizmatlar

Yangi interaktiv imkoniyatlar tufayli “Oʻzstandart” agentligi ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan mahsulotlarni Milliy sertifikatlashtirish tizimida sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun elektron arizalar qabul qiladi, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotlarning muvofiqligi toʻgʻrisidagi xabarnomani roʻyxatdan oʻtkazadi

22.12.15

Hakamlik sudyalari malakasini oshirish davr talabi

Huquqni qoʻllash amaliyotida, ijtimoiy hayotda turli sub’yektlarning manfaatlari toʻqnashuvi, ular oʻrtasida bahs-munozaralar va nizolar kelib chiqishi tabiiy. Nizolarni hal etish tizimi ularni sud orqali va muqobil usullar bilan hal qilishni oʻz ichiga oladi. Soʻnggi yillarda nizolarni muqobil usullar orqali hal etish shakllaridan biri sifatida hakamlik sudlariga katta e’tibor berilmoqda

22.12.15

Idoraviy oʻqotar qurolga ega shaxslar oʻqitiladi

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti bazasida idoraviy oʻqotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berilgan tashkilotlar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

21.12.15

Nufuzli kompaniyalarning rivojlanish strategiyasi

Kompaniya hayotidagi har bir yangi bosqich uni olgʻa siljitish uslublarini almashtirishni talab etadi. Bunda biznesning darajasi va koʻlami qanchalik jiddiy boʻlsa, ular shunchalik byudjetli boʻlib boradi. Ushbu sharhda biz bu uslublarning ayrimlari haqida soʻz yuritamiz

21.12.15

2016 yil uchun tekshirishlar reja-jadvali 10 foizga qisqardi

Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi 2016 yil uchun nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishlar reja-jadvalini tasdiqladi

21.12.15

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKdan yangi yil sovgʻasi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Oʻzbekiston shaharlaridan Moskva shahriga qatnovlar uchun arzonlashtirilgan tarifni joriy qiladi

18.12.15

Boʻlgʻusi abituriyentlar uchun yangi yil taklifi

2015 yilning 15 dekabridan 2016 yilning 31 yanvariga qadar oliy oʻquv yurti, litsey yoki kollejga oʻqishga kirishga tayyorlanish uchun elektron testlarni juda hamyonbop narxda sotib olish mumkin boʻladi!

18.12.15

Konsert-tomosha faoliyatiga litsenziya olish tartibiga oʻzgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 9.12.2015 yildagi 354-son Qarori bilan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi qator hujjatlar tasdiqlandi

18.12.15

Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 4.12.2015 yildagi 353-son Qarori bilan 2016–2018 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar kompleksi tasdiqlandi

18.12.15

Yangi yildan alkogol mahsulotlari narxi oʻzgaradi

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qoʻshma qarori (AV tomonidan 10.12.2015 yilda 2738-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan 2016 yil 1 yanvardan alkogolli mahsulotlar uchun, pivodan tashqari, eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilanadi

17.12.15

Pasportchilarni XUMShdan mahalla fuqarolar yigʻinlariga oʻtkazishadi

Toshkent shahri hokimining 2015 yil 11 dekabrdagi 1089-son Qarori bilan Toshkent shahridagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari shtat jadvaliga pasport masalalari bilan shugʻullanuvchi bittadan shtat birligini kiritish haqidagi taklif ma’qullandi

17.12.15

Poytaxtning butun turar joy fondi uchun uy daftarlari yuritiladi

Toshkent shahri hokimining 2015 yil 11 dekabrdagi 1088-son Qarori bilan mulkchilik shaklidan qat’i nazar Toshkent shahridagi turar joy ob’yektlarida roʻyxatga olingan shaxslarni qayd etuvchi «uy daftari» joriy etildi

16.12.15

«Qishni manfaatli oʻtkazamiz» aksiyasi!

Yangi yil chegirmalari va sovgʻalari – yangi yil bayrami arafasida mandarinlar, ichimliklar yoki archa zarlari kabi oldindan taxmin qilish mumkin boʻlgan narsa

16.12.15

Korporativ sport: mehnatda ham samara, ham sogʻlom boʻlish uchun

Sport bilan shugʻullanish nafaqat jismoniy holatni yaxshilaydi, balki miya uchun ham foydali, reaksiyani tezlatadi hamda tez qarorlar qabul qilish qobiliyatini oshiradi

15.12.15

AJ faoliyatini barqarorlashtirish uchun choralar taklif qilinmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining a’zosi Elbek ShUKUROVning muhokama etilayotgan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi boʻyicha izohlari

15.12.15

Fuqarolikdan chiqayotganlarga armiyadan ozod etish toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma beriladi

Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnoma tasdiqlandi

14.12.15

Shartnomada neustoyka: jarima yoki penya

Yuridik shaxslarning xoʻjalik-shartnomaviy amaliyotida shunday vaziyatlar boʻladiki, bunda xaridor oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha topshirilgan tovar uchun sotuvchiga oʻz vaqtida yoki butunlay toʻlovni amalga oshirmaydi, pudratchi qurilish ishlarini muddatida bajarmaydi, buyurtmachi ijrochiga reklama materiallarini topshirishga kechikadi va b.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.