Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
02.02.22

Urugʻchilik: sohani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi choralar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi vegetatsiya davrida urugʻlik yetishtiruvchi sub’yektlar faoliyati monitoringini yuritadi.

01.02.22

1 Fevraldan nimalar oʻzgardi

norma.uz portali 2022 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.

01.02.22

Ishni sudga qadar yuritishda elektron hamkorlik tizimi joriy etiladi

Uning vazifalaridan biri - jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralarini koʻrish maqsadida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining mol-mulkini xatlash mexanizmini AKTdan foydalangan holda amalga oshirish.

01.02.22

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi

U besh bosqichda amalga oshiriladi, ularning har biri muayyan maqsadlarga erishishga qaratilgan. Ijtimoiy nafaqalar toʻlash, soliq imtiyozlari, ta’limni yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini tibbiy xizmat bilan qamrab olish va boshqalar shular jumlasidandir.

31.01.22

Ma’muriy sudlar qarorlarini ijro etmaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish boʻyicha hal qiluv qarorining takroran ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan jarima oshirilgan miqdorda solinadi.

31.01.22

Xizmatlar sohasi hududlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib rivojlantiriladi

Shaharlarda aholi gavjum boʻlgan koʻchalar savdo, xizmat koʻrsatish, sayilgoh va koʻngilochar koʻchalarga aylantiriladi, ayrim tadbirkorlik sohalariga qator imtiyoz va preferensiyalar beriladi.

31.01.22

1 martdan kompensatsiya toʻlovi barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga toʻlanadi

Yoshi 100 ga toʻlgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda - pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100%i miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.

31.01.22

«Grand Mir» mehmonxonasi ortidagi yer uchastkasi taqdiri Oliy sud tomonidan hal etiladi

Mirobod koʻchasidagi «Bogʻsaroy» mahallasidagi yer uchastkasi muammosiga yana bir nazar solsak. U yerda quruvchi «MASTER BULDING CAPITAL» MChJ restavratsiya qilmoqchi boʻlgan binosini buzib tashlagan, endi esa boʻshab qolgan yer uchastkasiga oʻzboshimchalik bilan ega chiqqan holda bolalar bogʻchasiga va ikkita koʻp qavatli uy-joyga xavf soladigan darajada yaqin masofada toʻqqiz qavatli tijorat binolarini qurmoqchi boʻlib tumanda yashovchilar bilan sudlashmoqda.

28.01.22

Parranda goʻshti yetishtirish uchun subsidiyalar miqdori oshirildi

Parrandachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

28.01.22

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash davlat nazorati ostida

Shu maqsadda kardiologiya xizmatini 2022-2024 yillarda yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

28.01.22

Bir yilda 6,8 milliondan ortiq iste’molchilarning huquqlari buzilgan

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ma’lumotlariga koʻra, 26 249 nafar jismoniy shaxsga (2020 yilda – 21 ming murojaat) iste’molchilar bilan bogʻliq masalalarni hal etishda yordam koʻrsatilib, 84% holatda ijobiy natijaga erishildi.

27.01.22

Oʻzbekistonda aviaspottingga ruxsat berildi

Joriy yilning may oyidan boshlab mahalliy va xorijlik havaskorlar hamda professional aviaspotterlar uchun musobaqalar oʻtkaziladi.

27.01.22

Endokrinologiya xizmatining yangi vazifalari belgilandi

Ular orasida - sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinida endokrin kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va boshqarish dasturlarini amaliyotga joriy etish, onlayn registr tizimini joriy etish orqali har bir bemor holatining monitoringini yuritish.

27.01.22

Yoshlar ishlari agentligiga yangi vakolatlar berildi

Agentlik huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga kiritildi va uning shu sohadagi vakolatlari belgilandi.

27.01.22

Senatning XXIII yalpi majlisi 3 fevral kuni boʻlib oʻtadi

Senat kengashining majlisida Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisini 2022 yil 3 fevral kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Navbatdagi majlisda 8 ta qonunning koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.

26.01.22

Orolboʻyida ekologik innovatsiyalar joriy qilinadi

Mintaqada “drayver” klasterlar tashkil etiladi, ekotizimlarni boshqarishning samarali usullari, ayniqsa, tabiiy resurslarni tejovchi samarali yangi texnologiyalar joriy qilinadi.

26.01.22

Mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish dasturi qabul qilindi

Dastur yoʻnalishlari orasida - yirik investitsiya loyihalari boʻyicha xalqaro tenderlarda mahalliy mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning qatnashishini ta’minlash.

26.01.22

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga subsidiyalar ajratiladi

Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 20 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi.

26.01.22

Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi

U Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar, paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yigʻimlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobidan shakllantiriladi.

25.01.22

Oʻzbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

U mamlakatimizning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash, qishloq va mahallalarni yanada obod qilish, qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitini shakllantirishga yoʻnaltirilgan.

24.01.22

Davlat kadastrlari palatasining funksiyalari kengaytirildi

Shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

24.01.22

Tadbirkorlik infratuzilmasi qanday rivojlantiriladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻapmalapi tashkil etilmoqda.

24.01.22

Farmatsevtika tarmogʻiga imtiyozlar berildi

Mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi.

24.01.22

“Zakovat” oʻyini gʻoliblari OTMga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan "Zakovat" stipendiyasi ta’sis etiladi.

22.01.22

Xorijiy tillarni oʻrganishga - 15 mlrd soʻm

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga bir martalik moliyaviy koʻmak Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

22.01.22

«Ulugʻbek» jamgʻarmasi iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashni kengaytiradi

Iste’dodli yigit-qizlar jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan kurslarda bepul tahsil oladi. Shuningdek, «Iste’dodli yoshlar axborotnomasi» ilmiy-amaliy elektron jurnali hamda «Mirzo Ulugʻbek vorislari» elektron portali tashkil etiladi.

21.01.22

“Buxoro agro” EIZdagi issiqxonalarga imtiyozlar berildi

Ularga kreditlar boʻyicha muddatlar uzaytiriladi, foiz xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi, tabiiy gaz uchun mavjud qarzdorlikni uzaytirish imkoniyati taqdim etiladi.

21.01.22

Orol dengizining suvi qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etiladi

Amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha monitoring yuritish majburiyati Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga yuklatildi. Tuproq tarkibini inobatga olib choʻl va shoʻr tuproqqa moslashgan oʻsimlik turlari ekiladi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.