Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilmoqda
Uning mablagʻlari tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlar oʻtkazish uchun grantlarga, ekspert, tadqiqot xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarga mukofotlar toʻlash va boshqalarga yoʻnaltiriladi.
Ipoteka munosabatlarida – elektron garov xatlari
Chora aholining keng qatlamlari uchun ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining vakolatlari kengaymoqda
Tegishli oʻzgartirishlar Inspeksiya toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilmoqda.
Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi oshadi
Turmush darajasi va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan (kam ta’minlangan oilalar soni kam) mahallalarda DXSh asosida nodavlat bolalar bogʻchalari tashkil etiladi.
Xalqaro moliya institutlari bilan ishlash boʻyicha Favqulodda shtab tashkil etilmoqda
2025 yilda 8 mlrd AQSh dollaridan ziyodroq xorijiy mablagʻlarni oʻzlashtirilishi rejalashtirilmoqda.
Qaysi oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkaziladi
Qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati tasdiqlanmoqda. U 15 ta toifaga turkumlangan 289 ta banddan iborat.
Tadbirkorlar maktab oʻquvchilarining kasbiy ta’limiga jalb etiladi
2025/2026 oʻquv yilida Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tajriba tariqasida ta’lim joriy etiladi.
Mikromoliya banklari instituti tashkil etiladi
Shunindek «UZ» domenida «bank» terminidan foydalanish cheklanadi
Fuqarolar yigʻini raislarining vakolat muddati besh yilgacha uzaytirildi
"Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi va "Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida"gi qonunlarga tegishli oʻzgartishlar kiritildi.
Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi bilan buxgalteriya hisobining uchta milliy standartiga - 4, 5 va 7-sonli standartlarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Yoqilgʻi-energetika resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash tartibi soddalashtirildi
Qator Prezident hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilandi
Bu faoliyat bilan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin.
Kasaba uyushmalarining filiallari qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi
Filial va boshlangʻich tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha DXM, nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi va YaIDXP orqali koʻrsatiladi.
NHH ijrosi monitoringi qanday oʻtkaziladi
Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli NHHning ijrosi besh yil davomida har yili majburiy nazorat qilinishi lozim.
Eksport boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar roʻyxati oʻzgartirildi
Oʻzgartirishlar neft mahsulotlariga tegishli.
Korporativ shartnomaning huquqiy maqomi belgilandi
Shuningdek bir qator qonunlarga korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirilishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Milliy gvardiyaning Bolalar bilan ishlash boshqarmasi vakolatlari kengaymoqda
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
«Oʻzbekiston – 2030» Strategiyasini 2025 yilda amalga oshirish dasturi qabul qilindi
Prezident Farmoni bilan «Atrof-muhit muhofazasi va "yashil iqtisodiyot" yili»da mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
Bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlanmoqda
Yigʻimlar miqdorlari rasmiylashtirilayotgan tovarlar qiymatiga bogʻliq
Davlat chegarasidan navbatsiz oʻtish qancha turadi?
Davlat chegarasidan navbatsiz oʻtish xizmatidan foydalanish uchun har bir voyaga yetgan shaxs uchun BHMning 15 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
Nogironligi boʻlgan bolalarni kunduzgi parvarish qilish xizmatlari subsidiya oladi
Davlat-xususiy sheriklik asosida 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalarni kunduzgi parvarish qilish xizmati joriy etilmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish me’yorlari qayta koʻrib chiqiladi
"Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilindi. U 6 oydan soʻng kuchga kiradi.
Qishloq xoʻjaligi yerlari ijarachilariga mustaqillik beriladi
Qishloq xoʻjaligi maydonlari unumdorligini oshirish va sohaga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Yangi elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi miqdori toʻrt baravarga oshirilmoqda
Oshirilgan yigʻim summasi 2025 yil maydan boshlab undiriladi.
Ma’muriy sudga kelmaganlik uchun jarima qoʻllaniladi
Mazkur chora sudga kelmagan davlat organining mansbador shaxsiga nisbatan qoʻllaniladi. Shuningdek, ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv instituti joriy qilinmoqda.
"Uy-joyning yagona hayot sikli" tamoyili joriy etilmoqda
Uy-joy va noturar ob’yektlarni ulushli ishtirok asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tugatildi
Uning vazifa va funksiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasiga oʻtkaziladi.
"Halol" mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda
Sertifikatlashda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan qabul qilingan va xalqaro miqyosda rasman tan olingan standartlarga ustuvorlik beriladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


