Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
14.11.16

NHH loyihalari: 2017 yil uchun statistika ishlari

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “2017 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi

11.11.16

Har bir dorixonada qanday dorilar boʻlishi kerak?

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida sogʻliqni saqlash vazirining “Dorixonalarda mavjud boʻlishi zarur boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi loyihasi e’lon qilindi

11.11.16

Sudyalar oʻzi kim?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2016 yildagi PF–4850-son Farmonida sudyalarning lavozimda boʻlishlarining yangi muddatlarini belgilash taklif etilgan. Endi uchinchi muddatga tayinlangan yoki tanlangan sudyalar oʻz lavozimini muddatsiz egallaydi. Mazkur tartib qayerda va qay tarzda qoʻllanilayotgani haqida yangi sharhimizda tanishishingiz mumkin

10.11.16

Korxonalar va pensiya jamgʻarmasi munosabatlari oʻzgardi

Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan (roʻyxat raqami 2836, 2016 yil 3 noyabr) Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi yangi nizom tasdiqlandi

10.11.16

Sudlov himoyasi: amaliyot va nazariya

Yaqinda qabul qilingan NHHlar sudyalarning huquqiy vakolatlarini aniqlab beradi va ular oldiga davlat hokimiyatini amalga oshirish, adolatni qaror toptirishda fuqaro va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini hamda davlat va jamoat manfaatlarini himoya qilishdek maxsus maqomiga muvofiq talablarni qoʻyadi

09.11.16

Boshlovchilar uchun buxgalteriya hisobi kursi

2017 yil 7 fevral kuni boshlanadigan ushbu kurs buxgalteriya hisobining elementlaridan boshlab, amaliy misollarda balans tuzishgacha boʻlgan bilimlarni sodda tilda tushuntirib berishni nazarda tutadi

09.11.16

Biznesning qanday tashkiliy-huquqiy shaklini tanlagan ma’qul?

Ushbu materialda XK, MChJ va chet el kompaniyasi vakolatxonasi tashkiliy-huquqiy shakllarining oʻziga xosliklari toʻgʻrisidagi axborotni yuklab olishingiz mumkin

08.11.16

Binoni uy-joy fondidan noturar joyga oʻtkazish yanada osonlashdi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma” xizmati yangilandi

08.11.16

Oʻzbekistonda ma’muriy sudlar tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2016 yildagi PF–4850-son Farmoni bilan mamlakatimizda ma’muriy sudlarni tashkil etish va “Ma’muriy sudlov ishlarini yuritish toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilish tashabbusi ilgari surilmoqda. Ushbu materialda bulardan koʻzlangan maqsad xususida soʻz boradi

08.11.16

Alvido, qamoq!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2016 yildagi Farmonida 01.04.2017 yildan boshlab qamoq jinoiy jazoning bir turi sifatida JKdan olib tashlanishi aytilgan. Bugungi sharhimizda endi mahkumlarga yengilroq boʻladimi yoki yoʻq, degan savolga javob izlaymiz

07.11.16

Paxta sanoati korxonalarini qayta tashkil etish nihoyasiga yetmoqda

Vazirlar Mahkamasining 28.10.2016 yildagi 374-son Qarorida “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasini tugatish jarayonlarini nihoyalash hamda uning tarkibiga kirgan “Paxtasanoat”ning hududiy aksiyadorlik birlashmalari faoliyatini toʻxtatish boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan

07.11.16

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning tuzilmasi yangilandi

Vazirlar Mahkamasining 28.10.2016 yildagi 375-son Qarori bilan «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning tashkiliy tuzilmasi va ijro apparati tuzilmasi tasdiqlandi

07.11.16

Kimyo sanoatida yangi organ tuzildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.10.2016 yildagi PQ–2640-son Qarori bilan “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati tuzildi va uning tashkiliy tuzilmasi, unga kirgan tashkilotlar roʻyxati hamda ijro apparati tuzilmasi tasdiqlandi

04.11.16

Diqqat! Aksiya!!!

«NORMA» gazetalari birlashgan tahririyati» MChJ obunachilari orasida yangi aksiya oʻtkazmoqda

04.11.16

2016 yilda amnistiya qanday qoʻllanadi?

Bizning ekspert amnistiyani qoʻllash tartibi yuzasidan batafsil tushuntirish beradi

03.11.16

Hokimiyat, biznes va aholining oʻzaro hamkorligi tizimi mustahkamlandi

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi 366-son “Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun talablarini soʻzsiz bajarish yuzasidan javobgarligi toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi

03.11.16

Dori-darmonlar narxi nazoratga olinadi

31.10.2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi

03.11.16

Pensiyalardan chegirmalar qilish tartibi belgilandi

Moliya vazirining buyrugʻi bilan (roʻyxat raqami 2835, 2016 yil 26 oktyabr) Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirmalar qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi

02.11.16

Hayvonlar qanday kasallikka chalinganda egasidan olib qoʻyilishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 25 oktyabrdagi 361-son “Davlat veterinariya xizmati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi

02.11.16

Soatbay mashgʻulotlarga koʻproq haq toʻlanadi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligining qoʻshma qarori (roʻyxat raqami 2834, 2016 yil 24 oktyabr) bilan yangi Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari tasdiqlandi

02.11.16

Apellyatsiya xoʻjalik sudlari nima uchun kerak?

Respublikamizdagi xoʻjalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tashkil etishga qaror qilindi (2016 yil 21 oktyabr, PF-4850-son). Yangi sharhimiz — xoʻjalik ishlari boʻyicha sud ish yuritish tizimining rivojlanishi nuqtai nazaridan qabul qilingan qarorning mantigʻi xususida

02.11.16

Oʻzbekistonda pullik yoʻllar paydo boʻladimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son Farmoni bilan “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish koʻzda tutilmoqda. Yangi sharhimizda bu nima degani hamda biznes bundan qanday naf koʻrishi haqida batafsil toʻxtab oʻtamiz

02.11.16

Buxgalterlar va auditorlar oʻrtasida tanlov e’lon qilindi

Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi, «Nalogoviye i tamojenniye vesti» hamda «Soliq Info» gazetalari tahririyati uchta mustaqil tanlovda qatnashishga taklif etadi: «Eng yaxshi buxgalter–2016», «Eng yaxshi auditor–2016» hamda «Eng yaxshi ichki auditor–2016»

01.11.16

Xalq maslahatchilari sudlar faoliyati ochiqligi va odilligini ta’minlashga xizmat qiladi

Shu kunlarda sudlarning xalq maslahatchilari saylovi yakunlandi. Aytish joizki, yuqori darajada tashkil etilgan mazkur jarayonda tavsiya, taklif va mulohazalar asosida eng munosiblar saylandi

01.11.16

NHH loyihalari: qanday kontraktlar ekspertiza qilinmaydi

Tashqi savdo faoliyatini yanada liberallashtirishga qaratilgan loyiha qonunchilik hujjatlarini baholash tizimi portalida e’lon qilindi

01.11.16

Liberallashtirish: qanday jinoyatlar uchun sudlashmaydi va jarima solishmaydi

Shu yili kuzda mamlakatimiz rahbariyati qator dasturiy qarorlarni qabul qildi. Ularning bir qismi qonunchilikni yanada liberallashtirish, biznes vakillarining javobgarligini yumshatish masalalariga bagʻishlandi. Bizning navbatdagi sharhimiz ushbu jarayonlarning ahamiyati va liberallashtirish yangi bosqichining avvalgilaridan farqlari xususida

31.10.16

Yuriskonsult hujjatlar loyihalariga qanday tartibda viza qoʻyadi?

Ushbu maqolada hujjatlar loyihalariga yuriskonsult tomonidan qanday tartibda viza qoʻyilishi yuzasidan yuridik fanlari nomzodi, dotsent Foziljon OTAXONOVning nuqtai nazarini keltiramiz

28.10.16

Xususiy biznes: bolalar uchun chet tillari markazini qanday ochish mumkin?

Xususiy ta’lim markazlari kundan-kun koʻpayib bormoqda. Bogʻchalar, maktablar, markazlar... Ammo, “karvon koʻp — rizqi boʻlak”, deganlaridek, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun ta’lim muassasalari hali ham daromadli va tez qoplanadigan bizneslardan biri hisoblanadi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.