Axborot vositachisining huquq va majburiyatlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2.08.2016 yildagi 249-son qarori bilan Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining - axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Kadrlar boʻyicha mutaxassislar uchun navbatdagi oʻquv kursi oʻzbek tilida oʻtkaziladi
Oʻn kunlik oʻqish 5 sentyabrda boshlanadi. «Norma» kompaniyasining yetakchi eksperti, koʻplab kitob va materiallar muallifi, amaldagi Mehnat kodeksi ishlab chiquvchilaridan biri Abdusalom Risqullayev kursda oʻqituvchilik qiladi
Muassisga zararli maslahatlar, yoki Yollanma direktorni qanday bezor qilish mumkin
Yollanma direktorni almashtirish koʻpgina yirik kompaniyalar uchun tabiiy hol. Qachondir ishni tashkil qilgan muassislar vaqti kelib oʻz oʻrnilariga yollanma direktorlarni qoldirib, dam olishga yoki joriy ishlarni ijrochi direktorlarga topshirishga qaror qiladilar. Amalda esa ishlarni yuritishning bunday shakllari har doim ham nazariyada oʻrganilganidek kechmaydi
Pullaringizni plastik kartada saqlang. Yoki ikkita, uchta...
Ish haqi plastik kartasiga dividendlar yoki xususiy korxona mulkdori daromadlarini oʻtkazish mumkinmi? Bank mijozning shaxsiy mablagʻlarini uning kartasiga oʻtkazishni cheklashga haqlimi? Markaziy bankning Toshkent shahri boʻyicha Bosh boshqarmasining tushuntirishlar bilan javobi – bizning sharhimizda
OʻzRTXB Maxsus komissiyasiga onlayn murojaat qilish mumkin
Davlat va korporativ xaridlar boʻyicha buyurtmachilar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida “OʻzRTXB” AJ mutaxassislari tomonidan bahslar va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish boʻyicha Maxsus komissiyaning elektron moduli joriy etildi
Metrologik xizmatlar uchun narxlar oʻzgaradi
2016 yil 25 avgustdan e’tiboran metrologik xizmatlar uchun yangi deklaratsiya qilingan narxlar joriy qilinadi, deb xabar beriladi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi rasmiy saytida
Senatda dolzarb masala muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida “Mamlakatda axborot xavfsizligini ta’minlashda mahalliy OAV rolini yanada oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
“Yubiley” aksiyasi: abituriyentlar uchun elektron testlar 50%ga arzon!
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi sharafiga Abitur.uz (ilgari – «Mening shahrim. Ta’lim») loyihasi “Yubiley” aksiyasini e’lon qildi. Abituriyentlar uchun elektron testlarning toʻliq versiyalari va blokli toʻplamlarini maxsus narxlar boʻyicha 50%ga arzon xarid qilish mumkin
Talaba va ish beruvchi: huquqiy munosabatlar
Talaba korxona direktori boʻlishi, bir necha lavozimda hamda toʻliq ish kunida ishlashi, diplom olgunga qadar mehnat daftarchasiga qayd kiritilishi, eski namunadagi diplomini nostrifikatsiya qilmasligi mumkinmi? Ushbu va boshqa talay savollar – “Javob beramiz!” Ma’lumot xizmatidan navbatdagi toʻplamda
AJ ustav kapitali faqat qoʻshimcha aksiyalar hisobiga oshiriladi
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi bilan «Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi buyrugʻiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi
Koʻchmas mulk xatlovdan oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 3.08.2016 yildagi 251-son qarori bilan 2016–2017 yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Qonuniylikni mustahkamlash yoʻlida
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining navbatdagi majlisi yakunlari toʻgʻrisida
Issiq suv hisoblagichni almashtirish qanchaga tushadi
Suvni hisobga olish priborining oʻrtacha ish muddati uning pasportida 12 yil deb belgilangan, lekin u toʻrt yilda bir marta majburiy qiyoslashdan oʻtkazilishi kerak
Qashqadaryoning Nishon tumanini rivojlantirish dasturi qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 11 avgustdagi 258-son qarori bilan 2016-2018 yillarda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Tajribasiz tadbirkorlarning 7 xatosi
Tajribasizlik – vaqt tomonidan davolanadigan illatdir. Bilim va tajribaga ikki usulda ega boʻlish mumkin: oʻz xatosi yoki oʻzgalar xatosidan saboq olgan holda. Bu faoliyatning barcha yoʻnalishlari va sohalariga, shu jumladan biznesdagi birinchi qadamlarga tegishli
Bank xabarlari: tariflar oʻzgarishi va omonatlarning yangi turlari
Norma.uz bank sohasidagi yangiliklarni kuzatib borayotir hamda ushbu toʻplamda oxirgi vaqtlarda mamlakatimiz banklarida sodir boʻlgan voqealar xususida
Tadbirkorlar huquqlari Adliya vazirligi himoyasidadir
Adliya vazirligida “Tadbirkorlar huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishi mustaqillik mahsulidir” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
NHH loyihalari: bozorlarni qoʻriqlash va tozalash uchun mulkdor toʻlaydi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
IDXYaP ixtiroga patent olish uchun hujjatlarni qabul qiladi
IDXYaPning “Intellektual mulk” sohasidagi interaktiv davlat xizmatlari roʻyxati yangi xizmat – “Ixtirolarga patent olish” bilan toʻldirildi
Yuristning NORMAl kutubxonasiga nazar soling
Navbatdagi sharhda yuristlar uchun yuristlar tomonidan tayyorlangan ayrim materiallarimiz haqida eslatib oʻtmoqchimiz. Umid qilamizki, bu maqolalar va ulardagi tavsiyalarga rioya qilish biznes taraqqiyoti va farovonligi uchun xizmat qiladi
Biznes xususiy, biroq kichik emas
Qoidaga koʻra, “kichik biznes” va “xususiy tadbirkorlik” atamalari normativ-huquqiy hujjatlarda birgalikda qoʻllaniladi. Bu ularning sinonimligi toʻgʻrisidagi fikrni shakllantirishi mumkin. Binobarin, bu tushunchalarga turli yuridik ma’no beriladi. Bu haqda batafsil – bizning sharhimizda
Aloqa tarixi – AKTni rivojlantirish tarixi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston aloqa tarixi muzeyida “Mustaqillik yillarida milliy axborot sohasining rivojlanishi” mavzusida seminar-ekskursiya tashkil etildi
OXS Plenumi: Gʻayriqonuniy bankrotlik ustidan nazorat kuchaytirildi
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 17.06.2016 yildagi “Ilgari qabul qilingan ayrim qarorlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 299-son qarori bilan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud jarayonining ayrim masalalariga tushuntirish berildi
Sud mulk huquqini tan olmasligi ham mumkin
OXS Plenumining “Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 19.11.2010 yildagi 220-son qaroriga yangi tushuntirishlar kiritildi
Davlat bojini undirish masalalariga tushuntirish berildi
OXS Plenumining 17.06.2016 yildagi 299-son qarori bilan OXS Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining (18.04.2008 yildagi 180-son) ayrim qoidalariga tuzatish kiritildi
Loyiha-qidiruv ishlari manzilli roʻyxatlarga kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 26.07.2016 yildagi 240-son qarori bilan Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini shakllantirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari uchun tanlov tashkil qilindi
Vazirlar Mahkamasining 21.07.2016 yildagi 237-son qarori bilan savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari oʻrtasida har yili Toshkent shahrida «Savdo va xavfsizlik» tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
Qanday qilib bojxona brokeri boʻlish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 25.07.2016 yildagi 239-son qarori bilan Bojxona brokeri sifatidagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


