Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasi umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini ragʻbatlantirish va ular uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish boʻyicha choralarni tasdiqladi.
Jismoniy shaxslarga qaysi yovvoyi hayvonlarni saqlash mumkin emas
Vazirlar Mahkamasi tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilish tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyada nimalarni aks ettirish kerak
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar va manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining shakllarini tasdiqlanmoqda.
Import qilinuvchi tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari soliqlardan ozod qilinadi
Tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar Soliq va Bojxona kodekslariga kiritildi.
Shaharlararo avtobus yoʻnalishlarida zararlarni qoplab berish rejalashtirilmoqda
Yoʻlovchilarni tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishlarida 30 foizgacha zarar bilan ishlaydigan yoʻnalishlar zararli hisoblanadi.
2024 yil uchun moliyaviy hisobotni qaysi qoidalar boʻyicha topshiramiz
4 noyabrda BHMS va MHXS boʻyicha tayyorlangan moliyaviy hisobot shakllari – Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom (04.11.2024 y. AVdagi roʻyxat raqami 3567-son) tasdiqlandi. Nizom 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Ya’ni 2024 yil uchun moliyaviy hisobot yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi.
Xalq tabobati bilan noqonuniy shugʻullanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda
Qabul qilingan qonunga koʻra shuningdek xalq tabobatida ruxsat etilmagan usullar bilan davolash oid reklama taqiqlanmoqda
Xorijga chiqish pasportini pochta orqali olish mumkin
Shuningdek, ota-onalar farzandlarini xorijda qoldirganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladilar
Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunga ma’rifiy faoliyatni amalga oshira olmaydigan shaxslar toifalarini belgilovchi qoʻshimcha kiritildi.
Aholiga psixologik yordam koʻrsatish qoidalari belgilandi
Psixologik yordam koʻrsatish standartlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Bepul chiptalar – "Yagona milliy ijtimoiy himoya" tizimi orqali
“Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” tasdiqlandi.
«Kelishilgan oʻyinlar» uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
Mazkur chora xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish standartlariga muvofiq joriy etilmoqda.
Elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari tarmogʻi kengaymoqda
Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikada elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi nimalar bilan shugʻullanadi
Uning asosiy vazifalari qatorida - iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish ishlari bor.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari qanday identifikatsiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanishicha mahalliy ishlab chiqarishda foydalaniladigan import materiallarning ulushi tovar qiymatining foizlardagi ulushi tovar tannarxida 70 foizdan oshmasa, u ham mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan deb tan olinadi.
Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi belgilandi
Markalarni xarid qilish uchun ishlab chiqaruvchilar bevosita «Davlat belgisi» DUKga, import qiluvchilar Bojxona qoʻmitasi orqali murojaat qilishadi.
"Yer qa’ri toʻgʻrisida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
Yer osti boyliklari va tabiiy ravishda yer qa’rida joylashgan barcha foydali qazilmalar Oʻzbekistonning davlat mulki hisoblanadi, ulardan oqilona foydalanish lozim va bu boyliklar davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Avtotransportning vazni va xajmi ustidan nazorat xususiy sektorga oʻtkaziladi
Avtomobil yoʻllarida vazn va hajm parametrlari nazorati boʻyicha zamonaviy oʻlchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va koʻchma shoxobchalar oʻrnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi.
DXSh loyihalari qanday amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishni tartibga soluvchi nizomlarni tasdiqladi.
Tamaki mahsulotlarining tranzit tartibi belgilanmoqda
Tovarlar respublika tashqarisiga olib chiqilganligi tasdiqlangandan soʻng toʻlangan bojxona summalari qaytariladi.
Navoiy davlat universiteti tashkil etilmoqda
Universitetda aniq va tabiiy fanlar, AT, sun’iy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi
2024 yil 31 oktyabrda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Pensiyalar tayinlash va toʻlashda byurokratiya qisqartiriladi
Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Sudgacha sanatsiya qilish jarayonida davlat tomonidan qanday yordam koʻrsatiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan birinchi navbatda sudgacha sanatsiya qilinadigan korxonalar doirasi belgilandi.
Atom energiyasi agentligining vazifalari belgilandi
Ular orasida atom energiyasidan foydalanish bilan bogʻliq davlat va xususiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish vazifalari bor.
Individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida YHQni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
MJTKga kiritilayotgan qoʻshimchalar bilan tez tibbiy yordam va yongʻin xizmati tomonidan avtohuquqbuzarliklarni tugatish tartibi belgilanmoqda.
Davlat chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Hujjat bilan fuqarolarning chegara zonasida vaqtincha yashash tartibi belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida yangi qonun qabul qilindi
Qonun Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tartibga soladi, uning tuzilmasi va vazifalarini hamda ish faoliyati prinsiplarini belgilaydi. Qonunning oldingi tahriri 2019 yilda qabul qilingan edi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


