Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Institutga kirish osonlashdi

16.09.2019

Rus tilida oʻqish

Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibiga tuzatishlar kiritildi (VMning 11.09.2019 yildagi 759-son qarori).

 

U Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida faoliyat koʻrsatib, Prezidentning 14.08.2017 yildagi PQ-3206-son qarori bilan tashkil etilgan. Ustuvor vazifalari jumlasida – davlat hokimiyati, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining yosh kadrlarini qayta tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish. Qabul kvotalari, taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati, kirish sinovlarini oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 4.05.2018 yildagi 336-son qarorida belgilangan.

 

Tuzatishlar bilan ikki bosqich: test va suhbatdan iborat kirish imtihonlarini oʻtkazish tatibi oʻzgartirildi.

 

Birinchidan, agar ilgari suhbatga qadar testda 67,5 balldan (eng yuqori ballning 75%i) yuqori ball olgan nomzodlar suhbatga qoʻyilgan boʻlsa, endi buning uchun 49,5 ball (55%i) yetarli. 

 

Ikkinchidan, belgilanishicha, test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtganlar soni qabul kvotasi boʻyicha ajratilgan tinglovchilar soniga teng yoki undan kam boʻlganda suhbat oʻtkazilmaydi.

 

Uchinchidan, endi suhbatda, boshqalar qatorida,  nomzodlarning tizimli fikrlashi, kreativligi va innovatsiyalar bilan samarali ishlashi va h.k. baholanadi. Tegishincha, mazkur bosqichda 60 dan 110 gacha olish mumkin boʻlgan eng yuqori ball koʻrsatkichi ham oshirildi. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtilganini tan olish uchun eng past ball esa, aksincha, chiqarib tashlandi. Shu tariqa, ushbu bosqichda toʻplangan barcha ballar sonidan qat’i nazar test natijalari bilan jamlanadi. Eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga ega 60 nafar nomzod qabul qilinadi (bu qoida oʻzgarmadi).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.