Sudyalar yangicha tayyorlanadi
Prezidentning 6.01.2019 yildagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4096-son qarori e’lon qilindi
Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlaridan QQS qanday ajratib chiqariladi
Yuridik shaxs umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga va (yoki) QQSni ixtiyoriy toʻlashga oʻtganda tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoldiqlari boʻyicha QQS summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi. Bu soliq toʻlovchiga byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini kamaytirish imkonini beradi. Buni qanday amalga oshirish toʻgʻrisida «Norma» ekspertlari maslahat beradilar
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday tuziladi
Kim yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq toʻlovchi hisoblanishi va Ma’lumotnomani qanday tayyorlash haqida – “Norma” ekspertlari maslahatlarida
Kommunal xizmatlar tizimi qachon avtomatlashtiriladi
Iste’molchining unifikatsiyalangan shaxsiy hisobraqamini joriy qilgan Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini yaratish keyinga qoldirildi
Irina Shamsulina: «bir.uz umumbelgilangan tizimga oʻtishda yordam berdi»
bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimidan foydalanuvchilar uning yordamida soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtishga tayyorgarlik koʻrdilar. Ular orasida namanganlik buxgalter Irina Shamsulina ham bor. Undan bir nechta savolimizga javob berishini soʻradik
Soliqlar «plastikdan» soʻzsiz undirib olinmaydi
Soliq organlariga soliq qarzdorligini jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan soʻzsiz hisobdan chiqarish huquqini beruvchi norma bekor qilindi
Notarius lavozimiga tanlov qanday oʻtkaziladi
Adliya vazirining buyrugʻi (4.01.2019 yilda 3114-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazishning yangi tartibi tasdiqlandi
Eng yaxshi sektorlar rahbarlariga avtomobillar sovgʻa qilinadi
Prezidentning 8.01.2019 yildagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Esdalik uchun suratga olish: cheklovlar olib tashlandi
Mart oyidan boshlab foto va videotasvirga olish taqiqlangan ob’yektlarni tegishli koʻrsatkich belgilariga qarab aniqlash oson boʻladi. Turistlarga namoyish etiladigan ob’yektlarda esa nazoratchilar oʻrniga turniketlar paydo boʻladi
Yanvar oyida knigi.uz internet-doʻkoniga bir qarab qoʻying
Joriy oyda «Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyotining knigi.uz internet-doʻkonida qanday yangiliklar boʻladi? Bu haqda batafsil – sharhimizda
Deputatlar uchta qonun loyihasini muhokama qildilar
Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida 2019 yil 7 yanvar kuni deputatlar jinoyat-huquqiy siyosat va agrar sektori sohasidagi qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar
Yer soligʻi qanday hisoblab chiqariladi va toʻlanadi
«Norma» ekspertlari yer soligʻi boʻyicha hisob-kitoblar qanday amalga oshirilishi va u qanday toʻlanishi haqida maslahat beradilar
Yashash guvohnomasi olish shartlaridan biri – koʻchmas mulkni xarid qilish
109 ta davlat fuqarolari Oʻzbekistonda koʻchmas mulkni xarid qilganlaridan keyin yashash guvohnomasini olishlari mumkin
Uzoq masofaga sayohat qilganda bir transportdan boshqasiga oʻtish qulaylashadi
Reyslarni (avtobus, avia- va temir yoʻl) qulay tarzda bogʻlovchi yoʻl chiptalarini sotishni nazarda tutuvchi respublika transport tizimining yagona elektron portali tashkil etilmoqda
Oʻzbekistonga xush kelibsiz: mamlakatimiz viza tizimi soddalashtirilmoqda
Qator xorijiy davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilmoqda, «Ye-viza»ni rasmiylashtirish uchun imkoniyatlar kengaytirilmoqda hamda kirish vizalarining yangi turlari: elektron va “oddiy” vizalar joriy etilmoqda
2019 yilda yuridik shaxslar qanday soliqlarni toʻlaydilar
Tadbirkor va buxgalterlar taqdim etilgan soliq solish variantlarining har biri haqida tasavvurga ega boʻlishlari uchun «Norma» MChJ mutaxassislari qiyoslama jadval tayyorladilar
2019 yil I chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar yuzasidan ma’lumotnomani kim topshirishi kerak
2019 yilning I choragi uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun ma’lumotnomani faqat bu soliqni 2018 yilda ham toʻlagan yuridik shaxslar topshirishlari kerak. Buni buxgalter.uz saytiga Davlat soliq qoʻmitasida tasdiqlashdi
Yunusobod tumanidagi XUMSh va koʻp qavatli uylarda tajriba oʻtkaziladi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida poytaxt hokimligi va UJKX vazirligi tajriba oʻtkazadi. Koʻp kvartirali uylar professional boshqaruv kompaniyalariga boshqaruvga beriladi hamda soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etiladi
2019 yilda kiyim-kechak, uy uchun tovarlar va texnika importi qimmatligicha qoladi
29.06.2018 yildagi PQ–3818-son qarorga koʻra 2019 yilga rejalashtirilgani bilan solishtirganda 452 turdagi tovarlar boʻyicha import bojxona bojlari oʻzgardi. 65 ta pozitsiya boʻyicha aksiz soligʻi joriy etildi. Yangi stavkalar bojxonada rasmiylashtirishga qanday ta’sir koʻrsatishini koʻrib chiqamiz
Toshkentda xorijiy investorlarga maxsus markazlar yordam beradi
2019 yilning 1 fevralidan poytaxtning tuman hokimliklari huzurida Investorlarni qoʻllab-quvvatlash markazlari ish boshlaydi. Markazlar investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy investorlarga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida koʻmaklashadi
2019 yilda bolalar bogʻchasi uchun toʻlov qanday oʻzgaradi
Toshkent shahri va viloyatlar markazlari boʻyicha indeksatsiya foizi koʻrsatilgan holda bolalar bogʻchasi uchun toʻlovning amaldagi va 2019 yil 1 maydan joriy etiladigan miqdorlarining solishtirma jadvalini taqdim etamiz
Mehmonxonalarni qurish boʻyicha xarajatlarning bir qismi davlat tomonidan qoplanadi
2021 yil oxiriga kelib mamlakatimizda mehmonxona nomerlari 2,5 baravar koʻp boʻladi. Xostellar va zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalar qurish ustuvor hisoblanadi. Buning uchun investorlar faol jalb etiladi, ularni har tomonlama, loyihalarni birgalikda moliyalashtirishgacha qoʻllab-quvvatlash amalga oshiriladi
Ijara toʻlovining eng kam stavkalari oshirildi
Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladigan 2019 yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi
Xorijga chiqish pasportlari mavzusi boʻyicha F.A.Q.
Poytaxt IIBB xorijga chiqish pasportlariga taalluqli eng koʻp beriladigan savollarga javob beradi
Garov reyestriga yozuv kiritish va undan koʻchirma olish ikki baravar arzonlashdi
Vazirlar Mahkamasining “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014 yil 12 iyundagi 155-son qaroriga tegishli tuzatishlar kiritildi
Asossiz oshirilgan narxlar haqida Moliya vazirligiga xabar berish mumkin
Moliya vazirligi huzurida Shtab tuzildi, u qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish, shuningdek iste’mol tovarlariga narxni shakllantirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlarga tezkor javob qaytarish bilan shugʻullanadi
Elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi
Uyushma “Oʻzeltexsanoat” AK negizida tashkil etiladi. Ixtiyoriy asosda a’zo boʻlgan elektrotexnika sanoati korxonalari va tashkilotlari uning a’zolari boʻlishi mumkin
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan qanday kadrlar tayyorlanadi
2019-2021 yillarda Jamgʻarma stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish dasturlari boʻyicha 4 000 ta mutaxassisni tayyorlash rejalashtirilmoqda. Ularning 20%i magistratura va doktoranturada oʻqishadi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


