Xalq ta’limidagi islohotlarni ikkita yangi jamgʻarma qoʻllab-quvvatlaydi
Xalq ta’limi vazirligida tarkibiy islohotlar boshlandi. Prezidentning 5.09.2018 yildagi «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3931-son qarori bunga zamin yaratdi
Kadrlar xizmatlarining ishi reglamentlanadi
QHTBT portalida davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek ustav kapitalidagi davlat ulushi 50%dan ortiq boʻlgan tashkilotlarda kadrlar ishini yuritish tartibini belgilovchi nizom loyihasi joylashtirilgan
Avtomobilga ishonchnomalarni vakolatlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish huquqi bilan berishga ruxsat etilishi mumkin
Transport vositalarini boshqarish va tasarruf etishga vakolatlarni rasmiylashtirish qoidalariga kiritiladigan oʻzgartirishlar muhokamaga qoʻyildi
XUMShning foydalanish xarajatlari hisobini yuritish va toʻlash avtomatlashtiriladi
QHTBT portalida respublikamizdagi barcha koʻp kvartirali uylarni foydalanish xarajatlari uchun toʻlovlar hisobini yuritishning integratsiyalashtirilgan tizimi – www.oboduy.uz koʻp kvartirali uyda yashovchining elektron kartasiga ulash rejalashtirilgan loyiha muhokama qilinmoqda
«Plastik»da toʻlovni bekor qilish osonlashdi
Uzcard kompaniyasi «karta hisobraqamidagi pul mablagʻlarini xoldirlash» xizmati ishga tushganligini xabar qildi, bu karta saqlovchisiga tovarlarni (xizmatlarni) olgunga qadar mablagʻlarni «muzlatib turish» imkonini beradi
Joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan kameral tekshiruv: mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni qanday amalga oshirish taklif etilmoqda
QHTBT portalida Davlat soliq xizmati organi tomonidan mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda
Telegramda statistika haqida feyk kanal paydo boʻldi
Davlat statistika qoʻmitasi soxta Telegram-kanal paydo boʻlganligi, uning ma’murlari qoʻmita logotipidan qonunga zid ravishda foydalangan holda foydalanuvchilarni chalgʻitayotganligi haqida ogohlantirdi
9 xonali telefon raqamiga oʻtish jadvali ma’lum qilindi
10 sentyabrdan telekommunikatsiya tarmoqlarini 9 xonali telefon raqamlari tizimiga oʻtkazish boshlandi, bu jarayon 2018 yilning oxirida yakuniga yetadi, deya xabar berdi Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi
Biznesni tekshirish: yangi qoidalar
Bosh prokurorning buyrugʻi (7.09.2018 yilda 3067-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi
Byudjetni toʻldirish: toma-toma koʻl boʻlur
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash kerak. Agar toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, kechiktirilgan har bir kun uchun penya toʻlashga toʻgʻri keladi. Hammasi oddiydek tuyuladi, biroq amaliyotda insofli soliq toʻlovchilar ham penya toʻlagan holatlar uchragan
Xususiy ta’lim muassasalariga – yangi imtiyozlar
Prezidentning 5.09.2018 yildagi PQ–3931-son qarori bilan nodavlat ta’lim muassasalari uchun bir qator soliq va bojxona imtiyozlari nazarda tutilgan
Mehnatni muhofaza qilish xizmati koʻp sonli tashkilotlar uchun majburiy boʻlishi mumkin
QHTBT portalida Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini barpo etish va faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda
Davlat xususiy maktablar uchun yer uchastkalari va boʻsh turgan binolarni ajratadi
Prezidentning 5.09.2018 yildagi PQ–3931-son «Xalq ta’limi tizimiga yangi boshqaruv tartib-taomillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
«Namangan» EIZ tashkil etildi
Erkin iqtisodiy zona Prezidentning 20.08.2018 yildagi PF-5517-son Farmoniga muvofiq Namangan viloyatining Chust tumanida tashkil etildi
Tadbirkorlik sub’yektlarini pasportlashtirish boʻyicha eksperiment boshlandi
Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 54 ta mahallada tadbirkorlik sub’yektlarining pasportlari tuzila boshladi, deya xabar berdi Davlat soliq qoʻmitasi
Banklar ishidagi oʻzgarishlar: kafolatlarni berish soddalashdi, aloqador shaxslarni kreditlash uchun ta’minot kamaytirildi
MBning banklar faoliyatini tartibga soluvchi bir qator hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi
Kadrlar ish yurituvi: savollarga javoblarni qayerdan topish mumkin
Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi masalalari qanday qilib toʻgʻri hal etilishi siz uchun qiziqarlimi? Qiziqarli boʻlsa, «Norma» professional rivojlanish markaziga boring. Bu yerda 17 sentyabrdan «Kadrlar ish yurituvi» oʻquv kursi ochilmoqda
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining ishi qanday monitoring qilinadi
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, yer balansiga rioya etish, fermerlar va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish, yetishtirilgan mahsulot sotilishining hisobini yuritish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash tartibi tasdiqlandi (5.09.2018 yilda 3064-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan)
Elektr energiyasining reaktiv quvvatini kompensatsiyalovchi iste’molchilar koʻpaydi
Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
Oʻquvchilar darslik toʻplami qancha turadi
Moliya vazirligining saytida 2018/2019 oʻquv yilida umumta’lim maktablari oʻquvchilari uchun darslik toʻplamlariga ijara toʻlovlarining hajmlari e’lon qilindi
Ulgurji sotuvchilar valyuta konvertatsiyasidan tushgan tushumlardan YaST boʻyicha boʻnak toʻlovlaridan ozod qilindi
Moliya vazirligi, DSQ va MB Boshqaruvining qarori (6.09.2018 yilda 2065-4-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Xalq ta’limi boshqaruvi isloh qilinadi
Boʻsh maktablar kuchlilariga ergashadi, «Zamonaviy maktab» davlat dasturi ishlab chiqilmoqda, bolalarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda
“Egmont” guruhi bilan hamkorlik - Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti orqali
Vazirlar Mahkamasining 5.09.2018 yildagi “Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhining faoliyatida ishtirok etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 710-son qarori qabul qilindi
Davlat xaridlari sohasidagi mutaxassislarni majburiy sertifikatlashtirish joriy qilinadi
Bu Prezidentning 5.09.2018 yildagi «Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan
Qanday qilib buxgalter yangi ishga kirishib keta oladi
Yangi joyda birinchi kun ishlash – mas’uliyatli palla. Nimaga e’tibor berish kerak, nimalarni nazardan qochirmaslik lozim? Poytaxtdagi korxonalarda bosh buxgalter boʻlib ishlab, katta tajribaga ega boʻlgan ekspert Olga Shabanova maslahat beradi
Oliy ta’lim muassasalariga masofaviy oʻqitishga ruxsat beriladi
«Ikki diplom» («double degree») modeli boʻyicha oʻqitish tizimi ham joriy etiladigan Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi dastlabki ana shunday muassasa boʻladi
Taqiqlangan axboroti boʻlgan saytlar qanday cheklanadi
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Paxtaning qoʻlda terilgan bir kilogrammi uchun 650 soʻmdan 1000 soʻmgacha toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 30.08.2018 yildagi 703-son qarori bilan paxta xom ashyosini qoʻlda va mashinada terish qiymati, shuningdek paxta terish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


