Bitta shartnoma doirasida aynan bir xil tovarlarning doimiy olib oʻtilishi qanday deklaratsiyalanadi
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 3037, 5.07.2018 y.) bilan Bir tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini davriy BYuD taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
Oʻzbekistonga kirish uchun elektron viza: u qanday ishlaydi
2018 yil 15 iyuldan boshlab xorijiy fuqarolar «Ye-VISA.UZ» tizimi yordamida Oʻzbekistonga kirish vizasini olishlari mumkin boʻladi. Sharhimizda ushbu tartib-taomil tafsilotlari bilan tanishing
Davlat organlariga koʻmaklashuvchi jamoatchilik kengashlari tashkil etilmoqda
Prezidentning 4.07.2018 yildagi «Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3837-son qarori imzolandi
Joriy yil oktyabrdan boshlab banklar uchun mijozlar bilan ishlash qoidalari joriy etiladi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (2.07.2018 yilda 3030-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan bank xizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar tasdiqlandi
Yiliga 4,5 EKIH badal toʻlagan mehnat migrantlarining pensiya staji hisobga olinadi, xorijga ishlash uchun litsenziya boʻyicha yuboriladi
Prezidentning 5.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Mahalla qoʻmitasidan ayrim ma’lumotnomalar berilishini bekor qilish taklif etilmoqda
Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining mahalladan ma’lumotnomalar berilishi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinishi nazarda tutilgan qarori loyihasi ishlab chiqildi
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini rivojlantirish normalari belgilandi
Maktabgacha ta’lim vazirining buyrugʻi (3.07.2018 yilda 3032-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari tasdiqlandi
Elektron auksionda tadbirkorlik uchun yerni qanday olish mumkin
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (VMning 30.06.2018 yildagi 493-son qaroriga 1-ilova) e’lon qilindi
Idoraviy NHH jamoat tashkilotlari bilan kelishiladi
Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-6, 5.07.2018 y.) bilan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Koreyalik sheriklar energiya resurslarini hisobga olish tizimini joriy qilishda koʻmaklashadilar
Prezidentning 3.07.2018 yildagi «Koreya Respublikasi bilan bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3831-son qarori imzolandi
FHDYolarning hokimliklar tarkibida ishlash qoidalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 3.07.2018 yildagi «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 498-son qarori e’lon qilindi
«Hi-tech city» oʻrniga – oʻsha joyning oʻzida «Delta city»
Prezidentning 4.07.2018 yildagi «Toshkent shahrida «Delta city» xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz» loyihasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3833-son qarori e’lon qilindi
Oilaviy va shaxslararo nizolarni oldini olish kuchaytiriladi
Prezidentning 2.07.2018 yildagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3827-son qarori imzolandi
Mehnat inspeksiyasiga kelishuvlarsiz tekshiruv oʻtkazish huquqi berilishi mumkin
QHTBT portalida Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasi mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Yelena Klevitova: «Oʻz kuchimni sinab koʻrmoqchiman…»
«Men qizim bilan birga direktor.uz da shugʻullanamiz. Resurs ikkimiz uchun ham foydali boʻldi», – deb ta’kidladi «XURRAM SHOD» MChJ direktori Yelena Klevitova
Eski elektr hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish uchun iste’molchilar haq toʻlamaydilar
Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi
TOP-3: Buxgalterlar malakasini oshirishlariga toʻsiq boʻladigan bahonalar
Tashkilotda soliq imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanilishi, qonun normalariga muvofiq hisob yuritish, moliyaviy resurslarni oqilona boshqarish va boshqalar buxgalterga bogʻliq. Aynan shu bois boshlovchilar ham, tajribali mutaxassislar ham oʻz bilimlarini sinab koʻrishlari foydadan xoli boʻlmaydi. Buxgalter bilimini sinab koʻrishiga nimalar toʻsqinlik qilmoqda?
15 iyuldan 101 mamlakatdan tranzit orqali oʻtadigan aviayoʻlovchilar va 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga Oʻzbekistonga qisqa muddatli vizasiz kirishga ruxsat berildi
Prezidentning 4.07.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Mamlakatimizda eski namunadagi pasportlar 2019 yil oxirigacha haqiqiy hisoblanadi
Bu haqda Adliya vazirligi oʻzining telegram-kanalida xabar beradi
Xalqaro kelishuvlarda mulk huquqini e’tirof etish haqida batafsil
«Eksport-import operatsiyalari: hisob, soliq solish, xatoliklar» seminarining asosiy mavzusi mulk huquqini e’tirof etishning murakkab masalalari boʻldi. Mashgʻulotlar 2018 yil 11 iyulda «Norma» professional rivojlanish markazida oʻtkaziladi
Oziq-ovqat bozorlarida savdo shoxobchalarini onlayn-auksion orqali ijaraga olish mumkin boʻladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oziq-ovqat tovarlari bozorlarida turgʻun savdo shoxobchalari va savdo joylarini taqsimlashni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
2018 yil 1 oktyabrdan litsenziyasiz kripto-aktivlar oboroti noqonuniy hisoblanadi
Prezidentning 3.07.2018 yildagi «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 3832-son qarori imzolandi. Hujjatning qabul qilinishi Oʻzbekiston qonunchiligi uchun yangi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda dastlabki qadam boʻldi
Mediatsiya: yangilikning mohiyati nimada?
«Mediatsiya toʻgʻrisida» 3.07.2018 yildagi OʻRQ–482-son Qonun e’lon qilindi.
Bojxonachilar uchun 1026 ta kvartira quriladi
QHTBT portalida Prezidentning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi organlari xodimlari uchun uy-joylar qurishga doir qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Oliy ta’lim muassasalari harbiy kafedralarida yakuniy imtihonlar qanday oʻtkaziladi
Iyun-iyul oylarida oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladi. Uni tashkil qilish tartibi Yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3025, 26.06.2018 y.) bilan tasdiqlandi
Soliq siyosati konsepsiyasi: qabul qilingan versiyada loyiha bilan solishtirganda nimalar oʻzgardi?
Xalqaro press-klubning navbatdagi yigʻilishida soliq tizimi mavzusi koʻtarildi. Ishtirokchilar ularni bartaraf etish va yechimini topish maqsadida Soliq tizimini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilingan tizimdagi muayyan muammolarni muhokama qildilar
2018 yil oxirigacha 40 ta bolalar bogʻchasi quriladi
Prezidentning 02.07.2018 yildagi “2018 yilda maktabgacha ta’lim muassasalarinn qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mnrlash manzilli dasturi toʻgʻrnsida”gi PQ-3822-son qarori e’lon qilindi. Uni amalga oshirish uchun 1,25 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi
Namangan viloyatida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi
Prezidentning 2.07.2018 yildagi «Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3826-son qarori e’lon qilindi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


