Buxgalteriya tekshiruvni talab etadi
Tadbirkorlar moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilishidan xalos boʻldilar, bunday ta’til qanday yakunlanishi haqida koʻpchilik oʻylab ham koʻrmayapti. Muxbirimiz yetakchi ekspertlardan bu borada fikr bildirishlarini soʻradi
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekistonga olib kiriladigan maishiy texnika va boshqa tovarlarning miqdoriy normalari cheklandi
Vazirlar Mahkamasining 22.06.2018 yildagi «Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni olib oʻtish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 463-son qarori qabul qilindi
Davlat mulkini qanday qilib onlayn sotib olish yoki ijaraga olish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 16.06.2018 yildagi 454-son qarori bilan Davlat mulki ob’yektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini litsenziyalash tartibiga tuzatish kiritildi
Vazirlar Mahkamasining 12.06.2018 yildagi 443-son qarori bilan Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
IIVning yangi maktab-internatiga 80% harbiy xizmatchi xodimlarning farzandlari qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 19.06.2018 yildagi 459-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Noqonuniy turar joylarni e’tirof etish ishlari boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 21.06.2018 yildagi oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʻtkazishga qaratilgan 461-son qarori qabul qilindi
LBMA qoshidagi Markazda ekspertizadan oʻtkazish arzonlashdi, XMI/XHMT loyihalari uchun – majburiy emas
Prezidentning 20.06.2018 yildagi «Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni jadal amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3794-son qarori e’lon qilindi
Shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish kuchaytiriladi
Tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish sohasida davlat-xususiy sheriklik joriy etiladi. Davolash-profilaktika muassasalari va operbloklar suv, gaz va elektr ta’minoti bilan uzluksiz asosda ta’minlanadi
Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha litsenziya 20 kunda rasmiylashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 12.06.2018 yildagi 444-son qarori bilan Neft-gaz tarmogʻida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari qabul qilindi
Madaniyat xodimlari va arxivlar xodimlarining mehnat haqi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 19.06.2018 yildagi 458-son qarori bilan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, shuningdek arxivlar va uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har oylik taqdirlash puli belgilanadigan xodimlar roʻyxati tasdiqlandi
TAQIning ayrim boʻlinmalari boshqa joyga koʻchiriladi
Prezidentning 20.06.2018 yildagi «Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3789-son qaroridan shu kelib chiqadi
Qarzdorlik va chiqishga cheklovlar mavjudligini onlayn tekshirish mumkin
Majburiy ijro byurosi saytida ular yordamida qarzdorlik va chiqishga cheklovlar mavjudligini tekshirish mumkin boʻlgan interaktiv xizmatlar ishga tushirildi
Qarzdorlarning xatlangan mol-mulki qanday sotiladi
Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotishning yangi tartibi tasdiqlandi (19.06.2018 yilda 3024-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan). Joriy etilayotgan asosiy oʻzgartirishlar va ilgari amal qilgan hujjatdan farqli jihatlari toʻgʻrisida sharhimizda soʻz yuritamiz
Ichki ishlar organlari: Jizzaxda oʻzgarishlar roʻy berdi
Vazirlar Mahkamasining 12.06.2018 yildagi “Jizzax viloyatida jamoat tartibini saqlashni, huquqbuzarliklar profilaktikasini va jinoyatchilikka qarshi kurashishni samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 450-son qarori qabul qilindi
Senatning 15-nchi yalpi majlisi 28 iyunda boʻlib oʻtadi
Yaqinda boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida Senatning 15-nchi yalpi majlisi 28 iyun kuni Toshkent shahrida chaqirilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
Investitsiya loyihalarini boshqarish Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga yuklatildi
Prezidentning 21.06.2018 yildagi «Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3796-son qarori imzolandi
JIDUga kirish uchun – dastlabki imtihon, soʻng test sinovlari
Prezidentning 21.06.2018 yildagi qarori bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida oʻqishning yangi muddatlari, shuningdek 2018/2019 oʻquv yilida oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi
Qanday moliyaviy xizmatlar QQSdan ozod etiladi
Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlarga taalluqli operatsiyalar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritildi
Raqamli tovarlar qanday sotiladi va sotib olinadi
QHTBT portalida Raqamli tovarlar bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda
Qanday qilib turizm biznesini yanada samarali qilish mumkin?
Turizm sohasida biznes yuritmoqchimisiz? Ushbu sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan imtiyoz va preferensiyalardan iloji boricha samarali foydalaning
SAP-forum: korxona boshqaruvini qanday qilib avtomatlashtirish va soddalashtirish mumkin
Hammamizning oʻzimizga xos jihatlarimiz, har birimizning oʻz ehtiyojlarimiz bor. Zamonaviy texnologiyalar ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqara oladi. Toshkentdagi SAP-forumda shu haqda va umuman zamonaviy korporativ ilovalar yordamida biznes-jarayonlarni optimallashtirish toʻgʻrisida soʻz bordi
Muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi va oldindan toʻlov uchun nega jazolaydilar?
Shartnoma tuzish chogʻida oldindan toʻlovning eng kam miqdori uning summasining 15%ini tashkil etadi. Xaridor tovarlar (xizmatlar, ishlar)ni olgach, 90 kun ichida ularning haqini toʻlamasa, sotuvchida muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi yuzaga keladi. Buning uchun mansabdor shaxslarga jarima solishlari mumkin. Bugungi kunda ushbu choralar dolzarbmi? Hech boʻlmaganda xususiy biznesni jarima sanksiyalaridan ozod qilish lozim, – deb hisoblaydi Jorilla Abdullayev
Notarius xizmatlariga haq toʻlash osonlashdi
Notariuslar xizmatlariga endi Click va Payme haq toʻlash tizimlari orqali haq toʻlash mumkin. Ilgari xizmatlar haqini faqat UPAY vositasida toʻlash mumkin edi
Avtomashina yuridik shaxsdan 30 kungacha notariussiz ijaraga olinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar 10 dan ortiq masalani koʻrib chiqdilar
Mikrokredit tashkilotining filialini ochish osonlashdi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (13.06.2018 yilda 2093-9-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi
Oʻrmonlar dronlar yordamida monitoring qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 16.06.2018 yildagi 455-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida "Oʻrmontexnoservis" davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarishga – soliq va bojxona imtiyozlari
Prezidentning 20.06.2018 yildagi «Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
1 iyuldan importni dastlab chegara oʻtkazish punktlarida deklaratsiyalash mumkin
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (18.06.2018 yilda 2418-4-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


