Import qilinadigan tovarlar ixtiyoriy asosda yuklashdan oldin inspeksiyadan oʻtkaziladi
Prezidentning 24.03.2018 yildagi «Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori OʻzAda joylashtirilgan
Biznesni yanada muvaffaqiyatli yuritish mumkin
Koʻpgina tavakkalchiliklar mavjud sharoitda biznesning barqaror rivojlanishini ta’minlash ancha mushkul vazifa hisoblanadi. Bunda belgilangan qoidalarga amal qilish shart. «Norma» PRM seminarlarida bu maqsadga eltadigan zamonaviy texnologiyalar haqida bilib olasiz. Portaldagi savollarga lektor Timur Sharapov javob beradi
AJ ustav fondining eng kam miqdori 16 baravar kamaytiriladi
Davlat raqobat qoʻmitasi aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va ularning samaradorligi, shuningdek fond bozorini rivojlantirish masalalari boʻyicha hujjatlar loyihalarini ishlab chiqdi. Loyihalar QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Xotin-qizlar va oilalarga – fuqarolar yigʻini mutaxassisi yordami va moliyaviy koʻmak
Vazirlar Mahkamasi Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisida nizomni tasdiqladi hamda Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyati tartibini belgiladi
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari: qoʻllash amaliyoti
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishni qanday tashkil etish mumkin? «Norma» professional rivojlanish markazi xizmatlaridan foydalanuvchilar bu boradagi tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar
Fohishaxonalarga boruvchilar jarimaga tortilib, majburiy tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda. Ularning loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan
Xorijiy OAV muxbirlarining akkreditatsiyadan oʻtishi tezlashadi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalarga (VMning 24.02.2006 yildagi 33-son qaroriga ilova) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Xalqaro avtotashishlarga ruxsatnomalar qanday beriladi
Vazirlar Mahkamasining 15.03.2018 yildagi 202-son qarori bilan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Oʻzbekistonda bevosita muloqotsiz va mobil toʻlovlar joriy etiladi
Prezidentning 23.03.2018 yildagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
2018 yilda amaldagi ta’til va ta’til haqi miqdori qanday hisoblanadi
Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (17.03.2018 yilda 2985-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.) e’lon qilindi
Nom yaratish uslubiyati
Oldingi materialimizda neyming, ya’ni nom tanlashning asosiy qoidalari bilan tanishtirgan edik. Bu safar esa tegishli usuldan foydalanib, yangi mahsulotlaringiz yoki kompaniyangiz uchun nomlarni bemalol topish yoʻlini oʻrganib olasiz
Nogironligi boʻlgan shaxslarning ish oʻrinlariga pasport rasmiylashtiriladi
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (16.03.2018 yilda 2983-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan)
Bosh prokuratura huzuridagi departament MDH mamlakatlari bilan moliyaviy razvedka boʻyicha hamkorlikni faollashtiradi
Prezidentning 19.03.2018 yildagi PQ–3615-son «Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Import qilingan farmatsevtika xom ashyosini QQSdan ozod qilish mexanizmi oʻzgaradi
Soliq kodeksining 211-moddasiga tuzatishlar loyihasi QHTBT portalida taqdim etilgan
Harbiy kafedraga talabalarni saralash qanday oʻtkaziladi
Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining qarori (17.03.2018 yilda 2984-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini Hukumat ta’minlaydi
«Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining elektron reyestri va «Ijtimoiy himoya» IAT joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 15.03.2018 yildagi 203-son qarori bilan Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi
QQS tez qaytariladigan boʻldi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (17.03.2018 yilda 2775-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
IIV litseylariga oʻqishga kirayotganlar toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi
Ichki ishlar va sogʻliqni saqlash vazirliklari, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi qarori (15.03.2018 yilda 2982-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish holatlari kameralar orqali qayd etiladi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasi muhokama qilish uchun QHTBT portalida e’lon qilingan
Chiqindilar bilan ishlovchi korxonalarga – keng miqyosli imtiyozlar
Prezidentning 11.04.2005 yildagi «Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF–3594-son Farmoniga tegishli tuzatishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan
2018 yil 29 martdagi yalpi majlisda Senat 8 ta qonunni koʻrib chiqadi
Oliy Majlis Senati Kengashi parlament Yuqori palatasining oʻn toʻrtinchi yalpi majlisini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi
Markaziy bank yangi namunadagi tangalarni chiqaradi
Oliy Majlis Senati Kengashi Markaziy bankning yangi tangalar chiqarish toʻgʻrisidagi taklifini, shuningdek ularning namunalari va dizaynini ma’qulladi
Mamlakatimizning har bir mintaqasida futbol akademiyalari ochiladi
Prezidentning 16.03.2018 yildagi «Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
«Qalbaki» asal uchun – EKIHning 15 baravarigacha jarima
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yangi modda kiritish taklif etilmoqda, unda asal va asal mahsulotlarini qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi
Tabiiy gaz 10%ga qimmatlashadi
«Oʻztransgaz» kompaniyasi 1 apreldan aholiga uzatiladigan tabiiy gazga tariflar oshirilishi haqida xabar berdi. Moliya vazirligi narxlarning yangi reyestrini 16 martda tasdiqladi
CCP elektron a’zolik guvohnomalarini joriy etdi
Savdo-sanoat palatasi oʻz a’zolari uchun elektron guvohnoma berish tizimi joriy etilganini ma’lum qildi
Cud protsesslari xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (15.03.2018 yilda 2981-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


