Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
09.03.17

Alohida boʻlinmalar uchun soliq alohida toʻlanadi

Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qarorining 15-bandi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi 105-son qarori bilan Yuridik shaxslarning alohida boʻlinmalari boʻyicha soliqlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi

07.03.17 NHH loyihalari
07.03.17

Sanoat xavfsizligini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan mamlakatimizning qator qonun hujjatlariga tuzatishlar loyihasi tayyorlandi. Hujjat Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi forumida joylashtirilgan

07.03.17

SSP tarmoqlar boʻyicha eksportyorlar bilan uchrashuvlar jadvalini ishlab chiqdi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ayrim tarmoqlar ishlab chiqaruvchilari tovarlarini chet el bozorlariga chiqarishning muammoli masalalarini muhokama qilish boʻyicha qator uchrashuvlarni rejalashtirgan

07.03.17

EIZ ishlab chiqarishni kengaytiradi

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi 110-son qarori bilan 2017-2019 yillar davrida erkin iqtisodiy zonalarda tayyor mahsulot turlari, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni koʻzda tutadigan loyihalar roʻyxati tasdiqlandi

07.03.17

Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanmayotgan boʻlsangiz - sotganingiz ma’qul

Prezidentning 23.02.2017 yildagi PQ-2796-son Qarori bilan tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari qabul qilindi. Xususan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari uchun soliqlarning oshiruvchi koeffitsiyentlari joriy qilindi

07.03.17

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan 15 nafar qiz taqdirlandi

Prezident “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi

06.03.17

Uy-joyni sotish uchun ma’lumotnomalar yigʻish zarur emas

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi 106-son qarori bilan Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

06.03.17

Yangi aksiz markalari joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi 100-son qarori bilan alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilmoqda

06.03.17

Mahalliylashtirish dasturidan 12 loyiha chiqarildi

Vazirlar Mahkamasining 28.02.2017 yildagi 113-son qarori bilan tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritildi

06.03.17

Haydovchilik guvohnomalari 2020 yil oxirigacha almashtirilishi kerak

Vazirlar Mahkamasining 2.03.2017 yildagi 116-son “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

06.03.17

Koʻchmas mulkni qayta rasmiylashtirish osonlashadi

1 iyuldan e’tiboran poytaxtimiz aholisi koʻchmas mulkni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini rasmiylashtirish uchun turli xil ma’lumotnomalarni yigʻish zaruratidan xalos boʻladilar

03.03.17

Terminalsiz qanday toʻlash mumkin?

CLICK toʻlov tizimi har qanday savdo shoxobchasiga virtual terminallarni ulash imkoniyatini e’lon qildi. Ushbu texnik yechim tadbirkorlarga toʻlov terminalidan foydalanmay, CLICK tizimi orqali plastik kartalardan toʻlov qabul qilish imkonini beradi

03.03.17

Yangi kasb-hunarga bepul oʻqitish uchun ish beruvchi bilan tuzilgan shartnoma kerak

Mehnat vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2860, 2017 yil 22 fevral) bilan yangi Kasb-hunarga oʻqitish markazlariga oʻqitishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

02.03.17

Har bir dorixonada qanday dorilar boʻlishi kerak

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2846-1, 2017 yil 21 fevral) bilan Barcha dorixonalarda boʻlishi majburiy boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritildi

02.03.17 NHH loyihalari
02.03.17

Inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyasi kafolatlanadi

“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” parlament quyi palatasida muhokama etilayotgan qonun loyihasi boʻyicha izohlar

02.03.17 NHH loyihalari
02.03.17

Soliq maslahatining yangi pogʻonaga koʻtarilishi - zamon talabi

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasiga izohlar

02.03.17

Mart oyida kichik korxonalar tanlama kuzatuvi oʻtkaziladi

Davlat statistika qoʻmitasi ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tanlama kuzatuvini oʻtkazish sanasini e’lon qildi

01.03.17

Oʻzbekistonda Navroʻzga tayyorgarlik boshlandi

Prezidentning 28.02.2017 yildagi Qarori bilan 2017 yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlandi

01.03.17

Yangi xodimni ishga olish san’ati

Biznesdagi eng qimmatbaho resurs – bu boshqaruv ostida ish bajaruvchi xodimlardir. Xodimlarni tanlab, ishga olish HR-menejerlarning asosiy vazifalaridan biri. Toʻgʻri tanlov ishlab chiqarishni kengaytirish, daromadlarni oshirishga yordam beradi

01.03.17 NHH loyihalari
01.03.17

Iste’molchilar sifatsiz tovarlar haqida bilib olishadi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida sotilayotgan mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish va Sifatsiz mahsulotlar toʻgʻrisida yagona axborot ma’lumotlar bazasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasidan qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida foydalanish mumkin

01.03.17 NHH loyihalari
01.03.17

Sud boshqaruvchisi kreditorlarni xabardor qiladi

Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi bankrotlik tartibotlarida shaffoflikni ta’minlash va kreditorlarning huquqlari va rolini oshirishga qaratilgan. Hujjat qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida joylashtirilgan

01.03.17

Pensiya va nafaqalar haqida SMS orqali xabar beriladi

Endilikda pensionerlar va ijtimoiy nafaqalar oluvchilar real vaqt rejimida SMS-soʻrov orqali pensiya va nafaqalar miqdori va toʻlov muddatlari haqidagi axborotni soʻrab olishlari mumkin boʻladi

01.03.17

«Agrobank» virtual terminalni ishga tushirdi

«Mobil Savdo» – chakana savdo va xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar foydalanishlari mumkin boʻlgan yangi interaktiv servisdir

28.02.17

Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi bilan maxsus Markaz shugʻullanadi

Prezident 14.02.2017 yilda F–4849-son “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoyishni imzoladi

28.02.17

Xaridni oqilona amalga oshirish qoidalari

Peshtaxtalari turli-tuman mahsulotlar bilan toʻlib-toshgan zamonaviy doʻkonlarga kirib, rejalashtirganimizdan koʻra ancha-muncha koʻp xarajat qilib qoʻyamiz. Chiroyli qilib terib qoʻyilgan mahsulotlar sirli shivirlab olishga undayotgandek tuyulaveradi. Supermarketlarda ortiqcha xarajat qilmaslik uchun oqilona xarid qoidalariga amal qilish kifoya. Ular bilan sizni ushbu maqolada tanishtiramiz

28.02.17

Toʻqimachilik asbob-uskunalari yetkazib berish boʻyicha shartnoma 10 kun ichida ekspertizadan oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 15.02.2017 yildagi 83-son Qarori bilan Toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomalarni (kontraktlarni) ekspertizadan oʻtkazish va ularning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritildi

28.02.17

Shisha idishlar xavfsizligi reglamenti

Vazirlar Mahkamasining 16.02.2017 yildagi 86-son qarori bilan Shisha idishlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi

28.02.17

Alkogolli mahsulotlarga qanday talablar qoʻyiladi

Vazirlar Mahkamasining 13.02.2017 yildagi 71-son qarori bilan alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlangan boʻlib, u e’lon qilingan paytdan e’tiboran 6 oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.