Soliq tekshiruvlari: turlari va oʻtkazish asoslari
Soliq kodeksiga soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
2017 yildan oʻzgarishlar: yuridik shaxslarga soliq solish va boshqa toʻlovlar
Norma.uz portalidagi oʻtgan yil oxiri va shu yil boshidagi sharhlar turkumi har bir shunday oʻzgartirishlarni alohida koʻrib chiqishga bagʻishlangan. Mazkur materialda yuridik shaxslar faoliyatidagi oʻzgartirishlarni yoritgan materiallar anonsi keltirilmoqda
Elektron gazetalarning 6 afzalligi
Elektron, shu jumladan, onlayn gazetalarning (obuna rasmiylashtiriladigan) qogʻozda chop etiladiganlarga nisbatan qanday afzalliklari mavjud? Axborotni bunday yetkazish usuli Oʻzbekistonda ommalashadimi? NORMAl gazetalarning obunachilarini muhim materiallardan tashqari yana nimalar jalb etadi? Bu haqda biz bilan suhbatda "NORMA gazetalari birlashgan tahririyati" MChJ direktori Bahodir Qayumov soʻzlab berdi
Xodimni korxonaning oʻzi sudga topshirishi kerak
Mazkur maqolada – tadbirkorlik sub’yektlarining jinoyat sudlov ishlarida ishtirok etishining alohida masalalarini takomillashtirish boʻyicha ekspertlarimiz takliflari xususida soʻz boradi
Abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov 33%ga oshirildi
Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qarori bilan 2017 yilga abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov miqdori belgilandi
Qanday huquqbuzarliklar uchun jarima solinmaydi
29.12.2016 yildagi OʻRQ-418-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar kiritildi
Milliy turoperatorlarga valyuta qabul qilishga ruxsat berildi
Markaziy bank Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 1165-5, 2017 yil 12 yanvar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Jinoyat kodeksida nima oʻzgardi?
Jinoyat kodeksiga tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Goʻzallik saloni — daromadbop biznesmi?
Insoniyatning azaliy intilishlaridan biri — goʻzal tashqi koʻrinishga erishish ortidan boylik orttirsa boʻladimi? Ushbu maqolada goʻzallik salonini ochish, uni yuritish va daromad olish xususida soʻz boradi.
Toʻrtta viloyatda yangi EIZ tashkil etildi
Prezidentning 12.01.2017 yildagi «Urgut» (Samarqand viloyati Urgut tumani), «Gʻijduvon» (Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani), «Qoʻqon» (Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri) va «Hazorasp» (Xorazm viloyati Hazorasp tumani) erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi Farmoni e’lon qilindi
Yangi Tovar nomenklaturasi e’lon qilindi
2017 yil 1 yanvarda Davlat statistika qoʻmitasining 2016 yil 30 dekabrdagi 59-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Ulgurji va chakana savdo tovarlari nomenklaturasi” kuchga kirdi
NHH qanday ishlab chiqilishi kerak?
Adliya vazirining 10.01.2017 yildagi 2352-6-son buyrugʻi bilan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Bojxonada kontraktlarni hisobga olish – 2 kun mobaynida
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 832-10, 2017 yil 12 yanvar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Jinoyat ishlari boʻyicha tekshiruvlar qanday oʻtkaziladi?
Jinoyat-protsessual kodeksi jinoyat ishi doirasida taftish oʻtkazish tartibini tartibga soluvchi maxsus bob bilan toʻldirildi
Chigitni qayta ishlashga kim haqli?
Prezidentning 3.01.2017 yildagi PF–4911-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 7.09.2010 yildagi PQ–1401-son “Respublikaning yogʻ-moy tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
"NORMAl" gazetalarning elektron va bosma versiyalari obunachilari diqqatiga
Norma kompaniyasi koʻp yillar mobaynida oʻz mijozlari va obunachilariga talay bonuslar taqdim etib kelmoqda va 2017 yilda ham buni davom ettiradi. Biroq, ayrim bonuslardan foydalanish imkoniyatini olish mexanizmi oʻzgartirilib, soddalashtirildi
2017 yilda "NORMA" mijozlari va obunachilari uchun qanday bonuslar nazarda tutilgan?
“Norma” brendi ostida chiqarilgan dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari va “NORMAl” gazetalar obunachilari yil davomida bir talay bonuslarni qoʻlga kiritish huquqiga egalar.
Qachon moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi
Soliq kodeksi soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan ozod etuvchi yangi asos bilan toʻldirildi
Tanlov savdolari gʻolibi foyda va QQSga ega boʻladi
QQS YaST toʻlovchilari tomonidan ishtirok etganda markazlashtirilgan manbalardan moliyalashtiriladigan kapital qurilishda tanlov savdolari natijalariga koʻra toʻlanadi
Soliqlarni majburiy undirish osonlashdi
Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar qarzdorlik muddati 6 oydan oshgan hollarda undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish uchun toʻsiqlarni olib tashladi
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish osonlashdi
Soliq kodeksida soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish toʻgʻrisida DSIni xabardor qilish muddatlari qisqartirildi
«1UZ Buxgalteriya. Mini» dasturi – ilk yangilanishlar
«1UZ Buxgalteriya. Mini» buxgalterlik dasturi ishlab chiquvchisi — «BePro Norma» kompaniyasi mahsulotning ilk bepul yangilanishi chiqarilganligini e’lon qildi
2017 yilda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalaridagi oʻzgarishlar, shuningdek, soliq solishning ayrim masalalari toʻgʻrisida DSQ axboroti
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalaridagi oʻzgarishlar, shuningdek, soliq solishning ayrim masalalari toʻgʻrisida ma’lum qildi
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi
Oʻquvchilar va kitoblar yanada koʻpayadi
Prezident 2017 yil 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi Farmoyishni imzoladi
Mehnat daftarchalariga internet orqali buyurtma bering
Mehnat vazirligining yuridik shaxslarning mehnat daftarchalariga boʻlgan talablarini qondirish boʻyicha Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi tufayli bunday imkoniyat yaratildi
OʻBF 2016 yilgi ishlar natijasini sarhisob qildi
Natijalarni sarhisob qilish, kelajak uchun ustuvorliklarni belgilab olish, rahbariyatni qayta saylash, sertifikatlarni topshirish – Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi (OʻBF) a’zolarining navbatdagi hisobot-saylov yigʻilishi ana shunday tartibda oʻtkazildi
Poytaxtimiz otelyerlari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan muammolarini oʻrtoqlashishdi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi sayyohlik tarmogʻi vakillari bilan ikkinchi ishchi majlisni oʻtkazdi. Oldingi uchrashuvda turoperatorlar ishtirok etgan boʻlsa, bu safargi tadbirga otellar va mehmonxona xoʻjaliklari vakillari taklif etildi. Ishtirokchilar oʻzlarini tashvishlantirayotgan barcha savollarga javob olishdi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


