MB nominal qiymati 1 000 soʻm boʻlgan tangalarni muomalaga chiqaradi
Ular 2022 yilning 26 dekabridan boshlab muomalaga chiqariladi.
E-commerce: xorijiy tajribani joriy etish kerakmi
Ushbu sohaga bagʻishlangan maqolalarni e’lon qilishni yakunlaymiz. Muallif – Muzaffar A’zamov, Oʻzbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi, www.mato.uz asoschisi.
Yangi MK: ish haqi (2-qism)
Biz yuridik fanlar nomzodi, yangi MK loyihasini tayyorlash boʻyicha ekspertlar guruhi rahbari Mixail Gasanov va «Norma» eksperti Lenara Xikmatovaning yangi MKda ish haqi masalalari boʻyicha tushuntirishlarini berishda davom etamiz (qarang Ish haqi, 1-qism).
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar onlayn ajratiladi
Buning uchun «Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish» axborot tizimi ishga tushiriladi.
2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
Prezident parlamentga va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnoma bilan chiqdi. Uning iqtisodiy sohaga oid eng muhim jihatlari – bizning sharhimizda.
Notariuslarning tadbirkorlarga koʻrsatadigan xizmatlari boʻyicha tarif belgilandi
Notariuslar tomonidan Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik sub’yektining oʻziga nisbatan hujjat berganlik uchun yigʻimtoʻlov miqdori belgilandi.
Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
2024 yil yakuniga qadar quvvatlantirish stansiyalari sonini 2 500 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Davlat organlarining boʻsh turgan koʻchmas mulk ob’yektlari majburan savdoga chiqariladi
Davlat organiga boʻsh turgan ob’yektdan samarali foydalanish uchun uch oy muddat beriladi.
Elektromobillarni ishlab chiqaruvchilar qoʻllab-quvvatlanadi
Respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar uchun utilizatsiya yigʻimi, ularning xorijdan olib kelinadigan butlovchi qismlari, xomashyo va materiallar, uskunalar va texnologik jihozlar, shu jumladan servis xizmati koʻrsatish uchun ehtiyot qismlar uchun bojxona boji bekor qilinadi.
Ijtimoiy muassasalarga 150 mlrd soʻm ajratiladi
Mazkur mablagʻlar ixtisoslashtirilgan maktabgacha va oʻrta ta’lim tashkilotlari hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarini ta’mirlash uchun yoʻnaltiriladi.
Tushlik vaqti 1 soatdan kam boʻlishi mumkinmi
Tashkilotda ovqatlanish uchun tanaffus atigi 45 daqiqani tashkil qiladi. Direktor buni tashkilot hududida xodimlar tezda tushlik qilib olishlari mumkin boʻlgan oshxona mavjudligi bilan asoslamoqda. Shu boisdan katta tanaffus berilishiga zarurat yoʻq ekan. U haqmi?
Yangi MK: asosiy oʻzgarishlarning qiyosiy jadvali
Yangi Mehnat kodeksi amaldagisidan ikki baravar katta, unda yangi boblar va koʻplab yangi normalar paydo boʻldi. Oʻzgarishlarni yaxshiroq tushunishingiz uchun qiyosiy jadvalimizdan foydalaning.
Genderga oid audit oʻtkazish tartibi belgilandi
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritildi.
«Davlat nazorati asoslari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi
Hujjatga nazorat tadbirlari natijalari va ular ustidan shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisidagi bob kiritilgan. Bu jamiyatga nazorat qiluvchi organlar ishini baholash imkonini beradi.
Yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga jinoyat ishlari boʻyicha sudlar joylaydi
Ilgari ushbu vakolat ma’muriy sudlarda boʻlgan.
Cud ekspertlarini reyting tizimi asosida baholashadi
Baholash natijalari boʻyicha ular moddiy ragʻbatlantirilishlari yoki intizomiy jazoga tortilishlari mumkin.
MBning asosiy stavkasi yillik 15% darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank boshqaruvining 15 dekabrdagi yigʻilishida shunday qaror qabul qilindi.
Xodimni mehnat shartnomasi bekor qilinayotgani toʻgʻrisida qachon va qaysi muddatda ogohlantirish kerak
Xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslar boʻyicha bekor qilinganda, ish beruvchi uni bu haqda oldindan ogohlantirishi shart. Ba’zi hollarda ogohlantirish muddati pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin. Bundan tashqari, mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirishning boshqa muddatlari belgilangan xodimlarning toifalari mavjud.
Axborot sohasidagi qonunchilik kodeksga mujassamlashtiriladi
Axborot kodeksi loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Ushbu loyiha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, axborot sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi yagona tizimlashtirilgan hujjatdir.
Aholi bandligi qanday ta’minlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash, aholi bandligini oshirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Statistika hisobotining yangi shakllari tasdiqlandi
Ular 2023 yil 1 yanvardan qoʻllaniladi.
Yangi MK professional sportchilarning mehnatini qanday tartibga soladi
Amaldagi Mehnat kodeksida ayrim toifadagi xodimlar kabi sportchilar bilan mehnat munosabatlari nazarda tutilmagan. Yangi Mehnat kodeksi esa maxsus – «Sportchilar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari» boʻlimini oʻz ichiga oladi.
Suv resurslarini boshqarish klasterlarga beriladi
Ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari tekin foydalanish huquqi asosida ularni saqlash, ta’mirlash-tiklash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun klasterlarga beriladi.
Oʻzbekiston MHXSning 60 dan ziyod standartlari va sharhlarini tan oldi
Endilikda ushbu standartlar respublika hududida qoʻllanilishi mumkin.
Ilmiy darajali tibbiyot xodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi belgilandi
Qoʻshimcha haqning aniq miqdori 10 ta mezondan kelib chiqib belgilanadi.
Yer osti suvlaridan qanday oqilona foydalanish mumkin
Yer osti suvlaridan foydalanishning aniq hisobini yuritish maqsadida ulardan foydalanuvchilar oʻz tasarrufidagi inshootlarni suv hisoblash vositalari bilan jihozlashlari kerak.
Benzin narxini barqarorlashtirish boʻyicha choralar tasdiqlandi
Uch oy mobaynidan AI-80 rusumli benzinga aksiz soligʻi solinmaydi.
2023 yil yanvar oyi uchun ta’til qanday rasmiylashtiriladi
Bugungi kunda kadrlar boʻyicha mutaxassislar xodimlarga 2022 yil dekabr oyida boshlanuvchi va 2023 yil yanvar oyida tugaydigan ta’tillarni rasmiylashtira turib muammoga duch kelishmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


