IDXYaPda keksalar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha yangi xizmat
Yagona davlat portali Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda yangi interaktiv xizmatni ishlab chiqdi. Uning mohiyati shundan iboratki, yolgʻiz keksalarni va nogironlarni internat uylariga joylashtirish uchun Internet orqali ariza berish mumkin boʻladi
Banklar qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar yuzasidan mijozlarga hisobot beradi
Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining qoʻshma qarori bilan Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi
Telekommunikatsiyasiz rivojlanish boʻlmaydi!
2015 yil 28 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borgan nazorat-tahlil faoliyati yakuniga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis uchun imtihonlar tartibi oʻzgardi
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 23.09.2015 yilda 1272-6-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
OTM pedagoglarini qayta tayyorlash markazlarining soni ortdi
Vazirlar Mahkamasining 21.09.2015 yildagi 273-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi
Yagona portalda NHH loyihalari: noqonuniy tashish ustidan nazorat
Davlat portalida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi taqdim qilingan
Oʻqituvchilar uchun namunaviy yillik ish rejasi tasdiqlandi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 23 sentyabrda 2715-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oʻqituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi tasdiqlandi
Kassa operatsiyalarini muhrsiz yuritish imkoniyati, mikrokredit tashkilotlari uchun litsenziya olish tartib-taomili soddalashdi
2015 yil 20 avgustdagi OʻRQ–391-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarorlari bilan bir qator hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi
«Ta’lim va karyera» koʻrgazmasi qatnashchilari uchun maxsus taklif!
Koʻrgazma ishi davomida barcha xohlovchilar “Mening shahrim. Ta’lim” turkumidagi elektron testlarni maxsus ulgurji narxlarda xarid qilishlari mumkin!
Oʻzbekiston va Ispaniya fuqarolari ikkiyoqlama soliqqa tortilmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi oʻrtasida ikkiyoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi Konvensiya kuchga kirdi
Uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatishga qabul qilishni Internet orqali soʻrash mumkin
Bunday imkoniyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi yangi xizmat tufayli yuzaga keldi
Sudlanganlik holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Toshkent shahrida oʻtkazilgan navbatdagi majlisida uning ikki qarori loyihasi muhokama qilindi
Buxgalterlarni milliy sertifikatlash amalda
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi, Oʻzbekiston auditorlar Palatasi va Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi Buxgalterlarni sertifikatlash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqladi
Banklarda hisobvaraqlar ochish tartibi soddalashdi
Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Bank sohasi NHH qonunga muvofiqlashtirildi
Markaziy bank boshqaruvining qarorlari bilan bir qator hujjatlarga tashkilotning dumaloq muhri boʻlmagan taqdirda tadbirkorlar tomonidan muayyan harakatlarni bajarish imkoniyatini beradigan oʻzgartirishlar kiritildi
1 oktyabrdan gaz narxi oshadi
1 oktyabrdan e’tiboran aholi va ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz uchun tariflar oʻzgaradi. Tariflar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015 yil 15 sentyabrdagi 19-03-22-05-RUz-92-2015-son Reyestri bilan belgilangan
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 24 sentyabrda nishonlanadi
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 18 sentyabrda “Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi
Diqqat!!! Aksiya!!! Obuna boʻling, doʻstlaringizni olib keling va sovgʻalarni oling!!!
Yozgi ta’til tugadi hamda butun kuch bilan ishlash vaqti keldi. Kuz – bu biznesingizga zarur dastaklar va yordamchilar haqida qaygʻurish uchun eng soz vaqt, inchunun yaproqdek yogʻilayotgan aksiya va chegirmalar ularni ancha arzon xarid qilish, boz ustiga bonusli sovgʻalar olish imkonini beradi
Bojxona koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma tasdiqlandi
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 11 sentyabrda 2714-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tovar va transport vositalarini davlat bojxona xizmati organi xodimlari tomonidan koʻzdan kechirish hamda bojxona koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha Yoʻriqnoma tasdiqlandi
Elektr energiyasi uchun tariflar oʻzgaradi
Yoqilgʻi energetika resurslari narxlarining oshishi munosabati bilan «Oʻzbekenergo» AJ 2015 yil 1 oktyabrdan e’tiboran 1 kVt•s elektr energiyasi uchun narxlarning oshishi haqida ma’lum qildi
Zamonaviy toʻlov vositasi - bank toʻlov kartalari
Toʻlov kartalari bugun yoki kecha yuzaga kelgan toʻlov vositasi emas. Birinchi toʻlov kartalari bir asrlik tarixga ega. Shu asr ichida ularning koʻrinishi va ular tomonidan bajarilayotgan funksiyalar kengayib, sifati oshdi.
Buxgalteriyani “ajoyib qoʻllarga” topshiraman
Ba’zan masala va muammolarning eng yaxshi yechimi – bu ularni boshqalarga topshirish! Ayniqsa, agar bu “boshqalar” - oʻz ishining ustasi boʻlsa. Kompaniyangiz uchun biror muhim narsani, masalan, buxgalteriyani, yuridik masalalarni, ofisga yoki IT-infratuzilmaga xizmat koʻrsatishni autsorsing kompaniyalariga ishonib topshirsa arziydimi, biz siz uchun hal qilmaymiz. Biroq, autsorsing nima deganini, uning kuchli va zaif tomonlari nimada ekanligini tushunishga yordam beramiz
1 oktyabrdan sovuq suvning narxi oshadi
«Suvsoz» davlat unitar korxonasi Toshkent shahrida sovuq suv ta’minoti uchun yaqinda kiritiladigan yangi tariflar haqida e’lon qildi
Issiq suv va isitish uchun tariflar oʻzgaradi
“Toshissiqquvvati” IChB unitar korxonasi poytaxtimiz aholisini issiq suv ta’minoti va markaziy isitish uchun navbatdagi tarif oshishi haqida xabardor qildi
Franchayzingga buxgalterlik yondoshuvi
Intellektual mulk tushunchasi tarkibida keng tarqalib borayotgan ob’yektlardan biri – bu franchayzingdir. Franchayzing bugungi kunda jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Respublikamizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va iqtisodiyotni yuksalishida tez va zamonaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda xizmatlarni koʻrsatishda shubhasiz franchayzing ahamiyatga ega
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun kassa operatsiyalari qoidalari oʻzgardi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 9 sentyabrda 1719-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Qonun ijrosi deputatlar nazoratida
Oʻtgan yili Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun qabul qilinishining zarurligi davlatimiz rahbari tomonidan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da belgilab berilgan edi
Banklarda depozit operatsiyalari yangi yoʻriqnomaga asosan amalga oshiriladi
2015 yil 6 maydagi PQ–2344-son «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 avgustda 2711-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


