Havo kemasi ekipaji a’zolari qoidabuzar yoʻlovchilarga nisbatan dalolatnoma tuzadi
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2416-2, 2017 yil 11 sentyabr) bilan Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga qoʻshimchalar kiritildi
Kafolatsiz maishiy elektrotexnika bilan savdo qilganlik uchun jazolashadi
QXTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Uzoq muddat foydalaniladigan maishiy elektrotexnika tovarlariga texnik xizmat koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirildi
Endi oldin sudlanganlik holati ishga kabul etishga toʻsiq boʻlmaydi
Ushbu sharhda - oldin sudlanganlik holati ishga kabul etishga toʻsiq boʻlishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan huquqshunos mulohazalari
Oʻzbekistonda xalqaro darajadagi yuristlar malakasini oshirish markazi ochiladi
Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumi doirasida imzolangan Memorandumlarga asosan yurtimizda xalqaro darajadagi yuristlar malakasini oshirish markazi ochiladi
Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimi isloh qilinadi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasiga izohlar
Jamoatchilik nazorati - vaqt talabi va demokratik tizim omilidir
“Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi boʻyicha tushuntirishlar
Xorijiy investorlarga 18 ming gektar sugʻoriladigan yer ajratiladi
Prezidentning 15.09.2017 yildagi PQ–3279-son «Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-toʻqimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Tekshiring, tashkilotingiz tanlanma kuzatuvga kiritilganmi?
Tanlanma kuzatuvga kiritilgan kichik korxonalar va mikrofirmalar tegishli anketa blankalarini (hajmlarga ega boʻlgan kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun 1-KV, yangidan tashkil etilganlar uchun 2-KV, oʻtgan yili tushumga ega boʻlmaganlar uchun 3-KV) toʻldirishlari va elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda statistika organlariga taqdim etishlari lozim
Olmaliq KMKning yangi vazifalari belgilandi
Prezidentning 15.09.2017 yildagi PQ–3280-son «Olmaliq KMK» AJ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Oʻzbekistonda xususiy bolalar bogʻchalari va maktablar jadal tashkil etiladi
Prezidentning 14.09.2017 yildagi PQ-3276-son “Nodavlat ta’lim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi
Prezidentning 30.08.2017 yildagi PQ–3249-son qarori bilan 2017—2019 yillarda davlat karantin xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi
Paxta hosilining yarmi – davlat ehtiyojlari uchun
Prezidentning 15.09.2017 yildagi PQ–3281-son «2018 yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning prognoz hajmlari va qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori davlat rahbari saytida joylashtirildi
Kuponni chop eting va testlarni xarid qilishda chegirmaga ega boʻling
Oʻquv yilining boshlanishi bilan abituriyentlarni kirish imtihonlariga tayyorlash pallasi boshlandi. Shu munosabat bilan Abitur.uz aksiya oʻtkazishga qaror qildi, unda ishtirokchilar elektron testlarni chegirma bilan sotib olishlari mumkin
Yirik soliq toʻlovchilar kodeksda aks ettiriladi
Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan ikkita loyiha QHTBT portalida joylashtirildi
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi belgilandi
Davlat soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda – DSQ) qarori (roʻyxat raqami 2926, 2017 yil 5 sentyabr) bilan Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Kimlarga naqd xorijiy valyuta beriladi?
Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan Vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi
Madaniy boyliklarni tadqiq etish muvofiqlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 5.09.2017 yildagi 700-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi toʻgʻrisida nizom hamda Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
1 oktyabrdan import boʻyicha stavkalarni toʻliq koʻrib chiqish kutilmoqda
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezident qarori loyihasi import bojxona boji va olib kelinadigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻining yangi stavkalarini oʻz ichiga oladi. Ular taxminan 2017 yil 1 oktyabrdan joriy etiladi
“Mening shahrim” endi Telegram da
Yaqin oradagi dorixona, bank boʻlimi yoki avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasiga qanday borishni bilmaysizmi? “Mening shahrim” loyihasining Telegram chat-boti shahar transportidan foydalangan holda maqbul yoʻnalishni beradi yoki izlanayotgan ob’yekt qayerda joylashganini koʻrsatib beradi
Mahsulot ishlab chiqaruvchi uning muvofiqligini deklaratsiyalashi shart
«Oʻzstandart» agentligi Bosh direktorining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1465-3, 2017 yil 4 sentyabr) bilan Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
NNT davlat organlaridan ijtimoiy buyurtmalarni bevosita oladi
14.09.2017 yildagi OʻRQ-446-son Qonun bilan «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi hamda «Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida»gi Qonunlarga qoʻshimchalar kiritildi
Bolalar yongʻin xavfsizligiga oʻqitiladi
Vazirlar Mahkamasining 2.09.2017 yildagi 688-son “Yongʻinlar profilaktikasi kunlarini oʻtkazish va yongʻin xavfsizligi choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Kredit tashkilotlari alohida mijozlarni kuchaytirilgan tarzda tekshiradi
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari yangi tahrirda tasdiqlandi (roʻyxat raqami – 2925, 2017 yil 4 sentyabr)
Hali ulgurishingiz mumkin – 10 kun qoldi!
«Eng yaxshi auditor – 2017», «Eng yaxshi buxgalter – 2017» va «Eng yaxshi ichki auditor – 2017» respublika tanlovlarining birinchi bosqichi nihoyasiga yetmoqda
Jamoat ishlariga haq toʻlash – JShDS va YaITsiz
Prezidentning 12.09.2017 yildagi PQ–3268-son «Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
50 tonnagacha boʻlgan avtokranlarga imtiyozlar tatbiq etilmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyxat raqami 2436-7, 4 sentyabr 2017 yil)
Suyultirilgan gaz aholiga yagona narx boʻyicha sotiladi
Prezidentning 4.09.2017 yildagi PQ–3253-son «Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Farmatsevtika EIZlarga suv, gaz va elektr tortib kelinadi
Vazirlar Mahkamasining 2.09.2017 yildagi 691-son qarori bilan 2017 — 2019 yillarda «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Boʻstonliq-farm» va «Parkent-farm» EIZ hududlarida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturi ma’qullandi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


