Oʻzbekiston agrosektorini modernizatsiya qilishga - $659,3 mln
Prezidentning 11.08.2020 yildagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
Sugʻurta sohasida yana bitta qonun qabul qilish koʻzlanmoqda
QHTBT portalida “Majburiy sugʻurta turlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi joylashtirilgan. U Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan tayyorlangan.
Yangi QK asfalt-beton qorishmalar va beton buyumlar ishlab chiqaradi
«Papenburg Uzbekistan» Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korxonasini tashkil etishga «GP Gunter Papenburg AG» (Germaniya) kompaniyasi «Papenburg International GmbH» bilan birgalikda 4 mln yevro miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyani kiritadi.
Qancha naqd valyutani deklaratsiyalamasdan olib kirish va olib chiqib ketish mumkin
Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalariga kiritilgan oʻzgartirishlar 2020 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi.
Avtodoʻkon yoki fudtrek uchun onlayn-kassa qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi
Prezidentning PF-6029-son Farmoni avtorasta, avtodoʻkon, avtotirkama, avtotsisterna va fudtreklar vositasida savdoni rivojlantirishni ragʻbatlantiradi. Biroq soliqchilar va tadbirkorlar savdoning bunday shakllari uchun onlayn-NKMni roʻyxatdan oʻtkazish muammosiga duch kelishdi.
Gid, ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar sertifikat olishi lozim
Uni qanday olish, shuningdek turizm sohasi mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan nizomlar belgilaydi.
Joylashtirish xizmatlarini koʻrsatish va xostellar tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Mehmonxona xizmatlari doimiy yashash joyi, fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat’i nazar koʻrsatiladi.
Turizm sub’yektlariga xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi
Maydonlarni ijaraga olish, eksponatlar uchun inshootlar yaratish va oʻrnatish xarajatlarini byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi qoplaydi.
Toshkentda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlari oʻtkaziladi
Qaror Osiyo Olimpiya kengashining 2019 yil 28 sentyabrda Doxa shahrida (Qatar) boʻlib oʻtgan 73-Ijroqoʻm yigʻilishida qabul qilingan.
Soʻx tumanida – imtiyozlar, ustamalar va yer ajratishning alohida tartibi
2020-2021 yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
7 ta qonun ma’qullandi, bittasi rad etildi
7 avgust kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisi videokonferensaloqa tarzida boʻlib oʻtdi.
Turoperatorlar va turagentlarning faoliyat yuritish tartibi belgilandi
Oʻzbekistonda kirish va ichki turizmni rivojlantirish uchun Axborot markazlari ham tashkil etiladi.
YHQni buzgan xorijlik haydovchi Oʻzbekistondan chiqib ketishda jarima toʻlaydi
Jarimalar bojxona organlari tomonidan ichki ishlar organlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida undiriladi.
Turizmni rivojlantirish faoliyati moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi
Tadbirkorlik sub’yektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkorlari – NNTlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Turistik xizmatlar sertifikatlanadi, turistik industriya ob’yektlari tasniflanadi
Turoperatorlar, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlarni sertifikatlashtirish, «Turizm mahallasi» maqomini berish tartibi - Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomlarda.
"Suzuk ota" majmuasini saqlash uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi
Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti uchun maxsus texnika xarid qilinadi va shtati oshiriladi.
Turizm faoliyati qanday litsenziyalanadi
Uchta yoʻnalish – ichki, chiqish va kirish turizmi litsenziyalanishi lozim.
Turizm sohasi tiklanadi va rivojlantiriladi
Ushbu maqsadda Vazirlar Mahkamasi tomonidan turizm sohasi va unga bevosita bogʻliq boʻlgan tarmoqlarga oid bir qator nizomlar tasdiqlandi.
Ma’muriy javobgarlik oʻrniga – bojxona yigʻimi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” 1999 yil 30 apreldagi 204-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Aholi punktlarining bosh rejalari aholi orasida muhokama qilinadi
Chorshanba, 5 avgust kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Pandemiyaga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 4.08.2020 yildagi “Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 461-son qarori qabul qilindi.
Fiskal xotirali NKMni hali ham roʻyxatdan oʻtkazish mumkinmi?
Tadbirkorlar orasida hozir faqat onlayn-NKMni roʻyxatdan oʻtkazishadi, degar fikr yuradi. Bu toʻgʻrimi? Tadbirkor fiskal xotirali NKMni roʻyxatdan oʻtkazishi mumkinmi?
Ijtimoiy nafaqalarni olish juda soddalashtirildi
1 sentyabrdan boshlab ijtimoiy nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va ularni tayinlash bosqichma-bosqich avtomatlashtiriladi.
Agrar ta’lim tizimi yanada takomillashtiriladi
Prezidentning 30.07.2020 yildagi «Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4795-son qarori qabul qilindi.
Nohalol zargarlarni reyestrga kiritish qanday rejalashtirilmoqda
QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasining zargarlik sohasidagi nohalol tadbirkorlik sub’yektlari reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirilgan.
Kvartira hadya qilishning buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari
Korxona balansida - koʻp qavatli uydagi yashash uchun moʻljallangan kvartira, uni jismoniy shaxsga hadya qilish, sotish yoki dividendlar hisobiga muassisga berish mumkin. Buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari haqida - «Norma» eksperti sharhida.
Baholash faoliyatida davlat ishtirokini qisqartirish rejalashtirilmoqda
QHTBT portalida yangi tahrirdagi «Baholash faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirilgan.
Tez yordam brigadalari ragʻbatlantiriladi
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlariga bir martalik qoʻshimcha toʻlov beriladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


