Oʻquvchilar va kitoblar yanada koʻpayadi
Prezident 2017 yil 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi Farmoyishni imzoladi
Mehnat daftarchalariga internet orqali buyurtma bering
Mehnat vazirligining yuridik shaxslarning mehnat daftarchalariga boʻlgan talablarini qondirish boʻyicha Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi tufayli bunday imkoniyat yaratildi
OʻBF 2016 yilgi ishlar natijasini sarhisob qildi
Natijalarni sarhisob qilish, kelajak uchun ustuvorliklarni belgilab olish, rahbariyatni qayta saylash, sertifikatlarni topshirish – Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi (OʻBF) a’zolarining navbatdagi hisobot-saylov yigʻilishi ana shunday tartibda oʻtkazildi
Poytaxtimiz otelyerlari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan muammolarini oʻrtoqlashishdi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi sayyohlik tarmogʻi vakillari bilan ikkinchi ishchi majlisni oʻtkazdi. Oldingi uchrashuvda turoperatorlar ishtirok etgan boʻlsa, bu safargi tadbirga otellar va mehmonxona xoʻjaliklari vakillari taklif etildi. Ishtirokchilar oʻzlarini tashvishlantirayotgan barcha savollarga javob olishdi
Siz nega boyib keta olmaysiz?
Ushbu maqolada boylikka erishish yoʻlidagi toʻsiqlar xususida soʻz yuritiladi
Litsenziatlar fuqarolar va tashkilotlar arizasiga koʻra tekshiriladi
2016 yil 29 dekabrdagi OʻRQ–418-son Qonun bilan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida»gi 25.05.2000 yildagi 71–II-son Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.
Milliy teleradiokanallarning tashkiliy tuzilmalari tasdiqlandi
Prezidentning 31.12.2016 yildagi PF–4909-son Farmoni bilan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning yangilangan tashkiliy tuzilmalari tasdiqlandi
Keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrilmoqda
Prezidentning 28.12.2016 yildagi PQ–2705-son Qarori keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan
NHH loyihalari: qanday litsenziyalar bekor qilinadi?
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan qarori loyihasi e’lon qilindi
Erkin iqtisodiy zonalar qanday rivojlanadi?
Vazirlar Mahkamasining 29.12.2016 yildagi 418-son Qarori bilan erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Hududlarda Hukumatning vakolatli vakillari paydo boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 3.01.2017 yildagi 1-son Qarori bilan Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Ma’muriy qamoq qanday oʻtaladi?
9.01.2017 yildagi OʻRQ–420-son «Ma’muriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida»gi Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi. Qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab 24 oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi
Poytaxtimizda 2017 yil uchun soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 29.12.2016 yildagi 143/18-5-son qarori bilan Toshkent shahri boʻyicha 2017 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi
Ichki ishlar organlari xodimlarining vakolatlariga tuzatishlar kiritildi
Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining Qarori (roʻyxat raqami 1653-1, 2017 yil 5 yanvar) bilan Ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joylarda jamoat tartibini saqlashni ta’minlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi
Akademiklar moddiy ragʻbatlantiriladi
Prezidentning 29.12.2016 yildagi PF–4907-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini takomillashtirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Qanday poyabzal xavfsiz deb tan olinadi?
Vazirlar Mahkamasining 5.01.2017 yildagi 5-son Qarori bilan Charm-poyabzal mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi.
Sudga kelish qanday ta’minlanadi?
Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining Qarori (roʻyxat raqami 1654-1, 2017 yil 5 yanvar) bilan Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritildi
«NORMA» AQT boʻlsa, IFUTga oʻtish murakkab emas
2017 yilning 1 yanvaridan kichik tadbirkorlik sub’yektlari xodimlarining cheklangan soni yangitdan joriy etilayotgan Tasniflagich vositasida aniqlanadi. Bunda XXTUT kodlari oʻrniga iqtisodiy faoliyat turlari Tasniflagichi kodlari — IFUT qoʻllaniladi.
Byudjet tashkilotlari uchun hisob siyosati
Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2853, 2016 yil 27 dekabr) bilan "Hisob siyosati" (1-sonli BHS) Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti tasdiqlandi
Aksiz soligʻi toʻlanadigan ishlab chiqariladigan tovarlarga 2017 yil uchun aksiz soligʻi stavkalari indeksatsiya qilindi
Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan ayrim tovarlar uchun aksiz soligʻi stavkalari indeksatsiya qilindi
Vizalarni bekor qilish 2021 yilga koʻchirildi
Prezidentning 2.12.2016 yildagi PF–4861-son «Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Adliya organlari daromadlari qanday taqsimlanadi?
Vazirlar Mahkamasining 23.12.2016 yildagi 413-son qarori bilan 1.01.2017 yildan boshlab adliya organlari va muassasalari daromadlarini taqsimlashning yangi tartibi tasdiqlandi
Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining stavkalari tasdiqlandi
Toshkent shahar hokimining 2016 yil 29 dekabrdagi 1161-son qarori qabul qilindi
Notijorat tashkilotlari boshqa daromadlardan soliq toʻlamaydi
Notijorat tashkilotlarining faoliyatida ham doim soliq boʻyicha koʻplab savollar yuzaga keladi. Ushbu maqolada – mazkur tashkilotlarda soliq solishga taalluqli qonunchilikdagi yangiliklar xususida toʻxtalamiz
NNT hisobotlarni yangi shakl boʻyicha topshiradi
Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2852, 2016 yil 26 dekabr) bilan nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan adliya organlariga taqdim etiladigan hisobot shakllari yangilandi
Faqat mol-mulk emas, balki ish va xizmatlar ham tekin asosda boʻlishi mumkin
Qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlarga binoan ishlar va xizmatlarni tekin asosda olishda soliqlarni barcha taraf toʻlaydi
Bozorlardagi avtomobillarni vaqtincha saqlash joyiga belgilanganidan ikki baravar kam qat’iy belgilangan soliq solinadi
Yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq stavkalari qayta koʻrib chiqildi
Yer soligʻi stavkalari indeksatsiya qilindi
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari 2016 yilga nisbatan 1,15 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda indeksatsiya qilindi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


