“Javob beramiz” Ma’lumot xizmati: viza, pasport va XChKvaFR
“Javob beramiz” Ma’lumot xizmatining mavzuga doir materiallar toʻplamini chop etishni boshlaymiz. Bugungi toʻplam XChKvaFR bilan oʻzaro munosabat, viza, yashash guvohnomasi, vaqtinchalik roʻyxatni rasmiylashtirishga bagʻishlanadi. Mamlakatimiz fuqarolari va uning mehmonlari qanday masalalarga duch kelishadi, ularni qanday hal qilish mumkin – bu ekspertlarimiz javoblarida
Sudlar inson huquqlari boʻyicha barcha muammolarni hal etadi
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon sud-huquq tizimida chuqur va insonparvarlik islohotlari davom etmoqda. Ushbu jarayonda bajarilgan vazifalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida oʻtgan yil yakunlari va 2016 yil istiqbollariga bagʻishlagan kengaytirilgan rayosat yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Toshkentda raqamli televideniye: paketlar tarkibi va bahosi
Foydalanuvchilar uchun videosignallar translyatsiyasi sifati eng muhim talablardan biriga aylanib bormoqda. Shu sababli bir ta’minotchidan boshqasiga, ya’ni qimmat boʻlsa-da sifatliroq xizmat koʻrsatadigan va kengroq imkoniyatlarga ega raqobatchilarga oʻtib ketayotgan tadbirkorlar va oddiy fuqarolar soni tobora ortib bormoqda
Oʻzbekiston banklari oʻrtasidagi tanlov yakunlari
Respublika Markaziy banki ma’lumotlariga koʻra, 2015 yilda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda respublika banklarining 854 filiali hamda 4 295 mini-banklari va maxsus kassalari ishtirok etdi
Adliya vazirligi boshqarmalari qayta tuziladi
Prezidentning 25.01.2016 yildagi PQ-2480-son Qarori bilan Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Menejment tizimini sertifikatlashtirish tartibi tasdiqlandi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi bilan Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Nogiron bolalar va TMEK
Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining Qarori (AV tomonidan 16.01.2016 yilda 2752-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan “16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish qoidalari” tasdiqlandi
Avtotransportda meva-sabzavot vositalarini tashishga ruxsat berilishi muddati uzaytirildi
Vazirlar Mahkamasining 20.01.2016 yildagi 13-son Qarori bilan Vazirlar Mahkamasining «Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2015 yil 28 avgustdagi 249-son qaroriga oʻzgartirish kiritildi
Oliy xoʻjalik sudi OAV uchun tanlov e’lon qildi
Oliy xoʻjalik sudi sud-huquq islohotlarining, shuningdek xoʻjalik sudlari faoliyatining OAVda yoritilishini yanada takomillashtirish maqsadida «Adolat – qonun ustuvorligida» deb nomlangan tanlovni e’lon qiladi
Moliya vazirligi lizing beruvchilar toʻgʻrisidagi axborotni yangiladi
Moliya vazirligi 2016 yil yanvar oyi holatiga amaldagi lizing beruvchilar va lizing operatsiyalari toʻgʻrisidagi yangilangan axborotni e’lon qildi
Importga aksizlar ishlab chiqaruvchilarimizni himoya qiladi
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan ayrim import qilinadigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari indeksatsiya qilindi
Kichik avtomobil korxonalari xodimlarining soni oshirildi
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan Kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlariga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasiga oʻzgartirish kiritildi
Tezkor-qidiruv tadbirlari – qonun doirasida
Parlamentda «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi muhokama qilinmoqda
Havo kemalari parvozlari xavfsizligini oshirish uchun chora-tadbirlar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi a’zosi Polyante SVEShNIKOVning muhokama etilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi boʻyicha sharhlari
Maktabgacha ta’lim muassasalari qanday jihozlanadi
Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Maktabgacha ta’lim muassasalarini mebel, oʻquv koʻrgazmali qurollar, texnik vositalar, oʻyinchoqlar, sport anjomlari va boshqa ashyolar bilan jihozlash me’yorlari tasdiqlandi
Sud tizimiga AKT jadal joriy qilinmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudida sohaga tegishli qonunchilikdagi soʻnggi yangiliklar, shuningdek, sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda hayotga tatbiq etilayotgan loyihalarni keng omma e’tiboriga yetkazishga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
Qonun muhokama jarayonida mukammallashadi
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi tomonidan “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan «Axborot sohasida mehnatni muhofaza qilishning oʻziga xos xususiyatlari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Yakka tartibdagi tadbirkor eksportchi boʻlishi mumkinmi?
Uncha katta boʻlmagan doʻkonchalar yoki xizmat koʻrsatish ofislari – yakka tartibdagi tadbirkorlik an’anaviy tarzda aynan shunday qabul qilinadi. Ular oldinga intilib, materiallar, tovarlar va xizmatlarni Oʻzbekistondan tashqariga eksport qilgan holda tashqi iqtisodiy sohada jiddiy oʻyinchiga aylana oladilarmi?
Oʻzbekiston tijorat banklarida bank nazoratining xalqaro standartlarini qoʻllash amaliyoti
Ma’lumki, moliyaviy bozorlarning globallashuvi nazorat organlarining oʻzaro munosabati va xalqaro darajada axborot almashinuvi boʻyicha yangi vazifalarni yuzaga keltiradi. Shu munosabat bilan, bank nazorati sohasida boshqa moliyaviy bozorlarda boʻlgani kabi qator xalqaro standartlar ishlab chiqilishi va joriy qilinishi lozim
Xalqaro plastik kartalar: qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma
Xalqaro plastik karta – bu, mohiyatan, koʻpchilik foydalanadigan oʻsha karta, faqat unda muayyan chet el valyutasiga oʻtkazilgan pullar saqlanadi. U xaridlar, otelda, restoranlarda, kafeda hisob uchun toʻlovni amalga oshirish hamda chet elda bankomatlardan pullarni yechib olish uchun moʻljallangan
Bank xabarlari: kartadan kartaga oʻtkazmalar va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya
Aloqabank mijozlarga yangi interaktiv servis taqdim etgan holda novator boʻldi, Ravnaq-bank esa olingan litsenziya tufayli oʻz xizmatlari roʻyxatini jiddiy ravishda kengaytirishi mumkin
Bozorlarda bir martalik yigʻimlarning minimal miqdorlari belgilandi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi minimal miqdorlari belgilandi
Samolyot bortida fotosuratga va video tasvirga olish taqiqlandi
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 12 yanvarda 2416-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga oʻzgartirish kiritildi
Tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshiramiz. 3-qism
Oʻzbekiston fuqarolari ular yordamida nafaqat tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish, balki oʻz bank hisobvaraqlarini nazorat qilish, valyutalar kurslari haqida, oʻtkazilgan tranzaksiyalar va koʻpgina boshqalar toʻgʻrisida dolzarb axborot olishlari mumkin boʻlgan mobil ilovalar haqida sharhni davom ettiramiz. Bugun «UZCARD» ilova haqida soʻz yuritamiz
2015 yilgi amnistiya qanday qoʻllanadi?
Oliy Majlis Senatining 2015 yil 3 dekabrdagi qarori bilan Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilindi. U qanday tartibda va kimga nisbatan qoʻllanishi haqida bizning sharhimizda oʻqing
Buxgalteriya hisobi – milliy iqtisodiyot uchun muhim masala
Elbek ShUKUROV, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Demokratik kuchlar bloki»ning navbatdagi yigʻilishi boʻyicha izohlari
Suv: yer usti va yer osti suvlari uchun qancha toʻlanadi
Yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmogʻidagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi boʻyicha alohida-alohida aniqlanadi
Iste’molchilar va davlat organlari manfaatlari muvozanatini ta’minlash
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi Qutlimurot BABAShEVning muhokama etilayotgan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi qonuni loyihasi yuzasidan izohlari
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


