Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
06.01.17

Homiladorlik va tugʻish nafaqasini ish beruvchi toʻlaydi

Ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqalarini ish beruvchilar mablagʻlari hisobidan toʻlash tartibi 1.01.2018 yilgacha uzaytirildi

06.01.17

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari oshdi

2017 yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning yangi stavkalari tasdiqlandi

06.01.17

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari indeksatsiya qilindi

2017 yilning 1 yanvaridan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning yangi stavkalari tasdiqlandi

06.01.17

Quruvchilar, umumiy ovqatlanish va chakana savdo uchun YaIT hisob-kitobi tartibi soddalashtirildi

Chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish korxonalari uchun YaITning eng kam miqdorini aniqlash tartibi soddalashtirildi

06.01.17

Qanday imtiyozlar oʻrnatildi va uzaytirildi

Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son qarori bilan alohida sub’yektlarga soliq imtiyozlari joriy etildi hamda ilgari joriy qilinganlarining amal qilish muddati uzaytirildi

05.01.17

Asosiy soliqlar boʻyicha stavkalar saqlab qolindi

2017 yil uchun soliqlar va majburiy toʻlovlar stavkalari tasdiqlandi

05.01.17

Import boʻyicha stavkalar qanday oʻzgardi?

Bojxona import boji stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

05.01.17

Qaysi dorilar uchun narxlar belgilangan?

Prezidentning 20.12.2016 yildagi PQ–2685-son qarori bilan Belgilangan narxlarda sotiladigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyxati yangi tahrirda tasdiqlandi

05.01.17

Tovarni eksport uchun rasmiylashtirish arzonlashdi

Vazirlar Mahkamasining 26.12.2016 yildagi 414-son qarori bilan ayrim hukumat qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi

05.01.17

2017 yil uchun alkogolli mahsulotlarga eng kam narx oshdi

2017 yilning 1 yanvaridan alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar oshirildi

05.01.17

Davlat koʻchmas mulki ijarasining 2017 yil uchun eng kam stavkalari tasdiqlandi

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara haqining eng kam stavkalari belgilandi

05.01.17

Korrupsiyaga qarshi kim qanday kurashadi

3.01.2017 yildagi OʻRQ–419-son «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi va 4.01.2017 yilda kuchga kirdi

05.01.17

Yigʻim yil mobaynida barqaror boʻladi

Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar toʻlash tartibi oʻzgardi

05.01.17

Transport vositalariga benzin va dizel yoqilgʻisi ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkalari oshirildi

Transport vositalariga benzin va dizel yoqilgʻisi ishlatganlik uchun olinadigan soliqning yangi stavkalari tasdiqlandi

04.01.17

Bolaning bogʻchadagi ta’minoti qancha turadi?

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun 2017 yilda ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorlari tasdiqlandi

04.01.17

Homiladorlik va tugʻish nafaqasi miqdori tabaqalashtiriladi

Homiladorlik va tugʻish nafaqasi tayinlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

04.01.17

Moliya vazirligi vakolatlariga tuzatishlar kiritildi

Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qarori bilan moliya vaziri va vazirlikning vakolatlari kengaytirildi

04.01.17

Sugʻurta badallari stavkasi oshirildi

2017 yil 1 yanvardan fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi 8% miqdorida belgilandi

03.01.17

Hunarmandchilik faoliyati turlari roʻyxati qisqardi

Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra (29.07.2009 yildagi 216-son VMQ bilan tasdiqlangan) hunarmandchilik faoliyati turlari 42 tadan 34 taga qisqartirildi

03.01.17

«Nuroniy» jamgʻarmasini moliyalashtirish kengaytirildi

Prezidentning «Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash «Nuroniy» jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi

03.01.17

Bolalar bogʻchalari namunaviy loyihalar asosida 70 va 120 oʻrinlik qilib quriladi

Prezidentning «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi

03.01.17

Shoʻ’ba korxonalarini istaganingizcha tashkil etavering

27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son Qonun bilan koʻzda tutilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, korxona shtati sonini aniqlashda shoʻ’ba korxonalari hisobga olinmaydi

03.01.17

Muntazam ravishda soliq toʻlamaysizmi – tekshiruvni kuting

2016 yil 29 dekabrdagi OʻRQ–418-son Qonun bilan ayrim amaldagi qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritildi

30.12.16

Imtiyoz istaysizmi – rezidentlik sertifikatini oling

Soliq kodeksiga kiritilgan tuzatishlar norezidentlarga soliq solish masalalarini hal qilish tartibini soddalashtirdi

30.12.16

Deklaratsiya notoʻgʻri boʻlsa – eng yuqori stavkada toʻlang

Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlar bilan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada notoʻgʻri ma’lumotlar aniqlanganda javobgarlik choralari nazarda tutilgan

30.12.16

Soliqlardan tejalgan mablagʻlarni uzoqroq ishlatish mumkin

27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son Qonun bilan soliq toʻlovchilarga imtiyozli davr mobaynida foydalanilmagan boʻshagan mablagʻlarni imtiyozli davr tugaganidan keyin yana bir yil mobaynida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirish huquqi berildi

30.12.16

2 yanvar — dam olish kuni

Dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hamda yangi 2017 yil nishonlanishi munosabati bilan 29.12.2016 yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan 2017 yil 2 yanvar – dushanba dam olish kuni deb e’lon qilindi.

30.12.16

Prezidentga murojaat qilish osonlashadi

Prezidentning «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.