Notariat va advokaturada ichki nazorat kuchaytirildi
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimchalar kiritildi.
"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari"ga tegishli ob’yektlar boshqa tashkilotlarga beriladi
Qoraqalpogʻistonda, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida joylashgan 16 ta ob’yekt "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ va "Hududiy elektr tarmoqlari" AJga beriladi.
Elita sholi yetishtirish uchun hudud ajratish - tanlov asosida
Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik sholi yetishtirish uchun urugʻchilik xoʻjaliklarini tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.
Pul mablagʻlari bilan shubhali operatsiyalar ishga solmay toʻxtatib qoʻyiladi
Rieltorlik va lizing xizmatlari koʻrsatish, shuningdek lotereyalar tashkil etishda ichki nazoratni tartibga soluvchi qator hujjatlar qabul qilindi.
Fuqarolar yigʻinlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Aydar-Arnasoy hamda Toʻdakoʻl koʻllar tizimida rekreatsion koʻllar hududi tashkil etiladi
Hududda joylashtirish vositasi, ekoturistik ob’yektlar, turistik zonalar, sogʻlomlashtirish maskanlari, sport tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar va avtoturargoh barpo etiladi.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi
Prezident tomonidan «Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi.
Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirildi
Birja a’zolari uchun ichki nazorat qoidalariga qoʻshimchalar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasi apparatining ijro etuvchi tuzilmasi yangilandi
Tegishli qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi.
Fiskal institutga qabul qilish tartibi tasdiqlandi
Qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan istitutning bakalavriat ta’lim yoʻnalishi kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha oʻqish davomiyligi toʻrt yilni, sirtqi ta’lim shakli boʻyicha besh yilni tashkil etadi.
Kamondan otishni ommalashtirish chora-tadbirlari belgilandi
Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida ushbu sport turi boʻyicha jahon standartlariga javob beradigan sport bazalari ochiladi.
Madaniy meros masalalari boʻyicha Xalqaro qoʻmita tashkil etildi
Uning vazifasi - xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, moddiy madaniy meros ob’yektlari, arxeologik va arxitektura yodgorliklari muhofazasi.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining vazifalari belgilandi
Shuningdek Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan Agentlikning huquqiy maqomi, tuzilmasi, huquqlari va vazifalari belgilandi.
Milliy gvardiya xizmatchilari uchun qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Milliy gvardiya va DXX faoliyatini tartibga soladigan bir qator NHHlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Davlat sektorida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot qanday tuziladi
Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (13-sonli BHS) «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar» loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Kriptovalyuta. Ichki nazorat qanday amalga oshiriladi
Ichki nazoratning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qaratilgan pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalarni aniqlash va oldini olishdan iborat.
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasi baholanadi
Sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonini, shuningdek qator imtiyozlarni oladilar.
MHXSni oʻqitish boʻyicha ikkinchi onlayn oʻquv platformasi ishga tushiriladi
Masofadan oʻqitishning yangi formati ushbu sohada uzluksiz malaka oshirish imkonini beradi.
Toshkent viloyatining tumanlari va shaharlari chegaralari oʻzgaradi
Toshkent viloyati ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini tartibga solish anklav hududlarni tugatish hamda mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boshqaruvini yanada soddalashtirishga olib keladi.
Parrandachilikni rivojlantirish uchun subsidiyalar ajratiladi
Xususan tadbirkorlarga-tuxum, parranda goʻshti va mahsulotlarini eksport qiluvchilarga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarining 50%igacha miqdorda kompensatsiya qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi faoliyati takomillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida bir qator boshqarmalar tashkil etiladi, yangi lavozim kiritiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻi kengaytiriladi
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan 53 ta tumanda 2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchilar uchun yangi oʻrinlar yaratiladi.
Oʻzbekistonning fuqaroligini olish soddalashtirildi
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida»gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi 14.06.2021 yildagi OʻRQ-696-son Qonun qabul qilindi.
Sholikorlarga subsidiyalar berish tartibi tasdiqlandi
Sholi ekish uchun sotib olingan zamonaviy urugʻ seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20%gacha qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.
TDYuUda talabalar fan oʻqituvchilarini tanlashlari mumkin
TDYuU hamda Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimi joriy etiladi.
TDYuUga oʻqishga qabul qilish suhbat natijalariga koʻra amalga oshiriladi
TDYuU qoshidagi akademik litseyning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYuUga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Gidrometeorologiya xizmati a’lochilarini mukofot kutadi
Vazirlar Mahkamasi "Gidrometeorologiya xizmati a’lochisi" koʻkrak nishonini ta’sis etdi.
Samarqand viloyati hokimligi tuzilmasi yangilandi
Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasida Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari lavozimi joriy etiladi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


