Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
08.08.18 NHH loyihalari
08.08.18

«Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida» va «Ijara toʻgʻrisida»gi qonunlar juda eskirib ketdi

Adliya vazirligi ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni taklif etmoqda, sababi qonunlar havola qiluvchi normalar va eskirgan atamalar bilan toʻlgan, yanada dolzarb boʻlgan qonun hujjatlariga zid keladi va amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan

07.08.18 NHH loyihalari
07.08.18

«Humo Arena» qishki sport turlarini rivojlantirish markaziga aylanadi

Toshkentdagi «Humo Arena» koʻp funksiyali muz kompleksi 2018 yil 30 dekabrgacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. QHTBT portalida ushbu sport inshooti faoliyatini tashkil etishga yoʻnaltirilgan Prezident qarori loyihasi muhokama qilinmoqda

07.08.18

Davlat xaridlariga doir tender hujjatlari, texnik vazifalar va kontraktlar qachon ekspertizadan oʻtkaziladi

Prezidentning 19.07.2018 yildagi PQ–3874-son qarori bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Markazda koʻrsatilgan hujjatlarni kompleks ekspertizadan va roʻyxatdan oʻtkazish holatlariga tuzatish kiritildi

07.08.18

Soliq va bojxona sohasi ustidan prokuror nazorati kuchaytirildi

Prezidentning 2.08.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq va bojxona islohotlarini huquqiy jihatdan kuzatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5499-son Farmoni imzolandi

07.08.18

Bojxona imtiyozlaridan maqsadsiz foydalanilganligini kameral nazorat fosh etadi

Vazirlar Mahkamasining 3.08.2018 yildagi 617-son qarori bilan Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oʻzaro hamkorligi mexanizmi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

07.08.18

Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha hujjatlar soni qisqartirildi

Prezidentning 19.07.2018 yildagi PQ–3874-son qarori bilan Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi

06.08.18 NHH loyihalari
06.08.18

Pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda

QHTBT portalida Prezidentning «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada isloh qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi

06.08.18

Davlat bojxona qoʻmitasining ayrim xizmatlari bekor qilindi

YaIDXPda Davlat bojxona qoʻmitasining 6 turdagi xizmati koʻrsatilishi toʻxtatildi

06.08.18

YaIDXPda xizmatlar roʻyxati kengaytirildi

YaIDXPda yangi «Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish» interaktiv xizmati ishga tushirildi

06.08.18

Mamlakatimiz tuman va shaharlarida «Business city» barpo etiladi

Ob’yektlardagi investorlar va pudratchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berildi

06.08.18

Yuliya Galtseva: «Imtihon oldidan bevosita maslahat berganlari ma’qul»

Yuliya Galtseva Bir.uz tizimi attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtib oldi. Bilimiga yarasha I toifali bosh buxgalter attestatini qoʻlga kiritdi

06.08.18 NHH loyihalari
06.08.18

Rezidentlar yer uchastkalarini xususiylashtirishiga ruxsat berishlari mumkin

Urbanizatsiya va ijtimoiy rivojlanish milliy agentligini tashkil etish hamda fuqarolar va yuridik shaxslar – rezidentlarga yer uchastkalarini sotib olish huquqini berish moʻljallangan. Yerni sotishdan tushgan mablagʻlarni kompleks qurilish va hududlarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga yoʻnaltirish taklif etilmoqda

06.08.18

Temiryoʻlchilar bayram arafasida taqdirlandi

Prezidentning 3.08.2018 yildagi «Mamlakatimiz temir yoʻl transporti sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi

03.08.18

Aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori 4 baravar kamaytiriladi

Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga (1.08.2018 yildagi PF–5495-son Farmon) muvofiq 2018 yil 15 sentyabrga qadar tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak

03.08.18

Madaniyat va san’at sohasidagi tadbirkorlarga – moliyaviy koʻmak va imtiyozlar

Davlat-xususiy sheriklik asosida madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish xohishini bildirgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi. Prezidentning 1.08.2018 yildagi tegishli qarori OʻzAda e’lon qilingan

03.08.18

Meva va sabzavotlarni belgilangan narxlardan past narxlar boʻyicha eksport qilish mumkin

Eksport qiluvchilar meva-sabzavot mahsulotlariga «Oʻzagroeksport» AJ tomonidan belgilangan narxlarning quyi chegarasiga rioya qilishga majbur emaslar. Prezidentning 1.08.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5495-son Farmoni bilan bunday imkoniyat berildi

03.08.18 NHH loyihalari
03.08.18

Gazdan beruxsat foydalandingizmi – ikki baravar haq toʻlang

Majburiy ijro byurosi Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

03.08.18

Milliy palata tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini birlashtiradi

OʻzAda Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori e’lon qilindi

03.08.18

IIO reabilitatsiya markazlaridan kimlar internat uylariga oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 23.08.2011 yildagi 240-son qaroriga ichki ishlar organlarining reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylariga joylashtirish tartibini belgilovchi qoʻshimchalar kiritildi

03.08.18 NHH loyihalari
03.08.18

Maktabda ishlovchi pensionerlarga 100% pensiya toʻlashni rejalashtirmoqdalar

QHTBT portalida Prezidentning «Xalq ta’limi tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi muhokama qilinmoqda. Hujjatda yuqori toifali mutaxassislar uchun xalq ta’limi muassasalari jozibadorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish nazarda tutilgan

03.08.18

Oliy ta’lim muasssasalariga ijodiy imtihonlar qanday oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 27.07.2018 yildagi 588-son qarori bilan Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

02.08.18

Elektron BYuD tezroq tekshiriladi

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2018 yildagi 605-son qarori bilan Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

02.08.18

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini kim xarid qilishi va sotishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining 30.07.2018 yildagi 596-son qarori bilan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga xarid qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

02.08.18

Oʻzbekistonda raqamli banklar ish boshlaydi

MB Boshqaruvining qarori (1.08.2018 yilda 2014-13-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

02.08.18

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga qoʻyiladigan talablar yumshatildi

Ustav fondi, xorijiy investorning eng kam ulushi, roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun davlat boji va muassislarga talablar yuzasidan oʻzgartirishlar kiritiladi (Prezidentning 1.08.2018 yildagi Farmoni)

02.08.18

Noqonuniy qarorlar sababli biznesga yetkazilgan zarar oʻrnini davlat qoplaydi

Davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy ma’muriy hujjatlaridan investorlar va tadbirkorlik sub’yektlarini himoyalovchi universal qoidalar joriy etildi (Prezidentning 1.08.2018 yildagi Farmoni)

02.08.18

«Norma» nashriyotining bestselleri yana sotuvda

1 avgustdan Abdusalom Risqullayevning «Nastolnaya kniga menedjera po personalu» uchinchi nashri sotuvga chiqarildi. knigi.uz internet-doʻkonining xaridorlari nashrni ikki koʻrinishda sotib olishlari mumkin

02.08.18 NHH loyihalari
02.08.18

Kam ta’minlangan oilalar qishloq joylarda uy-joy sotib olayotganda boshlangʻich badallari toʻlab beriladi

Qaror loyihasida Prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ–2639-son va 2017 yil 2 martdagi PQ–2812-son qarorlari bilan tasdiqlangan 2017–2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi (bundan keyin – Dastur) doirasida 2019 yildan boshlab kam ta’minlangan oilalarga uy-joylar ajratish taklif etilgan

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.