Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi qarz shartnomalarini hisobga qoʻyish kerak, jarimalar boʻladimi? Soliq qoʻmitasi sizning savollaringizga javob berdi Soliq qarzini qarzdordan undirish: suiiste’mol qilish xavfi QQS toʻlashda kod adashtirib yuborildi: xatoni tez tuzatsa boʻladimi?
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
31.08.17

«Paxtakor» FKning 80%i investorga sotiladi

Prezidentning 21.08.2017 yildagi PQ-3227-son «Paxtakor» futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

30.08.17

Murojaatlarni koʻrib chiqish statistikasi va natijalari barcha uchun ochiq boʻladi

Vazirlar Mahkamasining 22.08.2017 yildagi 659-son qarori bilan Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga tuzatishlar kiritildi

30.08.17

OʻzRTBda yangilangan imkoniyatlar namoyish etildi

«Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi»ning markaziy ofisida jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi. OAV vakillari modernizatsiya qilingan savdo infratuzilmasi hamda OʻzRTB AJ elektron tijoratining yangi imkoniyatlari bilan tanishishdi

30.08.17

Xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov 2017 yil dekabr oyida oʻtkaziladi

“Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi 29.08.2017 yildagi OʻRQ-439-son Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi

30.08.17

Filiallar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar litsenziyalar reyestriga kiritiladi

Vazirlar Mahkamasining 23.08.2017 yildagi 663-son qarori bilan Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi

30.08.17

Davlat boshqaruvi tizimi modernizatsiya qilinadi

QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi loyihasi e’lon qilindi

30.08.17

Yangi qurilgan uylar ipotekasiga Toshkent propiskasi ilova qilinadi

Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-15, 2017 yil 22 avgust) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

29.08.17

Poytaxtda zamonaviy konsert zali quriladi

Prezidentning 25.08.2017 yildagi PQ-3243-son “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

29.08.17 NHH loyihalari
29.08.17

Uchuvchisiz uchish apparatlari qurilishda, kartografiyada va tabiiy ofatlar bilan kurashishda yordam beradi

QHTBT portalida “Iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirilgan

29.08.17 NHH loyihalari
29.08.17

Inson a’zolari bilan savdo qilish jinoiy tartibda ta’qib qilinadi

Sogʻliqni saqlash vazirligi “Inson a’zolari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini va Jinoyat kodeksiga tuzatishlar loyihasini ishlab chiqdi. Qonun loyihalari QHTBT portalida muhokama uchun ochiq

29.08.17

Artemiya sistalarini yigʻib olishga qoʻshimcha kvotalar tasdiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 614-son qarori bilan artemiya sistalarini yigʻib olishga ruxsatnoma berish tartibi tasdiqlandi

28.08.17

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qogʻozlar koʻpayadi

Prezidentning 23.08.2017 yildagi PQ–3244-son «Respublikamizda sellyuloza va qogʻoz mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlarni barpo etish toʻgʻrisida»gi qarori davlat rahbarining saytida joylashtirilgan

28.08.17

Oʻzdavdoninspeksiya davlat resursidagi donning saqlanishini ta’minlaydi

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 612-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

28.08.17

Ta’lim va tibbiyot muassasalari byudjetdan tashqari Jamgʻarma hisobidan barcha zarur narsalar bilan ta’minlanadi

Prezidentning 24.08.2017 yildagi PQ-3242-son «Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori davlat rahbarining saytida joylashtirilgan

28.08.17

ENHATni joriy etish masalalari xorijiy mutaxassislar bilan muhokama qilinadi

Prezidentning 14.08.2017 yildagi F–5022-son farmoyishi bilan mamlakatimizda elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yanada joriy etish chora-tadbirlari qabul qilindi

28.08.17

Kim Mirzo Ulugbek Innovation Center rezidentiga aylanishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining 15.08.2017 yildagi 631-son qarori bilan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

25.08.17

Oliy ta’lim muassasalari xodimlariga qancha haq toʻlanadi?

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 617-son qarori bilan oliy ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning yangilangan miqdorlari tasdiqlandi

25.08.17

Barcha saylovchilar yagona elektron roʻyxatga kiritiladi

Vazirlar Mahkamasining 15.08.2017 yildagi 630-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

25.08.17

Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari nimaga sarflanadi?

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2017 yildagi 624-son qarori bilan Davlat veterinariya qoʻmitasi toʻgʻrisida nizom hamda Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

25.08.17

IIChB boshqarmasining 2 ta mintaqalararo davlat inspeksiyasi qayta tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 15.08.2017 yildagi 633-son qarori bilan Madaniyat vazirligi Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritildi

25.08.17

«Oʻzvinosanoat-xolding» kengaytirilmoqda

Prezidentning 23.08.2017 yildagi PQ-3239-son «Oʻzvinosanoat-xolding» aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

25.08.17

«Hazorasp» EIZ chegaralari kengaydi

Vazirlar Mahkamasining 10.04.2017 yildagi 196-son qaroriga 1-ilovaga qoʻshimchalar kiritildi

25.08.17

Harbiylarning ipoteka boʻyicha dastlabki badalini davlat kiritadi

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 619-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

25.08.17

Toʻytepa shahri nomi Nurafshon shahriga oʻzgartirildi

Qaror Oliy Majlis Senati oʻn birinchi yalpi majlisining ikkinchi kunida qabul qilindi

25.08.17

Internetda milliy kontent koʻpayadi

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2017 yildagi 625-son qarori bilan 2017 — 2019 yillarda Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur tasdiqlandi

25.08.17

Keyingi 5 yil uchun kimyo sanoati rivojlanishining ustuvorliklari belgilab berildi

Prezidentning 23.08.2017 yildagi PQ-3236-son qarori bilan 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

25.08.17

Sudlar va adliya organlarini moliyalashtirish aniq belgilandi

Prezidentning 23.08.2017 yildagi PQ-3240-son «Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

24.08.17

Qurbon hayiti 1 sentyabr kuni nishonlanadi

Prezidentning 24.08.2017 yildagi PQ-3241-son "Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi qarori imzolandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.