Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nazoratning yangi tartibi: tekshiruvlarni videotasvirga olish va elektron hisob yuritish tizimi Moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish va sugʻurtaga e’tibor: «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunda nimalar oʻzgarmoqda 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
19.10.16

Boshlangʻich hujjatlarni imzolashda lavozim va familiyani koʻrsating

Moliya vazirining qarori (roʻyxat raqami 1297-2, 2016 yil 12 oktyabr) bilan Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

19.10.16

1 noyabrdan poytaxtimizda chiqindilarni olib chiqish narxi oʻzgaradi

«Maxsustrans» DUK oʻz xizmatlari uchun narxlar oshayotganligini ma’lum qildi. Ular 1 noyabrdan boshlab oʻzgaradi

19.10.16

Ijarani lizing bilan adashtirmaslik uchun

Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1961-1, 2016 yil 12 oktyabr) bilan “Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritildi

19.10.16

MAK qatnovlariga xalqaro aviachiptalarni endi internet orqali xarid qilish mumkin

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (MAK) xalqaro yoʻnalishlarga aviachiptalarni Internet orqali bron qilish va sotib olish imkoniyati yoʻlga qoʻyilganligini e’lon qildi

19.10.16

Turmush oʻrtogʻini va chet el fuqarosini Toshkentda propiska qilish osonlashdi

Vazirlar Mahkamasining 7.10.2016 yildagi 336-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi takomillashtirildi

18.10.16

Poytaxtimizda 19-20 oktyabrda isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahridagi ijtimoiy ob’yektlar markaziy isitish tizimiga 19 oktyabr kuni ulanadi, 20 oktyabr kuni esa koʻp kvartirali turar joylarga ham issiqlik energiyasi yetib boradi. Hokimning tegishli qaroriga bugun imzo chekildi

18.10.16

Sport turi qanday e’tirof etiladi?

Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2832, 2016 yil 11 oktyabr) bilan yangi Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

18.10.16

Tutingan ota-onalar bilan bitim tuziladi

Xalq ta’limi vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2831, 2016 yil 10 oktyabr) bilan Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisidagi namunaviy bitim tasdiqlandi

18.10.16

Aviadispetcherlarda maxsus ish grafigi boʻladi

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2194-2, 2016 yil 10 oktyabr) bilan «Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish» aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ–71) qoʻshimcha kiritildi

14.10.16

Yosh rahbarlar yoʻl qoʻyadigan xatolar

2007 yilda Florida Universiteti tadqiqot oʻtkazdi. Uning natijalariga koʻra 40 foiz ishtirokchi “yomon rahbar” bilan ishlayotganidan noligan. Sizchi? Shunday boshliqlar roʻyxatiga kirmasligingizga aminmisiz?

14.10.16

IFUTni aniqlashning yangi tartibi va oʻziga xosliklari

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab joriy etiladigan yangi tartibga koʻra kichik tadbirkorlik sub’yektlariga taalluqli boʻlgan tashkilotlarning turi Tashkilotlar tasniflagichidan foydalanilgan holda aniqlanadi

14.10.16

Shaxsiy hayot chegaralari qayerda?

23.09.2016 yildagi OʻRQ-411-son Qonun bilan MJtK va JKga shaxsiy hayotga aralashganlik uchun javobgarlik kiritildi. Ushbu sharhda xususiy va ommaviy sohalar chegaralarini belgilash borasidagi masala xususida soʻz yuritamiz.

14.10.16

Ishonch bildirilsin – tekshirilmasin!

5.10.2016 yildagi Prezident Farmoni bilan tadbirkorlik faoliyati tekshiruvlarining ayrim turlari bekor qilinishi koʻzda tutilgan. Aynan qaysi tekshiruvlarning bekor qilinishi, qaysilari esa avvalgidek holatda saqlanib qolishi - bizning sharhimizda

13.10.16

Daraxtlarni kesishga ruxsatnomani onlayn tarzda olish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi yangi interaktiv xizmat jismoniy va yuridik shaxslarga oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va buta ekinlarini kesishga ruxsat olish uchun elektron ariza yoʻllash imkonini beradi

13.10.16

Amnistiya toʻgʻrisida qaror qabul qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan Oliy Majlis Senatining 12.10.2016 yildagi amnistiya toʻgʻrisidagi Qarori e’lon qilindi

12.10.16

Yodlangan tuz ishlab chiqaruvchilar mikronutriyentlarga sarf-xarajat qilishmaydi

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank boshqaruvining qoʻshma qarori (roʻyxat raqami 2828, 2016 yil 3 oktyabr) bilan Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi «Salomatlik-3» loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

12.10.16

Davlat axborot resurslarining barini roʻyxatga olish shart emas

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri buyrugʻi bilan (roʻyxat raqami 1558-5, 2016 yil 6 oktyabr) Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi

11.10.16

Amnistiya akti qanday boʻladi?

Prezident vazifasini bajaruvchi Oliy Majlis Senatiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisidagi taqdimnomani kiritdi

11.10.16

Imtiyoz kerakmi — zamonaviy uskuna bilan jihozlang

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.10.2016 yildagi PQ–2624-son Qarori bilan Prezident va Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

11.10.16

Oʻlchov va sinov vositalari mezonlari aniqlandi

Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi bilan (roʻyxat raqami 2829, 2016 yil 3 oktyabr) Texnika vositalarini oʻlchov vositalari va sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlari tasdiqlandi

11.10.16

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish – vaqt talabi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zolari Qahramon ERGAShEV va Qutlimurot BABAShEVning yoqilgʻi-energetika va sanoat sohasi tarmoqlarida energiya samaradorligi va tejamkorligi boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga bagʻishlangan seminar yuzasidan mulohazalari

11.10.16

Usta-murabbiylar uchun ish hajmlari belgilandi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligining qoʻshma qarori (roʻyxat raqami 2830, 2016 yil 5 oktyabr) bilan Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun namunaviy yillik ish rejasi tasdiqlandi

11.10.16

Tinimsiz ishlash nega unumdorlikni pasaytiradi?

Uzzu-kun tinmay mehnat qilish bir qarashda kasb-korda yangi marralarga erishish, mavqe va lavozim oshishining garovidek tuyuladi. Ammo oʻz vaqtida hordiq chiqarmaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Ushbu materialda tinim bilmay mehnat qilish va surunkali charchoq haqida soʻz yuritiladi

11.10.16

Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi 2016 yil 12-13 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi

2016 yil 10 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisini joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi

10.10.16

Diqqat! «Kuzgi maxsus narxlar» aksiyasi!

Norma dasturiy mahsulotlariga 20%gacha chegirma!!! Aksiyaning oʻtkazilish vaqti 2016 yilning 10 oktyabridan 31 oktyabriga qadar

10.10.16

Mualliflik huquqlarini qanday himoyalash mumkin?

Hozirgi kunda mualliflik huquqlarining buzilishi mavzusi dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Birinchidan, bu yangi narsa yaratish uchun sarf-xarajat qilmasdan foyda yoki hatto qoʻshimcha foyda olishning oson yoʻlidir. Ikkinchidan, zamonaviy texnologiyalar ma’lumotlarni koʻpaytirish va tarqatish jarayonini oʻta oson va arzon ishga aylantirib qoʻydi

07.10.16

Biznes-ombudsman: Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar amaliyoti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDep fraksiyasi a’zosi Polyante Sveshnikov oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashadi

07.10.16

SSP tadbirkorlarning soliqlar boʻyicha odatiy xatolarini ma’lum qildi

Ushbu sharhda soliq tekshirishlari yakunlariga koʻra Savdo-sanoat palatasi tomonidan tahlil qilingan tadbirkorlarning soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashdagi asosiy xatolari toʻgʻrisida

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.