"E-urug‘" tizimi yaratildi
Uning yordamida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqi uchun tanlovlar oʻtkaziladi.
Asosiy stavka 14 foizgacha oshirildi
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
«Diplomatik xizmat a’lochisi» koʻkrak nishoni bilan kimlar taqdirlanadi
«Diplomatik xizmat a’lochisi» va «Diplomatik xizmat fidoyisi» koʻkrak nishonlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog» faxriy unvoni ta’sis etildi
Bu unvon ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash va boshqa yoʻnalishlarda salmoqli natijalarga erishgan tabiat himoyasi harakati faollariga beriladi.
Elektron hisobvaraq-fakturani tovar-transport yuk xati bilan birlashtirishga qachon yoʻl qoʻyiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan birlashtirilgan hujjat shakli tasdiqlandi.
Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashning yaxlit tizimi joriy etilmoqda
Tizim doirasida ayollarga kichik tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda, biznes-rejalar ishlab chiqishda va mahsulot uchun bozor topishda koʻmaklashish, tadbirkorlik asoslariga oʻqitishni tashkil etish amalga oshiriladi.
Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
Ayrim turdagi tovarlarni eksport qilishda yigʻimlar bekor qilinmoqda.
Oliy ta’lim tashkilotlarida grantlarni qayta taqsimlash tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ta’lim grantini olishga da’vogar boʻlishi mumkin boʻlgan talabalar toifalari belgilandi.
Kambagʻallikni qisqartirish jamgʻarmasi faoliyatining vazifalari belgilandi
Uning asosiy maqsadi – "Kambagʻal oilalar reyestri"ga kiritilgan shaxslarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishga koʻmaklashuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga subsidiya, grant va kreditlar taqdim etish.
Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida «Issiqlikta’minoti» AJ tashkil etilmoqda.
QQS summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi
Vazirlar Mahkamasining 11.03.2025 yildagi «Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida»gi 160-son qarori qabul qilindi.
Yuridik shaxslar elektr energiyasi va gaz uchun korporativ kartalar orqali toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin boʻladi
Tegishli qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga kiritildi.
Temir yoʻl transportida bojxona koʻrigi qancha davom etishi kerak?
Bojxona koʻrigi muddatini uzaytirish holatlari belgilanmoqda.
Seriyali obligatsiyalar dasturiga talablar belgilandi
Shuningdek uni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi belgilanmoqda.
Konsert reklamasi fonogrammadan foydalanish toʻgʻrisida ma’lumot berishi kerak
Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga jonli ijro san’atini rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Qaysi dori vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan qoʻllaniladi
Oʻzbekistonda davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati tasdiqlandi.
Fuqarolar sud jarayonlarida masofadan turib qanday ishtirok etadi
Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslar va Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritildi.
Xotin-qizlar tadbirkorligi imtiyozli kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlanadi
2025 yilda tadbirkor xotin-qizlar loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida qoʻshimcha ravishda 200 mln AQSh dollari yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Orxus Konvensiyasiga qoʻshilmoqda
Konvensiya fuqarolarning ekologik ma’lumotlardan foydalanishini kafolatlaydi.
Qator sub’yektlarga toʻlovlarni elektron toʻlov tizimlari orqali qabul qilish majburiy boʻladi
Talablar 2025 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.
Chiqindi uchun qarzdorlar elektr ta’minotisiz qoladi
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarga qarzdorlik uchun iste’molchi elektr energiyasi uchun toʻlov qilish imkoniyatidan mahrum qilinadi.
Ayrim toifadagi oʻqituvchilar attestatsiyadan oʻtmaydi
Xalqaro standartlar asosida malaka toifasini olgan pedagog xodimlarga ularning amaldagi tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi.
«Namangan» maxsus eksport zonasi tashkil etilmoqda
Sanoat zonalarining yer uchastkalari esa keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan kamida 10 yil muddatga ijaraga berish sharti bilan onlayn-auksionga chiqariladi.
Kasalliklari boʻlgan oʻquvchilarga transport xarajatlari toʻlanadi
Prezident huzuridagi Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy agentligiga 2025 yil 1 apreldan Toshkent, Andijon va Samarqandda transport xizmati koʻrsatish boʻyicha pilot loyihani joriy etish topshirildi.
Qurilish maydonlaridagi chang uchun jarima solinadi
Jarima – BHMning 10 baravari, takroran sodir etilganda – BHMning 50 baravari miqdorida boʻladi.
Rasmiy statistikani tayyorlashga autsorsing joriy etiladi
Xususan, statistika ma’lumotlarini tarqatish ishlarida statistik nashrlarni foydalanuvchilarning keng doirasiga yetkazish uchun autsorsingdan foydalanish rejalashtirilmoqda.
Shaxs oʻzi nomiga kredit rasmiylashtirishga taqiqni qanday oʻrnatishi mumkin
Taqiqlash toʻgʻrisidagi arizani YaIDXP, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali berish mumkin.
Mamlakatda koʻchmas mulkni ommaviy baholash oʻtkaziladi
Uning maqsadlaridan biri adolatli soliqqa tortishdir.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


