Muddatli mehnat shartnomasini qachon va qancha muddatga tuzish mumkin
Xodimning mehnat shartnomasi muddati tugamoqda. Qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirish orqali uning amal qilish muddatini uzaytira olamizmi yoki yangi shartnoma tuzishimiz kerakmi? Shartnoma muddatini necha marta uzaytirish mumkin? Muddatli mehnat shartnomasi necha yilga tuziladi?
Oʻzbekiston aholisi ketma-ket 4 kun dam oladi
Prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻzbekiston shaharlarini rivojlantirish uchun – $59 mln
Mablagʻlar Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratiladi, loyihani 2027 yilga kelib yakunlashni rejalashtirishmoqda.
Ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha jarimalarga chegirma miqdorlari oshirilmoqda
Qonunda shuningdek chegirmalar qoʻllanilmaydigan huquqbuzarliklar belgilangan.
Aeroport, temir yoʻl va avtovokzallarda xizmatlar sifati qanday oshiriladi
Shuningdek transport vazirligi vokzal va uning hududida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibini ishlab chiqadi.
2023 yil aprel oyida ta’til kunlari soni va «ta’til pullari»ni qanday hisoblash kerak
Korxonada 15 ish kuni davomiyligida mehnat ta’tili oʻrnatilgan. Yangi MKga kiritilgan oʻzgarishlar tufayli asosiy ta’tilning davomiyligi – 21 kalendar kunni tashkil etadi. Xodim 12.08.2022 y. – 11.08.2023 yildagi davr uchun 2023 yil 10 apreldan ta’tilga chiqadi. Unga ta’til kunlari sonini va «ta’til pullari»ni qanday hisoblash kerak?
Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Biznes oliy maktabi tuzilmalari tasdiqlandi
Institut bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish yuzasidan takliflar, xalqaro reytinglarda mamlakat mavqeini oshirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi.
15 apreldan haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali rasmiylashtirish mumkin
Vazirlar Mahkamasi tomonidan milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Ayrim qurilish materiallari va xomashyolarga bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi
Roʻyxatga portlandsement, glinozem sement, shlakli sement, supersulfatli sement yoki oʻxshash gidravlik sementlar va boshqalar kiritildi.
Banklarga ishsizlarga ipoteka krediti taqdim etishga ruxsat etildi
2023 yilda umumiy qiymati 10,7 trln soʻmdan ziyod miqdorda 44,7 mingta kredit ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining vazifalari belgilandi
Jamoatchilik kengashi Mudofaa vazirligini fuqarolar bilan bogʻlab turuvchi “koʻprik” vazifasini bajaradi, mudofaa va harbiy sohada jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan bildirilgan takliflarni tahil qilib boradi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun dala chetlari oʻzlashtiriladi
Dala chetini oʻzlashtirish va mahsulot yetishtirish uchun zarur boʻlgan urugʻ, koʻchatlar, mineral oʻgʻitlar, kimyoviy preparatlar, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlash uchun 100 mlrd soʻm ajratiladi.
Maishiy zoʻravonlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
Shahvoniy shilqimlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Isitish tizimlarini boshqarish xususiy sektorga beriladi
Ayrim davlat ob’yektlari bosqichma-bosqich koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkaziladi.
Tashabbusli byudjetlashtirishni moliyalashtirish uchun yana 1,3 trln soʻm ajratildi
2023 yil birinchi mavsum doirasida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida esa qiymati 1,5 trln soʻm boʻlgan 1 666 ta loyiha gʻolib deb topilgan.
Iste’mol kreditini olish shartlari soddalashtirildi
Shuningdek, uni Oʻzbekistondan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olish uchun ham olish mumkin.
Ayrim sport ob’yektlarini qurish joylari ovoz berish orqali aniqlanadi
Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentlining ayrim funksiyalari xususiy sektorga oʻtkaziladi.
Xalq tabobati sohasida qanday malaka oshiriladi
Xalq tabobatini rivojlantirish markazlariga tinglovchilarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
100 ming gektardan ziyod yer maydonlari qishloq xoʻjaligi sohasiga qayta foydalanishga kiritiladi
2023 yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz hajmlari 46 mln tonnadan ziyodni tashkil etadi.
Ommaviy va professional futbol qanday rivojlantiriladi
Har yili mahalla yoshlari, umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilari va OTM talabalari oʻrtasida ushbu sport turi boʻyicha festivallar va musobaqalar oʻtkaziladi.
Senat tomonidan oltita qonun ma’qullandi
Ular orasida – xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun bor.
Ayrim tovarlar xaridi uchun QQS qaytariladi
2023 yil 1 maydan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo ob’yektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1% miqdoridagi keshbek oʻrniga, 12% miqdorida toʻlangan QQS summasi qaytariladi.
Yongʻin nazorati organining xulosasini onlayn olish imkoniyati yaratildi
Shuningdek radiotexnika vositalarini oʻrnatish va foydalanish uchun sanitar pasportni berish davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
2023 yil aprel oyida qanday dam olamiz va ishlaymiz
22 aprel kuni Oʻzbekistonda Ramazon hayiti bayrami nishonlanadi. Bu ish vaqti kalendarida qanday aks etishini ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES tushuntirdi.
Koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar uchun aksiz markalari bekor qilinadi
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun esa yana bitta litsenziya talabi joriy etiladi.
Iste’mol tovarlarining sifati ustidan nazorat kuchaytirildi
Sifatsiz mahsulotlarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik kuchaytiriladi, bu haqda xabar bergan shaxslar ragʻbatlantiriladi.
Shubhali operatsiyalar alomatlari roʻyxati kengaymoqda
Toʻlov tizimi operatorining, elektron pullar tizimi operatorining yoki toʻlov tashkilotining ichki nazorat mas’ul xodimi sifatida faqat ijro etuvchi (ijroiya) organ a’zosi yoki rahbarning oʻrinbosari tayinlanishi mumkin.
Qayta tashkil etiladigan va tugatiladigan davlat korxonalarining roʻyxatlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


