Eski elektr hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish uchun iste’molchilar haq toʻlamaydilar
Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi
TOP-3: Buxgalterlar malakasini oshirishlariga toʻsiq boʻladigan bahonalar
Tashkilotda soliq imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanilishi, qonun normalariga muvofiq hisob yuritish, moliyaviy resurslarni oqilona boshqarish va boshqalar buxgalterga bogʻliq. Aynan shu bois boshlovchilar ham, tajribali mutaxassislar ham oʻz bilimlarini sinab koʻrishlari foydadan xoli boʻlmaydi. Buxgalter bilimini sinab koʻrishiga nimalar toʻsqinlik qilmoqda?
15 iyuldan 101 mamlakatdan tranzit orqali oʻtadigan aviayoʻlovchilar va 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga Oʻzbekistonga qisqa muddatli vizasiz kirishga ruxsat berildi
Prezidentning 4.07.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Mamlakatimizda eski namunadagi pasportlar 2019 yil oxirigacha haqiqiy hisoblanadi
Bu haqda Adliya vazirligi oʻzining telegram-kanalida xabar beradi
Xalqaro kelishuvlarda mulk huquqini e’tirof etish haqida batafsil
«Eksport-import operatsiyalari: hisob, soliq solish, xatoliklar» seminarining asosiy mavzusi mulk huquqini e’tirof etishning murakkab masalalari boʻldi. Mashgʻulotlar 2018 yil 11 iyulda «Norma» professional rivojlanish markazida oʻtkaziladi
Oziq-ovqat bozorlarida savdo shoxobchalarini onlayn-auksion orqali ijaraga olish mumkin boʻladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oziq-ovqat tovarlari bozorlarida turgʻun savdo shoxobchalari va savdo joylarini taqsimlashni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
2018 yil 1 oktyabrdan litsenziyasiz kripto-aktivlar oboroti noqonuniy hisoblanadi
Prezidentning 3.07.2018 yildagi «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 3832-son qarori imzolandi. Hujjatning qabul qilinishi Oʻzbekiston qonunchiligi uchun yangi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda dastlabki qadam boʻldi
Mediatsiya: yangilikning mohiyati nimada?
«Mediatsiya toʻgʻrisida» 3.07.2018 yildagi OʻRQ–482-son Qonun e’lon qilindi.
Bojxonachilar uchun 1026 ta kvartira quriladi
QHTBT portalida Prezidentning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi organlari xodimlari uchun uy-joylar qurishga doir qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Oliy ta’lim muassasalari harbiy kafedralarida yakuniy imtihonlar qanday oʻtkaziladi
Iyun-iyul oylarida oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladi. Uni tashkil qilish tartibi Yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3025, 26.06.2018 y.) bilan tasdiqlandi
Soliq siyosati konsepsiyasi: qabul qilingan versiyada loyiha bilan solishtirganda nimalar oʻzgardi?
Xalqaro press-klubning navbatdagi yigʻilishida soliq tizimi mavzusi koʻtarildi. Ishtirokchilar ularni bartaraf etish va yechimini topish maqsadida Soliq tizimini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilingan tizimdagi muayyan muammolarni muhokama qildilar
2018 yil oxirigacha 40 ta bolalar bogʻchasi quriladi
Prezidentning 02.07.2018 yildagi “2018 yilda maktabgacha ta’lim muassasalarinn qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mnrlash manzilli dasturi toʻgʻrnsida”gi PQ-3822-son qarori e’lon qilindi. Uni amalga oshirish uchun 1,25 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi
Namangan viloyatida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi
Prezidentning 2.07.2018 yildagi «Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3826-son qarori e’lon qilindi
Markaziy bank jismoniy shaxslar valyutani qanday ayirboshlashini belgiladi
Markaziy bank Boshqaruvi qarori (roʻyxat raqami 3029, 29.06.2018 yil) bilan tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishning yangi tartibi tasdiqlandi
1.10.2018 yildan sanoat va avtoyuvish korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq oshiriladi
Prezidentning 2.07.2018 yildagi «Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3823-son qarori e’lon qilindi
«Tadbirkorlar va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish» dasturi ishga tushirildi
Markaziy bank, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi va «Norma» professional rivojlanish markazi «Tadbirkorlar va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish» dasturini amalga oshira boshladi
Oʻzbekiston soliq tizimida qanday oʻzgarishlar roʻy beradi: qiyosiy jadval
Ish yuritishda va 2019 yildagi biznesni prognozlashda qulaylik yaratishni koʻzlab, 2018 yilda amal qilayotgan soliq solish shartlari va 2019 yilda taklif etilayotgan shartlarning qiyosiy jadvalini e’tiboringizga havola etamiz
2018 yil 1 iyuldan amal qila boshlagan asosiy yangiliklar
Navbatdagi toʻplamda 1 iyuldan kuchga kirgan qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgartirishlarni e’tiboringizga havola etamiz. Bu gal ular talaygina, mavzusi ham xilma-xil: notariat, advokatura va FHDYo organlaridagi islohotlardan tortib elektron tijoratdagi yangi qoidalar va tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibigacha. Siz uchun eng muhimlarini saralab oldik
Toshkent shahrida Puchon universiteti ochiladi
Poytaxtimizda maktabgacha ta’lim, koreys tili, shuningdek arxitektura va dizayn sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yangi oliy oʻquv yurti ochiladi
Chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash 3 oy oʻtgach kuchga kiradi
2.07.2018 yildagi “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida” OʻRQ-478-son Qonun imzolandi
Shaharliklar uchun «Obod mahalla» dasturi amalga oshiriladi
Uning asosiy yoʻnalishlari, parametrlari va tadbirlari Prezidentning 27.06.2018 yildagi hujjatlari (PQ-3812-son, PF-5467-son) bilan tasdiqlangan
Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlari ragʻbatlantiriladi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarining maoshiga ustamalar, mukofotlar va boshqa moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilandi. Namuna koʻrsatganlar «Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadilar
Bojxona yuk deklaratsiyasini YaIDXP orqali topshirish mumkin
«Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyasini topshirish» xizmati YaIDXP orqali Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda taqdim etiladi
Respublikamizda oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilindi
Prezidentning 27.06.2018 yildagi PQ–3808-son qarori bilan uning ustuvor vazifalari va amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamgʻarmasi nimani moliyalashtiradi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyati, shuningdek Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi reglamentga solindi
Bojxona toʻlovlari kamayadi: 2-bosqichda ishlar qanday tus oladi
Respublika hududiga olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga import bojxona bojlari stavkalari e’lon qilindi, stavkalar 1.01.2019 yildan amalga kiritiladi
«Norma» nashriyoti bestsellerni qayta nashr qilmoqda
«Norma» iyul oyida Abdusalom Risqullayevning muallifligi ostida «Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi» uchinchi nashrini chiqaradi. knigi.uz kitob internet-doʻkoni yangiliklarini kuzatib boring
San’at asarlarini baholash bilan Badiiy ekspertlar kengashi shugʻullanadi
U Madaniyat vazirligi huzurida tashkil etilmoqda, uning faoliyat koʻrsatish tartibi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2018 yildagi 474-son qarori bilan tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


