Qanday asoslarga koʻra biznesni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi mumkin?
Vazirlar Mahkamasining 9.02.2017 yildagi 66-son Qarori bilan Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan boʻlib, u joriy yilning 1 aprelidan amalga kiritiladi. Ushbu sharhda – tadbirkorlik sub’yektini roʻyxatdan oʻtkazishni rad asoslari xususida
Toshkentdan Qarshi va Buxoroga qatnovchi ikkita elektropoyezd keltiriladi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” tomonidan 2016 yilda 68 million tonna yuk tashildi. 21,1 million yoʻlovchi oʻz manziliga yetkazib qoʻyildi. 369 million dollar miqdorida eksport xizmatlari koʻrsatildi. Aksiyadorlik jamiyati sanoat korxonalarida 422,5 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, matbuot anjumanida kompaniya vakillari tomonidan shunday raqamlar oshkor qilindi
Har bir tuman va shaharda iqtisodiy sudlar tashkil etiladi
Prezidentning 21.02.2017 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi
Pensionerlarga naqd pul toʻlash boshqa tashkilotlarga beriladigan naqd pulga ta’sir etmaydi
Toshkent shahar hokimligida oʻtkazilgan matbuot anjumanida hokimning birinchi oʻrinbosari Nozim Husanov shaharda pensionerlarga 100 foiz, talabalarga 50 foiz miqdorida naqd pul toʻlash oʻz vaqtida, ya’ni har oyning 27 sanasidan kechiktirilmay amalga oshirilayotgani va bu masalaning shahardagi boshqa tashkilotlar xodimlariga naqd pul tariqasida oylik maosh toʻlashga hech qanday ta’sir etmasligini bildirdi
Banklarda korrupsiyaga qarshi choralar koʻriladi
Agrobank” ATBda “Korrupsiyaga qarshi kurashish — davlat va jamiyat xavfsizligi garovi” mavzusida seminar oʻtkazildi. Unda bugungi kunning global muammolaridan biri — ta’magirlik, poraxoʻrlik, oʻz mansabini suiiste’mol qilish holatlari atroflicha muhokama qilindi
Davlat personallashtirish markazi pullarni nimalarga sarflaydi?
Vazirlar Mahkamasining 13.02.2017 yildagi 73-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun Davlat personallashtirish markazining byudjetdan tashqari hisob raqamiga tushgan mablagʻlarni sarflash tartibiga tuzatishlar kiritildi
Notariuslarni moliyalashtirish qisqartirildi
Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 2017 yil 14 fevral) bilan Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
Bepul yurish chiptasi 1 kun ichida beriladi
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2434-1, 2017 yil 15 fevral) bilan Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Xodimlarning oʻrtacha yillik soni qanday aniqlanadi?
Davlat statistika qoʻmitasi va Mehnat vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2858, 2017 yil 17 fevral) bilan Tadbirkorlik sub’yektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Boʻlgʻusi huquqbuzarlar yozma ravishda ogohlantiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 fevraldagi 60-son qarori bilan gʻayriijtimoiy xulq-atvorli shaxsni uni davom ettirishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqida rasmiy ogohlantirish tartibi takomillashtirildi
Qanday kasalliklarda hayvonlar zararsizlantiriladi?
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2857, 2017 yil 8 fevral) bilan Hayvonlarning va odamning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalar olib qoʻyilmagan holda zararsizlantiriladigan (yuqumsizlantiriladigan) hamda qayta ishlanadigan hayvonlar kasalliklarining roʻyxati tasdiqlandi
Kichik biznes kreditlari boʻyicha Kafolat jamgʻarmasi tashkil etildi
Prezidentning “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish Kafolat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Biznesni 30 daqiqada onlayn rejimida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 9.02.2017 yildagi 66-son Qarori bilan Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U joriy yilning 1 aprelidan amalga kiritiladi. Ushbu sharhda – avtomatlashtirilgan elektron tizim vositasida roʻyxatdan oʻtkazish xususida
Oʻxshash tovarlar boʻyicha bojxona qiymatini belgilaymiz
Olib kelinayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning yana bir usullaridan biri bu oʻxshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymati (3-usul) hisoblanadi. Qanday tovar oʻxshash tovar hisoblanishi haqida mazkur sharhda tanishamiz
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamgʻarmasi kreditlar olishga koʻmaklashadi
Prezidentning kichik tadbirkorlikni rivojlantirish Kafolat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori imzolandi. Jamgʻarma biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish maqsadida tashkil etildi
Madaniyat va sport ishlari vazirligi ajratildi
Prezidentning 15.02.2017 yildagi Farmoni bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkita mustaqil idoraga qayta tashkil etildi: Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi
1 martdan e’tiboran terminalsiz savdo qilish va xizmat koʻrsatish taqiqlanadi
Prezidentning 15.02.2017 yildagi PQ-2777-son «Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi
Oʻzbekiston tovarlari uchun onlayn-maydon
Savdo-sanoat palatasi va Xitoyning «Jumore E-Commerce Co.Ltd» kompaniyasi oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni imzoladi. Hujjat Oʻzbekiston tadbirkorlariga Xitoy kompaniyasi saytida oʻz tovarlari bilan savdo qilish imkonini beradi
Yillik 9% olish uchun qaysi bankda karta ochish kerak?
«Qaysi banklar plastik kartalardagi qoldiqlar boʻyicha har oyda kapitalizatsiyani amalga oshiradi?» – shunday savol Norma.uz portali tahririyatiga kelib tushdi, va, biz 24 ta tijorat bankining plastik karta boʻlimlaridan surishtirib, bu masalaga aniqlik kiritishga qaror qildik. Soʻrov natijalari – mazkur materialda
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tashkil etildi
Prezidentning 14.02.2017 yildagi Farmoni bilan yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Internet-doʻkonni qanday toʻlov tizimlariga ulash mumkin?
Onlayn rejimida savdo-sotiqni yoʻlga qoʻyish koʻplab tadbirkorlar uchun dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bu savdo hajmini oshirish va auditoriyani koʻpaytirishga qodir. Uni qanday amalga oshirish mumkin va toʻlov servislarining qaysi biriga Oʻzbekiston bozorida talab katta?
Agar buxgalter bevaqt ishdan boʻshasa...
“Norma maslahatchi” gazetasining maxsus maqolasi buxgalter ishdan boʻshasa yoki oʻz ishini tugatmasdan qoldirib ketsa, ish beruvchida kelib chiqadigan muammolarga bagʻishlangan
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi
Prezidentning “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Aynan bir xil tovarlar boʻyicha bojxona qiymatini belgilaymiz
Ushbu sharhda Oʻzbekistonga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibidagi oʻzgarishlar bilan oʻquvchilarni tanishtirishda davom etamiz. 2-usulni (aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash) batafsil koʻrib chiqamiz
18 fevralgacha SMS-xabarnomalar kechikib keladi
Bu haqda «UZCARD» banklararo toʻlov tizimi oʻzining rasmiy saytida ma’lum qiladi
15% oldindan toʻlov har doim ham kerakmi?
Ushbu maqolada – xoʻjalik shartnomalarida 15%dan kam boʻlmagan oldindan toʻlov haqidagi shartning aks etishi qanchalik maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida
Yer soligʻining eng kam miqdori faqat Toshkent shahri uchun
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2203, 2011 yil 3 mart) oʻzgartirishlar kiritildi
XXTUT va IFUT: hujjatda qaysi kodni koʻrsatish kerak?
Xalq xoʻjaligi tarmoqlari umumtasniflagichi (XXTUT)ning oʻrnini Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi (IFUT) egallaydi. Shunday qilib, 1.01.2017 yildan Kichik biznes sub’yektlariga mansub tashkilotlar tasniflagichi kuchga kirdi, u boʻyicha XXTUT oʻrniga IFUT qoʻllaniladi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


