Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi
Lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi va paxta xom ashyosini sugʻorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.
Davlat aktivlarini sotish jarayoniga xorijiy va mahalliy maslahatchilar jalb etiladi
Mutaxassislar ularning malakasi va xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlardan kelib chiqib tanlab olinadi.
Tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatishda talablar soddalashtirilmoqda
Endilikda tadbirkorlik sub’yekti bank hisobini yopganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishdan ozod etiladi.
Talabalar uchun yangi nomli stipendiyalar joriy etildi
Mazkur stipendiyalar jismoniy tarbiya va sport, shuningdek tarix va geografiya yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalarga tayinlanadi.
Avtomobilga davlat raqami belgilari berilganligi uchun toʻlovlar qanday oʻzgaradi
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi. Yangi stavkalar 2023 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi.
Metroning yer usti yoʻli bekatlariga nom berildi
Yer usti metro halqa yoʻlining “Doʻstlik – Qoʻyliq” yoʻnalishiga “Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz yilligi” nomi berildi.
Narkologik kassalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yoʻnaltirish mumkin
Mazkur masala ichki ishlar organlari tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Ushbu chora bunday shaxslar tomonidan jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan.
Advokatlikka nomzodlarga ish staji boʻyicha talab bekor qilindi
Muqaddam advokat maqomini olish uchun yuridik sohada kamida 2 yillik ish staji talab etilgan.
Issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish uchun $46,25 mln ajratiladi
Jahon banki “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” loyihasi uchun mablagʻlar ajratadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari korrupsiogen omillarga tekshiriladi
Jamoatchilikni bunday omillarni bartaraf etish haqidagi takliflari tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Qoraqalpogʻiston tadbirkorlarini imtiyozli kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlashadi
Xoʻjayli tumanidagi 100 gektar yer maydonida "Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi" barpo etiladi.
“Umra” xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha talablar belgilandi
Ular orasida – turoperator shtatida diniy (islomiy) ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha respublika ta’lim muassasasi bitiruvchisi boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning boʻlishi kabi talab mavjud.
"Chimyon" kurortini qurish boʻyicha loyiha ishlari boshlandi
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 47,9 mln yevro miqdoridagi qarz mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolangan.
ID-karta, xorijga chiqish pasporti va texnik pasportni uyda rasmiylashtirish mumkin
Ayrim hujjatlar egalariga pochta orqali joʻnatiladi.
Harbiy xizmatchilar davlat mukofotlariga taqdim etilganlarida attestatsiyadan oʻtkaziladi
Harbiy oliygohlar oʻqituvchilariga ularning ilmiy daraja va unvonidan kelib chiqib kapitandan podpolkovnik harbiy unvonigacha beriladi.
Yongʻin nazorati organlarining vakolatlari kengaymoqda
Endilikda ular yilda bir marotaba yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ob’yektlarda nazorat tekshiruvlarini oʻtkazishga haqli.
Hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish: iyulda nimanidir soddalashtirishdi, biroq muammolar koʻpaydi
Buxgalter.uzdagi materiallar sizga EHFni toʻldirishda muhim jihatlarni hisobga olishga yordam beradi.
Agrarchilar va oziq-ovqat korxonalari agrosubsidiyani qanday oladi
Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Agrosubsidiyalar agrar va oziq-ovqat sohalarida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Senat tomonidan qanday qonunlar ma’qullandi
Yalpi majlisda senatorlar tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan 9 ta masala, shu jumladan 7 ta qonun muhokama qilindi.
“Agroplatforma” axborot tizimi qanday yordam beradi
Uning vazifalari orasida – qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonidagi mavjud vaqt sarfi va operatsion xarajatlarni qisqartirish kabilar bor.
Uzum yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi joriy etiladi
2023-2026 yillarda uzumchilikni rivojlantirish, klaster va kooperatsiya usulida uzum mahsuloti yetishtirish hamda qayta ishlashga 100 mln AQSh dollarini yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.
Yongʻin xavfsizligi boʻyicha tekshiruvlarni oʻtkazish tartibi oʻzgarmoqda
Oʻzgartirishlar mazkur yoʻnalishda davlat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.
Agrar sohaga raqamlashtirish joriy etiladi
1 sentyabrdan boshlab “Agroplatforma” axborot tizimi ishga tushiriladi. U qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish jarayonlarini raqamlashtirish uchun moʻljallangan.
Senatning qirq uchinchi yalpi majlisi 4 avgust kuni boʻlib oʻtadi
Majlisda boshqalar qatori, sud qarorlarining qonuniyligi va adolatliligini tekshirish institutini takomillashtirish, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tizimini takomillashtirishga qaratilgan NHHlarga oʻzgartirishlar kiritilishini nazarda tutadigan bir qator hujjatlar koʻrib chiqiladi.
Koreya Eksimbanki Oʻzbekistonning tibbiyot muassasalariga $74 mln ajratdi
Oʻzbekistonning “Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasiga ulushi 14,78 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
Otorinolaringologiya xizmatining koʻlami kengaytiriladi
Otorinolaringologiya boʻlimlarini zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun 17 mln AQSh dollarini yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.
Harbiy texnika ishlab chiqishga qanday talablar bor
Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasini muhokama qilish boshlandi
Strategiya Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan boʻlib, 5 ta yoʻnalish va 100 ta maqsaddan iboratdir. Strategiyani amalga oshirish uchun jami 252,2 mlrd AQSh dollari ajratiladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


