Ayrim tovarlar uchun bojxona boji nol stavkasining amal qilishi uzaytirildi
Shuningdek, olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar roʻyxatiga bugʻdoy uni va bugʻdoy-javdar uni qoʻshildi.
Biznes-ombudsman tadbirkordan noqonuniy undirilgan mablagʻlarni qaytarishga yordam berdi
Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi “Orzu” MChJ (nomi oʻzgartirilgan) soliq boshqarmasi mansabdor shaxslaridan norozi boʻlib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.
Geodeziya sohasida xavf-tahlil tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda
Yuqori va oʻrtacha xavf bartaraf qilinmagan vaziyatlarda huquqbuzarlikni oldini olish uchun tekshiruv oʻtkazilishi mumkin.
Homilador ayol bilan qachon va qanday shartlarda mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin
Koʻpgina ish beruvchilar masala homilador ayolni ishdan boʻshatishga daxl qilganda bu mehnat nizosiga va tashkilot uchun salbiy oqibatlarga olib kelishidan qoʻrqishadi. Binobarin, yangi MK bu masalada ayollar huquqlarini ancha himoya qilgan.
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni kimlar olib kirishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirishi mumkin boʻlgan sub’yektlar roʻyxati tasdiqlandi.
Kibersportni keng ommalashtirish dasturi qabul qilindi
Dastur kibersport ligasini tashkil qilish, jahon bozorida raqobat qila oladigan kibersport oʻyinlarini ishlab chiqish va tijoratlashtirish va hokazoni nazarda tutadi.
Senatning XXXV yalpi majlisi 18 noyabr kuni boʻlib oʻtadi
Majlisda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash, mahkumlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga va boshqalarga qaratilgan qonunlar muhokama qilinadi.
Onkogematologik kasalliklarni davolash tizimi takomillashtiriladi
Sogʻliqni saqlash vazirligi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda ommaviy skrining usulida onkogematologik, onkologik va qon tizimi kasalliklarini erta aniqlash boʻyicha maqsadli tekshiruvlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqadi.
«Bojxona-servis» davlat muassasasining vazifalari belgilandi
Ushbu muassasa va uning hududiy boʻlimlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 245 nafarni tashkil etadi.
2024 yilga qadar buxgalteriya hisobida nimalar oʻzgaradi
Moliya vazirligi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni tayyorlamoqda. Maqsad – buxgalteriya hisobi tizimini amaldagi SK bilan kelishish, qonunda MHXSning joriy etilishini hisobga olish va buxgalterlarning kasb malakasini oshirishga koʻmaklashish hisoblanadi.
Har bir viloyatda bittadan yirik MIZ tashkil etish rejalashtirilmoqda
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Yangi Mehnat kodeksi: ta’tillar (3-qism)
2023 yil 30 apreldan boshlab ta’tillarni taqdim qilishning koʻpgina odatiy shartlari oʻzgaradi. Hatto ta’tilning yangi turi – ish haqi qisman saqlanib qoladigan ta’til paydo boʻladi.
Qimorni reklama qilganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilmoqda
Bunday qilmish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni oʻrnatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tashabbuskori Adliya vazirligi hisoblanadi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti soddalashtirildi
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga doir qator talablar bekor qilindi.
Ayrim statistik hisobot turlari bekor qilinadi
Davlat statistika qoʻmitasi statistik ma’lumotlarni statistika dasturlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning ma’muriy ma’lumotlari asosida shakllantiradi.
Xorijlik sayyohlarga ayrim xaridlar qiymatining bir qismi qaytariladi
40 dan ortiq turdagi tovarlar boʻyicha QQS qiymati qaytariladi.
Korporativ munosabatlar sohasida qator talablar bekor qilinmoqda
Shuningdek unitar korxona va qoʻshimcha mas’uliyatli tashkilotlarni bosqichma-bosqich tugatish hamda MChJ toʻgʻrisida yangi qonun qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish soddalashtiriladi
Prezident Farmoni bilan biznes yuritishga doir bir qator talablar bekor qilinmoqda.
Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlari tashkil etiladi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark tashkil etiladi, uning vazifalari jumlasiga ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan texnologik va innovatsion gʻoyalarga yoʻnaltirilgan startap loyihalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish kiradi.
Yangi Mehnat kodeksi: ta’tillar (2-qism)
Ta’tillar, aniqrogʻi har yilgi mehnat ta’tili bilan bogʻliq yangiliklarni koʻrib chiqishni davom ettiramiz.
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilmoqda
Ularning asosiy maqsadlaridan biri – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik sub’yektlariga grantlar ajratish.
Yangi MK: ta’tillar (1-qism)
Yangi Mehnat kodeksidagi koʻpgina oʻzgartirishlar har yilgi mehnat ta’tilini, ijtimoiy va boshqa ta’tillarni berishga taalluqli. Kadrlar boʻlimi xodimi boshqa yangiliklar bilan tanishishni keyinga qoldira olsa ham, ta’tillar jadvalini yaqin orada – dekabr oyida tuzishiga toʻgʻri keladi.
«Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni ta’sis etildi
Nishon bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan shaxslar mukofotlanadi.
Yangi MK: ish vaqti va dam olish vaqti
Ish vaqti va dam olish vaqtini tartibga solishda bizni prinsipial muhim yangiliklar kutmoqda. Yangi Mehnat kodeksi boʻyicha nimalar ish vaqtiga kiritiladi, qachon xodimlarni ularning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish mumkin?
Jismoniy tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar tizimi takomillashtiriladi
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasining joriy qilinishi sportchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari sirasiga kiradi.
Idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari uchun namunaviy nizomlar tasdiqlandi
Ularda qoʻriqlash boʻlinmalarining huquq va majburiyatlari hamda ushbu faoliyatni amalga oshirishning boshqa shartlari belgilangan.
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari nimalarga sarflanadi
Prezidentning 01.03.2022 yildagi PF-81-son Farmoniga muvofiq, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tuzilmasiga oʻtkazilgan.
Mast holatda boʻlgan shaxslar uchun tibbiy punktlar ochiladi
Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda nazarda tutilgan.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


