Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
14.04.25

Yoʻl harakatiga xalaqit beruvchi noqonuniy toʻsiqlar oʻrnatganlik uchun – jarima

Yoʻnalishli transport vositalari uchun ajratilgan tasmadan harakatlanganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi.

14.04.25

Harbiy xizmatchilarga uy-joy ijarasi uchun kompensatsiya miqdori oshirildi

10 yildan ortiq xizmat qilgan harbiy xizmatchilar uchun ipoteka krediti olishda dastlabki badal miqdori uy-joyning hisoblangan qiymatining 35 foizini tashkil etadi.

11.04.25

2025-2030 yillarda davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish strategiyasi qanday amalga oshiriladi

Uning asosiy vazifalari – davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tartibga solish, moliyaviy barqarorlik va intizomni mustahkamlash orqali byudjet taqchilligini qisqartirish va boshqalar.

11.04.25

Davlat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyati takomillashtirilmoqda

Respublika va mahalliy hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻlinmalari rahbarlari maxsus vakolatli davlat organida attestatsiyadan oʻtadilar.

11.04.25

Tadbirkorlar qadoqlangan meva va sabzavotlarni realizatsiya qilishda qanday yangi imtiyozlarga ega boʻladilar

Zamonaviy qadoqlarda meva-sabzavot mahsulotlarini realizatsiyaga chiqaradigan tadbirkorlar uchun foyda soligʻi va ijtimoiy soliq stavkalari qator shartlar bajarilganda 1foizgacha pasaytirilishi mumkin.

11.04.25

Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati kengaytirildi

Qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti oʻzi kiritgan qonun loyihasini u ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olishga haqli.

10.04.25

Oilaviy zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslarni himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilandi

Jumladan, nikoh bekor qilinayotganda oilaviy zoʻravonlikdan jabrlangan shaxsning iltimosiga koʻra sud yarashish uchun muddat belgilamaydi.

10.04.25

Konsertlarda jonli ijro qanday ragʻbatlantiriladi

Fonogrammasiz yoki undan qisman foydalangan holda oʻtkaziladigan konsert tashkilotchilariga reklama va ijara uchun chegirmalar taqdim etiladi.

10.04.25

Limonchilik sohasini qoʻllab-quvvatlash uchun - 5 mlrd soʻm

Aholi xonadonlarida va ijaraga berilgan yer maydonlarida ixcham issiqxonalar qurib beriladi hamda 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi.

09.04.25

BYuDni toʻldirish tartibi oʻzgarmoqda

Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

08.04.25

Bir nechta tumanlarda ishsizlik va kambagʻallik toʻliq bartaraf etiladi

Shuningdek, aholi va sayyohlarning yashashi, dam olishi va sayr qilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha master reja loyihalari ishlab chiqiladi.

08.04.25

MBning 14 foiz asosiy stavkasi qaysi sanadan qoʻllaniladi

Ma’lumki, 2025 yil 20 martda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz punktga oshirib, yillik 14 foiz darajasigacha koʻtarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

07.04.25

Ikki yil ichida 3 mingga yaqin mikro GESlar quriladi

Natijada 280 ming nafar aholi elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

07.04.25

Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarga energiya sarfi uchun kompensatsiya toʻlanadi

Shuningdek, ularga 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlanadi.

04.04.25

Tomorqa uchastkalaridan oqilona foydalanish boʻyicha choralar tasdiqlandi

Dehqon (fermer) xoʻjaliklari va tomorqa uchastkalaridagi boʻsh yer maydonlari toʻgʻrisidagi ma’lumot yagona platformada shakllantiriladi.

04.04.25

2026 yilga borib bojxona deklaratsiyalarini inson omilisiz rasmiylashtirish ikki barobarga oshadi

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari bojxona toʻlovlari va bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boshqa toʻlovlarni respublikaning istalgan hududidan amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

03.04.25

Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etilmoqda

Agentlikning asosiy vazifalari jumlasida – ushbu sohada ragʻbatlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralarni ishlab chiqish va tartibga solish bor.

03.04.25

Yoʻnalishsiz taksilarga taqiqlovchi belgilarda toʻxtashga ruxsat beriladi

Shuningdek, ularga aeroportlar, vokzallar va boshqa ob’yektlarning pullik avtoturargohlariga bepul kirishga ruxsat beriladi.

03.04.25

Bojxona ma’muriyatchiligi takomillashtirilmoqda

Sohaga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi, shuningdek bojxona organlarining tashkiliy tuzilmalari optimallashtiriladi.

03.04.25

Intellektual mulk sohasidagi talabnomalar ekspertizasini oʻtkazishni autsorsingga berishga ruxsat etildi

Autsorserlarni tanlash davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

03.04.25

Qishloq xoʻjaligida hosildorlik qanday oshiriladi

Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

02.04.25

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin

Fuqarolar oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inshootlarni videotexnika vositalari orqali qayd etib foto-video materiallarni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga «Ogoh fuqaro» platformasi orqali koʻrib chiqish uchun yuborishlari mumkin.

01.04.25

Tomorqa yerlaridan yanada samaraliroq foydalaniladi

Mahalla yettiligi va bankirlar ekish ishlarini tashkil etish uchun zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlab, ularni moliyalashtirish ishlarini tashkil etadi.

01.04.25

Yoshlar qanday qoʻllab-quvvatlanadi

Prezidentning yoshlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ilm-fanni ommalashtirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash choralari tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.