1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2024 yil 1 dekabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni monitoring qilish qanday amalga oshiriladi
2025 yilda atrof-muhitga ta’sir koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ustuvor ifloslantirish manbalaridan atmosferaga chiqariladigan tashlamalarni monitoring qilishning avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarini oʻrnatishlari kerak.
Ayollar orasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash tizimi joriy etilmoqda
Birlamchi tibbiyot boʻgʻinida 30-65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi shakllantiriladi, shuningdek ularni tibbiy koʻrikka taklif qilish tartibi ishlab chiqiladi.
Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi
Avvalgi tartib 2005 yilda oʻrnatilgan edi.
Toʻlov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi
Ushbu kod savdo va xizmat koʻrsatish faoliyat turini tasniflaydi.
Tadbirkorlik faoliyatidagi huquqbuzarliklar uchun ayrim sanksiyalar bekor qilindi
Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining barcha tekshiruvlari "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida oʻtkaziladi.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarga qancha haq toʻlanadi
Advokat davlat bilan muddatli (kamida 6 oyga) yoki muddatsiz shartnoma tuzishi mumkin.
Raqamli dalillar qanday tartibda taqdim etiladi
Bir qator kodekslarga raqamli dalillar tushunchasi, ularni toʻplash, taqdim etish, mustahkamlash, koʻzdan kechirish, tadqiq etish va baholash tartibini belgilovchi tegishli qoʻshimchalar kiritilmoqda.
«Vatandosh» kartasi egalari Oʻzbekistonga vizasiz keladilar
Karta xorijda istiqomat qilayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan vatandoshlarga beriladi.
Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirildi
Chora ta’lim sohasida xususiy sektor ulushini oshirishga qaratilgan.
Uyda pilla yetishtirish soliqlardan ozod qilindi
Chora uy sharoitida pilla yetishtirish faoliyatini yanada ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni joylashtirishning muqobil shakllari joriy etilmoqda
Kelasi yildan nodavlat sektor ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni parvarish qilish va tarbiyalash xizmatlarini koʻrsatish jarayoniga jalb etiladi.
Respublikaning har bir tumanida «Jasorat maktabi» tashkil etiladi
2025/2026 oʻquv yilidan «Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik» fani nufuzini oshirish va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ChQBT rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.
Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari belgilandi
Uning asosiy vazifalari – inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish va boshqalar.
Probatsiya boʻlinmalari xodimlariga qoʻshimcha vakolatlar berildi
Amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramay, probatsiya nazoratida boʻlgan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar oshib borayotgani kuzatilmoqda.
Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
Soliq kodeksiga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻzbekistonni obroʻsizlantirganlik va provokatsiyalar uchun chet ellik fuqarolar mamlakatdan chiqarib yuboriladi
"Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida"gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Bank kreditlari tavakkalchiligiga qoʻyiladigan talablar oʻzgartirildi
Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
Ijtimoiy himoya milliy agentligi mamlakat boʻylab bepul kechayu-kunduz ishonch telefonini tashkil etadi. U maxfiylik saqlangan holda faoliyat yuritadi.
Elektron shaklda sugʻurta polislarini rasmiylashtirish tartibi
2024 yil 1 sentyabrdan boshlab barcha turdagi sugʻurta shartnomalari va sugʻurta polislarini rasmiylashtirish Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Qaysi ob’yektlar muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlari toifalariga kiradi
DXX raisining buyrugʻi bilan mazkur ob’yektlarning reyestrini yuritish tartibini belgilovchi vaqtinchalik nizom tasdiqlanmoqda.
Mashhur brendlar egalari va hamkorlari qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Xususan, Milliy brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalariga xorijiy davlatlarda "Made in Uzbekistan" koʻrgazma zallarida mahsulotlarni joylashtirish, xorijiy savdo uylarini tashkil etishda xonalarni ijaraga olish xarajatlarining 50 foizigacha qoplanadi.
Adaptiv sport turlarini rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti negizida Adaptiv jismoniy tarbiya va adaptiv sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilmoqda.
Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar oluvchi fuqarolarni tanlab olish mezonlari oʻzgarmoqda
Ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarni toʻlab berishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda.
«Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi
Oldingi 600-I-sonli Qonun bozor mexanizmlari talablarini, shuningdek, tabiiy resurslardan samarali foydalanish zaruratini aks ettirmagan.
Ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarning pasportlari tasdiqlanmoqda
Ular qatorida – karantin ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasi, fitosanitariya sertifikati, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va boshqalar bor.
Xizmatda jarohat olgan harbiy xizmatchilarga sugʻurta toʻlovi beriladi
Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning, shuningdek, maxsus unvonlarga ega boʻlgan xodimlarning davlat majburiy sugʻurtasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Kommunal toʻlovlarni undirish tartibi oʻzgarmoqda
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari sudlarga oldindan davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


