Asosiy stavka - yillik 15%
Markaziy bank boshqaruvi 2022 yil 8 sentyabrda asosiy stavkani avvalgi darajada saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Bojxona sohasidagi tartib-taomillar soddalashtirilmoqda
Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga bojxona yigʻimlari, xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini deklaratsiya qilish, chet el fuqarolari uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyati va boshqalarga oid oʻzgartirishlar kiritildi.
Oliy Majlis Senatining XXXII yalpi majlisi 13 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisida qabul qilindi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar qanday lavozimlarda ishlashlari mumkin
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlari roʻyxati tasdiqlanib, ularning faoliyat yuritishi uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi onlayn aniqlanadi
Indeks yangi «Business Indicator» avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi orqali aniqlanadi.
Ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismi qanday qaytariladi
Avia- va temir yoʻl chiptalari, mehmonxonada yashash, teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga tashrif xarajatlari qaytariladi.
Qoraqalpogʻiston tadbirkorlariga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi
Jumladan, foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha soliq stavkalari kamaytiriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining narxi barqarorlashtiriladi
Prezident raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish chora-tadbirlari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash telefon raqami orqali amalga oshiriladi
Endilikda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni uning mobil telefon raqami yordami identifikatsiyalash mumkin.
Tadbirkorlik kodeksi yana muhokama uchun joylashtirildi
Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksining yangilangan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
«Kinematografiya fidokori» koʻkrak nishoni ta’sis etildi
Koʻkrak nishoni bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va gʻoyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, shuningdek milliy filmlarni keng targʻib qilish ishlariga munosib hissa qoʻshgan shaxslar taqdirlanadi.
Aholi bandligi oshiriladi
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyat turlari roʻyxati kengaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ishlovchi jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq pasaytirildi, tomorqa yer uchastkalari egalariga subsidiyalar ajratiladi.
1 sentyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2022 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari bojxona qoʻmitasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
DBQ Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda, ijtimoiy texnologiyalarni tatbiq etishda va boshqa masalalarda koʻmaklashadi.
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi
Prezidentning tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Kon-metallurgiya sanoati uchun ekologik talablar oʻrnatiladi
Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablar va atrof muhit muhofazasi me’yorlari xalqaro standartlariga oʻtkaziladi
Turizm va madaniy meros vazirligining vazifalari belgilandi
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qoraqalpogʻiston va Xorazm maktab oʻquvchilari uchun sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladi
Taomlar sifati ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida har bir maktabda 5 nafar a’zodan – maktab direktori, hamshira va ota-onalar vakillaridan iborat tarkibda maxsus komissiya tuziladi.
Qoraqalpogʻistonda Abu Rayhon Beruniy majmuasi quriladi
Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash YuNESKOning 2022-2023 yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar roʻyxatiga kiritildi.
AKTlarni joriy etish boʻyicha yangi vazifalar belgilandi
Vazifalar jumlasiga keng polosali mobil aloqa tarmogʻi bilan qamrab olish darajasini, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻllari boʻylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini oshirish, optik tolali aloqa liniyalarini qurish ham kiritildi.
Tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish kuchaytirildi
Prezident tomonidan mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirishga qaratilgan farmon imzolandi.
Oʻtkazilishi taqiqlangan mol-mulk toʻgʻrisidagi axborotlar yagona ma’lumotlar bankiga kiritiladi
Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Mualliflik huquqi ob’yektlarining yagona bazasi yaratiladi
Unda adabiy asarlar, drama va ssenariy asarlari, matnli yoki matnsiz musiqa asarlari, musiqali drama asarlari, xoreografiya asarlari va pantomimalar va boshqalarning elektron nazorat nusxalari saqlanadi.
Sportni rivojlantirish vazirligining vazifalari belgilandi
Vazirlikning asosiy vazifalaridan biri – Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni tayyorlash sanaladi.
Biznesga imtiyoz va preferensiyalar beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi
Uning vazifalari orasida – atrof muhitning joriy holatini oʻrganish, ifloslantiruvchi moddalarning bioxilma-xillikka ta’sirini oʻrganish, yer resurslarini muhofaza qilish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bor.
"Faol tadbirkor" koʻkrak nishoni ta’sis etildi
Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʻrinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash bilan barchaga namuna boʻlayotgan tadbirkorlar taqdirlanadi.
Kripto-aktivlar boʻyicha xizmatlar provayderlarini litsenziyalash tartibi belgilandi
Tasdiqlangan nizom bilan litsenziya berish, uni qayta rasmiylashtirish, toʻxtatib turish va bekor qilish uchun arizani koʻrib chiqish tartibi belgilandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


