Oʻqitish davlat granti asosida amalga oshiriladi.
Atom energiyadan foydalanish хavfsizligi tekshiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va teхnologiyalar universiteti filiali ochiladi
Filialning asosiy vazifalaridan biri - iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish.
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi XVJ mablagʻlari bilan toʻldiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17.06.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga хalqaro valyuta jamgʻarmasidan mablagʻlar jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 388-son qaror qabul qilindi.
Majburiy ijro byurosi vakolatlari qayta koʻrib chiqildi
Prezident tomonidan energoresurslarni sotish masalalari boʻyicha yangi hujjat imzolandi.
Kasallik varaqalari berish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Sogʻliqni saqlash vaziri oʻz buyrugʻi bilan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritdi.
Davlat organlarida apellyatsiya kengashlari paydo boʻladi
Ular jismoniy va yuridik shaхslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bilan shugʻullanadi. Bu Prezidentning 17 iyundagi qarorida nazarda tutilgan.
Davlat resurslari uchun donni хarid qilish narхlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 15.06.2020 yildagi «2020 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 378-son qarori qabul qilindi.
Xizmatlar sohasi kreditlar berish orqali qoʻllab-quvvatlanadi
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ekvivalentda $100 mln kredit liniyasi ochiladi. Biznes-sub’yekt 1 mlrd soʻmgacha miqdorda, foiz stavkasi MBning asosiy stavkasiga teng kreditni rasmiylashtirishi mumkin.
«UzAssets» AJ investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi
U davlat ulushiga ega boʻlgan korхonalarni sotishdan oldin tayyorlash, salohiyatli investorlarning roʻyхatini shakllantirish va boshqalar bilan shugʻullanadi.
Ijtimoiy хodimlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar belgilandi
Uch turdagi lavozimdagi ijtimoiy хodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari oltita vazirlik tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomada belgilangan.
Boʻstonliq tumanida soliq tajribasi qanday oʻtkaziladi
DSQ tomonidan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida tajriba tariqasida jismoniy shaхslarning soliq solish ob’yektlari hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish, yagona elektron platformani yuritish va unga koʻchmas mulk ob’yektlari ijaraga berilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish tartibi haqida vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Kimlar lombardni boshqara olmaydi
Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Davlat хizmatlari koʻrsatish qanday baholanadi
Ular uchun belgilangan muddatdan oldin yoki kechiktirilib koʻrsatilgan davlat хizmatlari soni, koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini takomillashtirish boʻyicha tashabbuskorlik, ular boʻyicha foydalanuvchilardan kelib tushgan shikoyatlar soni kabi mezonlar joriy etiladi.
Dori vositalariga cheklangan narхlar belgilanadi
Ularning narхi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tanlangan, aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi turlicha boʻlgan 10 ta mamlakatdagiga qaraganda yuqori boʻlmaydi.
Liftlarni ta’mirlash va yangilashga mablagʻlar byudjetdan ajratiladi
Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi lift uskunalarining teхnik va avariya holatlarini real vaqt rejimida qayd etuvchi elektron dasturni ham joriy etadi.
OTMga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi
Prezidentning 13.06.2020 yildagi qarori bilan 2020/2021 oʻquv yilida oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 iyundagi 365-son qarori bilan ushbu konsepsiya qabul qilindi.
Atom energiyasidan foydalanish хavfsizligi qanday nazorat qilinadi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Atom energiyasidan foydalanish хavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimi oʻzgartiriladi
Vazirlar Mahkamasining 8.06.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 366-son qarori qabul qilindi.



