Buxoroda yosh ijrochilarning "Shashmaqom" festivali oʻtkaziladi
Festival har ikki yilda bir marotaba may oyida tashkil etiladi, yakka ijrochilar 30 yoshgacha boʻlishi, ijodiy jamoalarda esa xonanda va sozandalar soni 15 nafardan oshmagan boʻlishi kerak.
Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozlik klasteri tashkil qilinadi
Klasterga «Toshkent qishloq xoʻjaligi texnika zavodi» AJ, «Agregat zavodi» AJ, «Texnolog» AJ, «Texnolog-Stan» MChJ, «Agrosanoatmashinvest» MChJ birlashtiriladi.
Genom boʻyicha roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi
U IIVning Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan majburiy yoki ixtiyoriy ravishda yuritiladi.
Orolboʻyida Kardiologiya markazi ochiladi
Uning vazifasi - hudud aholisiga, shu jumladan Orolbuyi mintaqasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida tugʻma yurak nuqsoni bilan tugʻilgan bolalarga yuqori texnologiyaga asoslangan malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish.
Toshkent viloyatida yangi teleradiokanal ishga tushiriladi
Toshkent viloyati teleradiokanali – “Nurafshon TV” tashkil etiladi. U kechayu kunduz efirga chiqadi.
Yuridik shaxslar transportni qisqa muddatli ijaraga olishlari mumkin
Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
"Gʻijduvon" EIZ hududi kengaytirildi
"Gʻijduvon" EIZ direksiyasiga Peshku tumani ««Jongeldi» MFYdagi va Qorovulbozor tumani «Boʻzachi» MFYdagi 100 gektardan boʻsh turgan yer uchastkalari oʻtkaziladi.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari qanday tashkil etiladi
Ular Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi va yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xom ashyosining kamida 50%ini oʻzida qayta ishlash quvvati (eng kamida ip-kalava) mavjud boʻlgan talabgorga boshqalarga nisbatan ustunlik beriladi.
Elektron tijoratning Ochiq raqamli ekotizimi yaratiladi
2024 yil 1 yanvarga qadar ushbu tizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalari operatorlari uchun foyda soligʻi stavkasi 50%ga kamaytiriladi.
Sertifikatlash lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxati qisqartirildi
Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim boʻlgan muvofiqlikni baholash ob’yektlari roʻyxatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi oʻzgartirildi
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
Gʻalla yetishtirish va sotish bozor tamoyillari asosida amalga oshiriladi
Gʻalla yetishtiruvchi fermer va elita urugʻchilik xoʻjaliklari, gʻallachilik klasterlariga kredit mablagʻlaridan erkin foydalanish, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, YoMMlari va qishloq xoʻjaligi texnikalarini toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish huquqi beriladi.
Oliy Majlis Senatining XXI yalpi majlisi 18 noyabrda boʻlib oʻtadi
Unda “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun, “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonunlar va boshqalar koʻrib chiqiladi.
Germaniya taraqqiyot banki Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlaydi
Germaniya taraqqiyot banki ishtirokida "Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash" loyihasining umumiy qiymati 29,8 mln yevro miqdorida belgilandi.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibini oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
Moliya vazirligi tomonidan “Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyruq loyihasi ishlab chiqildi.
Voyaga yetmagan bolalarning Oʻzbekistondan tashqariga chiqish huquqi qanday ta’minlanadi
Mamlakat siyosiy hayotida va jamiyat turmush tarzida ayollarning rolini oshirish, ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish haqida koʻp gapirilmoqda, ayollarni qoʻllab-quvvatlash Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilmoqda, Respublika ayollari jamoat kengashi kabi turli tuzilmalar tashkil etilmoqda.
MHXS hujjatlarini tarjima qilish yangi bosqichga chiqmoqda
Moliya vazirligi tomonidan moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining (MHXS) barcha hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish yakunlandi.
Qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi joriy qilinadi
Adliya vazirligi Prezidentning “Norma ijodkorligi jarayonida davlat organlarining mas’uliyatini oshirish va qonunosti hujjatlarini sharhlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqdi.
Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida – uzluksiz ta’lim tizimi
«Ipak yoʻli» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning tayanch oliy ta’lim muassasasiga aylantiriladi.
Volontyorlarni hisobga olish rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Volontyorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Eng yaxshi tadbirkorlarga - mukofot
Prezidentning “Yilning eng yaxshi tadbirkori” davlat mukofotini ta’sis etish toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Tibbiy uskunalar xarid qilish uchun $100 mln ajratiladi
Mablagʻlar mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda malakasini oshirish uchun ham yoʻnaltiriladi.
Ta’lim sohasida nimalar oʻzgardi
Xususan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar - repetitorlar endi bu bilan nafaqat uyda, balki davlat ta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlari xonalarida ham shugʻullanishlari mumkin.
Paxta xomashyosini yetishtirish uchun - imtiyozli kreditlar
Paxtachilikni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Sport ta’limi tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Shuningdek har yili sport binolarining qurilish-ta’mirlash ishlariga, zamonaviy sport jihozlari, texnologiya vositalari, asbob-uskunalar va maxsus sport kiyimlari bilan ta’minlashga Davlat byudjetidan mablagʻlar ajratiladi.
Bojxona organi toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari yuzasidan dastlabki qarorlarni qabul qilishi mumkin
DBQning “Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartib-taomillarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Oʻzbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrmoqdalar
Ustuvor vazifalar jumlasiga sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish va raqamlashtirish, yuqori natijador va olimpiya sportchilar zaxirasini yaratish, litsenziyalar sonini sezilarli darajada koʻpaytirish ham kiritildi.
Sportning ustuvor turlari boʻyicha har yili sport musobaqalari oʻtkazilishi belgilandi
Badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini rivojlantirish uchun hududlarda namunaviy loyihalar asosida sport maydonchalari tashkil etiladi. Ularda hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklari, aholi soni va infratuzilmani inobatga olinadi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


