Barcha fermer va dehqon xoʻjaliklari yagona elektron bazaga kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 10.08.2018 yildagi 645-son qarori bilan qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Dilorom Poʻlatova: «1UZni tanladim»
Bosh buxgalter Dilorom Poʻlatova ham, boshqa koʻplab hamkasblari singari, professional softni tanlashiga toʻgʻri kelgan. Norma.uz portaliga bergan intervyusida oʻz tanlovi haqida batafsil soʻzlab berdi
Baholovchilarga qanday toifalar beriladi
Baholovchilarga toifalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (11.08.2018 yilda 3052-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi
2019 yildan boshlab pensiyani hisoblash uchun ish haqi hisoblanadigan har qanday ish hisobga olinadi
QHTBT portalida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunga pensiyalarni hisoblab chiqarishga oid tuzatishlar loyihasi joylashtirilgan
2018 yil avgustda nafaqa qanday hisoblanadi
2018 yil 8 avgustdan boshlab bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha oylik nafaqa amaldagi EKIHning 200%i miqdorida hisoblab chiqariladi (7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmonga 1-ilovaning 1, 2-bandlari). Ushbu sanaga qadar u yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqib hisoblab chiqarilar edi
«Iste’mol krediti toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar ishlab chiqildi
QHTBT portalida tegishli qonun loyihasi e’lon qilindi. Ishlab chiquvchi – Markaziy bank
XT shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini oʻzgartirish taklif etilmoqda
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Bir guruh quruvchilar kasb bayrami munosabati bilan mukofotlandi
Prezidentning 10.08.2018 yildagi Farmoni bilan quruvchilarga davlat mukofotlari topshirildi
Davlat statistika qoʻmitasi hisobotlarni yigʻish tizimini modernizatsiya qildi
2018 yil 13 avgustdan «eStat 3.0» davlat statistika hisobotlarini yigʻishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushadi, deya xabar qiladi Davlat statistika qoʻmitasi
Adliya organlari NNT faoliyatini qanday oʻrganadilar
Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi 635-son qarori bilan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va oʻrganish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Poytaxt viloyatidagi ayrim KSZlar kengaytirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi 634-son tegishli qarorida shu nazarda tutilgan
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishiga 340 mln AQSh dollari investitsiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida «Indorama» kompaniyasi (Singapur) bilan zamonaviy paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 632-son qarori e’lon qilindi
Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasi quriladi
Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi 633-son qarori bilan Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt gacha boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun xususiy investitsiyalarni jalb etish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi» ma’qullandi
Davlat jamgʻarmasi hisobiga moliyaviy jihatdan koʻproq qoʻllab-quvvatlaydilar
Prezidentning 7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmoni bilan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini kompensatsiyalash uchun asoslar kengaytirildi
Anvar Rasulov: «direktor.uz dagi Palov markazi misoliga qarab novvoyxona qurmoqchiman»
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanilik Anvar Rasulov hozir direktor.uz da oʻquv kurslarida oʻqiyapti. Bu onlayn-kurs uning savdo sohasidan ishlab chiqarishga oʻtishida yordam berishiga ishonadi
Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun imtiyozlar haqida
15 avgust kuni «Norma» professional rivojlanish markazi turistik kompaniyalar vakillarini «Barchasi turizm haqida»gi seminariga taklif qiladi. Sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlaridagi yangiliklar haqida soʻz yuritiladi
Shaxmat – har bir maktabda
Majburiy maktab dasturlari doirasida 150 ta maktabning oʻquvchilarini tajriba tariqasida shaxmatga oʻqitish boshlanadi. Bu OʻzAda e’lon qilingan Prezidentning 9.08.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroridan kelib chiqadi
Qonunchilik: toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi, normativ hujjatlar yangi prinsiplar boʻyicha qabul qilinadi
Prezidentning 8.08.2018 yildagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi
Mikrokreditbank tomonidan biznesni moliyalashtirish shartlari yangilandi
Prezidentning 10.11.2008 yildagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-4051-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritildi
Yoshlar turizmi faol rivojlantiriladi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida oʻzgarishlar yuz berishi, «Uzbekistan Tourism Industry Awards» mukofoti ta’sis etilishi, Yoshlar turizmi voqealari yagona taqvimi joriy etilishi va yoshlar xostellari tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda. Bularning barchasi QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan
«Navoiy» va «Urgut» EIZga qoʻshimcha hududlar ajratildi
Vazirlar Mahkamasining 7.08.2018 yildagi 628 va 629-son qarorlari bilan ikkita erkin iqtisodiy zonaga Samarqand va Navoiy shaharlarida yer maydonlari berildi
Ilmiy faoliyat natijalari tijoratlashtirilishini Prezident jamgʻarmasi qoʻllab-quvvatlaydi
Innovatsion rivojlanish vazirligida tarkibiy oʻzgartirishlar yuz bermoqda, Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamgʻarmasi, shuningdek Fanlar akademiyasining Ilmiy-texnikaviy markazi tashkil etilmoqda. Bu Prezidentning 6.08.2018 yildagi PQ–3899-son qarorida nazarda tutilgan
MChJ dividendlarini toʻlashning cheklangan muddatini qonunda qayd etish taklif etilmoqda
QHTBT portalida «Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi Qonunga qoʻshimchalar loyihasi joylashtirildi
EKIH indeksatsiyasi ijtimoiy toʻlovlar summasiga ta’sir koʻrsatadi
Prezidentning 7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmonida qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan
Bozorlar, savdo majmualari va boshqa ob’yektlardagi toʻxtab turish joylarida – nogironlar uchun 5% bepul joylar
Nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom (7.08.2018 yilda 3048-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi
Boshqaruv organlarining virtual makonda ishtiroki faollashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 7.08.2018 yildagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 622-son qarori e’lon qilindi
Barchasi tayyor mahsulot va zaxiralar hisobi haqida
13 avgust kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulot hisobi» oʻquv kursi boshlanadi
Rahbar yo buxgalterga, yoki tekshiruvchilarga pul toʻlaydi
Direktorlar ikki turga boʻlinadi: ba’zilari oʻz buxgalteriga, ikkinchilari tekshiruvchi organlarga pul toʻlaydi. Ekspert, tajribali buxgalter Selimova Dina Mamadaliyevna bu boradagi kuzatuvlari bilan oʻrtoqlashdi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


