Ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari ochiq reyestrga kiritiladi
Reyestrning maqsadi - respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarini tizimlashtirish, monitoring qilish va ular toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning yagona ochiq elektron axborot bazasini shakllantirish va boshqalar.
"Yashil" iqtisodiyotga oʻtishda shaffoflik qanday ta’minlanadi
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi uch oy muddatda issiqxona gazlari chiqindilari va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xalqaro standartlarni qabul qiladi.
"Oʻzkomnazorat" inspeksiyasi ijro hokimiyati organlari Call-markazlari ishini baholaydi
Faoliyat samaradorligiga qarab, markazlar "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga boʻlinadi.
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya vazifalari qayta koʻrib chiqildi
Ular orasida – bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga, qobiliyatlarining toʻliq namoyon boʻlishiga koʻmaklashish boʻyicha choralarni muvofiqlashtirish vazifalari bor.
Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy rahbarlari xokim oʻrinbosari lavozimini egallashadi
Shuningdek joylarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodim lavozimi joriy etilmoqda.
Noturar koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish – davlat xizmatlari markazlari orqali
Noturar koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va unga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha kompozit davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylarga cheklovlar oʻrnatilmoqda
Ular qatorida tadbirkorlik bilan shugʻullanishga, sovgʻalar olishga taqiq va boshqalar bor.
«Yashil olam» va «Yashil toʻlov» platformalari ishga tushirilmoqda
Ushbu platformalar jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ajratmalarini jamlaydi va ularni daraxt hamda butalar ekishni tashkil etishga yoʻnaltiradi.
Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlanmoqda.
Xalqaro shartnomalar boʻyicha mas’ul davlat organlari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda
Oʻzgartirishlar davlat organlari oʻrtasida ayrim funksiyalarni qayta taqsimlanishi bilan bogʻliq
Favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari qanday boshqariladi
Favqulodda holat rejimini ta’minlash boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyishi mumkin.
Xitoy kompaniyalari toʻrt viloyatda sugʻorish tizimini rekonstruksiya qiladi
Investitsiya loyihalarining umumiy qiymati 220 mln dollar.
Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati qayta tashkil etiladi
Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dastlab Xorazm viloyatida amalga oshiriladi.
Yirik bozorlarda tartib qanday ta’minlanadi
Vazirlar Maxkamasining qarori bilan yirik bozorlarni xavfsizlik vositalari, jumladan video kuzatuv kameralari, signalizatsiya tizimlari, tez yordam chaqirish tugmachalari va boshqalar bilan jihozlash talablari belgilangan.
Yangi tahrirdagi "Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilindi
1999 yildagi amaldagi qonun eskirgan va bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga javob bermaydi. Yangi qonun transport sohasida tadbirkorlik faoliyati uchun sharoitlar yaratish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga qaratilgan.
Davlat xaridlari ikki bosqichda oʻtkaziladi
"Davlat xaridlari toʻgʻrisida"gi Qonunga xarid tartib-taomillarining yangi turlarini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Yana bir guvohnoma – YaIDXP va "Litsenziya" tizimi orqali
Avtottransport vositasida bojxona plombalari va muhrlari ostida yuklarni xalqaro tashishga ruxsat berish toʻgʻrisida guvohnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minoti qanday qoʻllaniladi
Bosh ta’minotni qoʻllash tartibi 2025 yil fevraldan kuchga kiradi.
Majburiy ijro byurosi Sud ijrochilarining xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
Sud hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish munosabati bilan ayrim NHHga oʻzgartirishlar kiritildi.
Uch oliy ta’lim muassasasi negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etildi
Unda «energetika muhandisligi», «sun’iy intellekt», «mexatronika va robototexnika» yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Nuroniylar bilimi va tajribasidan kambagʻallikka qarshi kurashda foydalanadilar
Katta avlod vakillarining asosiy vazifalari – xonadon tomorqasidan samarali foydalanishga koʻmaklashish, koʻchma doʻkonni, kichik ishlab chiqarish uskunalarini va boshqa zarur texnik vositalarini boʻlib toʻlash sharti bilan ijaraga olishga yordam berishdan iborat.
Madaniyat va san’at xodimlarining ish haqi oshiriladi
Ish haqi oshirilayotgan davlat madaniyat muassasalari roʻyxatida – 68 ta tashkilot bor.
1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2024 yil 1 dekabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni monitoring qilish qanday amalga oshiriladi
2025 yilda atrof-muhitga ta’sir koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ustuvor ifloslantirish manbalaridan atmosferaga chiqariladigan tashlamalarni monitoring qilishning avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarini oʻrnatishlari kerak.
Ayollar orasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash tizimi joriy etilmoqda
Birlamchi tibbiyot boʻgʻinida 30-65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi shakllantiriladi, shuningdek ularni tibbiy koʻrikka taklif qilish tartibi ishlab chiqiladi.
Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi
Avvalgi tartib 2005 yilda oʻrnatilgan edi.
Toʻlov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi
Ushbu kod savdo va xizmat koʻrsatish faoliyat turini tasniflaydi.
Tadbirkorlik faoliyatidagi huquqbuzarliklar uchun ayrim sanksiyalar bekor qilindi
Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining barcha tekshiruvlari "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida oʻtkaziladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


