Deputatlar 2019 yilgi Davlat dasturini amalga oshirishdagi kamchiliklarni koʻrsatib oʻtishdi
Parlamentariylar Vazirlar Mahkamasining «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019 yil III choragidagi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini eshitishdi.
III guruh iste’molchilari uchun suvdan foydalanish tariflari oshirilmoqda
Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasida tasdiqlangan deklaratsiyada yangi tariflar belgilandi.
2020 yil oxiriga qadar qimmatbaho koʻchatlarni kesish taqiqlandi
Prezidentning 30 oktyabrdagi Farmoni bilan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy etildi.
Huquqni qoʻllash nazoratga olinadi
Mamlakatimizda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini amalga oshirish tizimi joriy etilmoqda.
Bank xizmatlari ofislari nima uchun kerak
Ularni tashkil etish va hisobga qoʻyish tartibi MB Boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan.
Elektron pullar: chiqarish, foydalanish, qoplash
Oʻzbekistonda elektron pullar muomalasi tartibga solindi.
Markaziy bank toʻlov tizimlari ustidan nazoratni kuchaytiradi
1.11.2019 yildagi “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-578-son Qonun e’lon qilindi. U uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ayrim bojxonaga oid huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshiriladi
Bojxona ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan MJTKga tuzatishlar kiritildi. Tuzatishlar uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Institut Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etildi
Prezidentning 30 oktyabrdagi qarorida Markazning asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari va maqomi belgilandi.
Bank-moliya akademiyasi Oʻzmilliybankka oʻtkazildi
Prezidentning 31 oktyabrdagi qarori bilan mamlakatimiz bank tizimi kadrlari salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari belgilandi.
1 yanvardan boshlab mehnat munosabatlari onlaynga oʻtadi
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi 2020 yil 1 yanvardan joriy qilinadi.
Mehnat shartnomalari qogʻoz shaklida qoladi
Oʻtgan hafta poytaxtda «Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini takomillashtirish» mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
1 noyabrdan alkogol qimmatlashadi
Yangi eng past ulgurji va chakana sotish narxlari tasdiqlandi.
Suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga subsidiyalar tabaqalashtiriladi
Prezident 2019 yil 25 oktyabrda PQ-4499-son bilan tegishli qarorni imzoladi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Alkogol qimmatlashadi, hisoblagichlarni tekshiruvdan oʻtkazishning yangi qoidalari kuchga kiradi, mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi oʻzgartiriladi, Suv xoʻjaligi vazirligida qisqartirishlar boʻladi.
Olimpiya zaxiralari maktablarida regbi boʻlimlari ochiladi
Prezident 29.10.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Mamlakatimizda xospislar tarmogʻi va palliativ yordam koʻrsatish boʻlimlari ochiladi
Hukumat onkologik xizmat va onkologik bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatishni rivojlantirish dasturi, shuningdek nuklear tibbiyotni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi.
Ilmiy tadqiqotlar natijalari qanday tijoratlashtiriladi
29.10.2019 yildagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-576-son Qonun e’lon qilindi.
Oliy sud sud ajrimlari va davlat boji yuzasidan tushuntirishlar berdi
Oliy sud Plenumining majlisi boʻlib oʻtdi.
Andijon viloyatida tajriba-koʻrgazma maydoni tashkil etildi
Hududda innovatsion texnologiyalarni tijoratlashtirish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kontrakt toʻlovi muddati yana uzaytirildi
Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.
Yagona bojxona toʻlovini joriy etish taklif etilmoqda
QHTBT portalida jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlari uchun tovarlarni olib oʻtish tartibini takomillashtirishga qaratilgan Prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ta’lim, madaniyat va sport – Oʻznet afzalliklari
2019–2021 yillarga Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur tasdiqlandi.
Kun tartibida – aholini roʻyxatga olish, yer osti boyliklari va bola huquqlari
Qonunchilik palatasining 18 oktyabrdagi yigʻilishida bir qator qonun loyihalari va mamlakat hayotidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama qilindi.
Davlat xizmatlari uchun navbatni masofadan bronlash mumkin
Davlat xizmatlari agentligi tashrif buyuruvchilarga qulay vaqtda navbatga yozilish funksiyasini joriy etmoqda.
Tashqi savdo operatsiyalari: valyuta va tovarlar kelib tushsa, jarima boʻlmaydi
Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi.
Oʻquv-tarbiya muassasalari qanday tashkil etilgan
Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisida nizom hamda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash me’yorlari tasdiqlandi.
Yangi qonun moliyaviy sektor rivojiga qanday ta’sir koʻrsatadi?
MB yaqinda qabul qilingan kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qonunni sharhladi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


