Ftiziatriya va pulmonologiya xizmati qanday rivojlantiriladi
2023–2026 yillarda latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining tekshiruvlari sonini oshirish, tuberkulyoz mikrobakteriyasining ayrim dori vositalariga rezistentligini aniqlovchi gen-molekulyar tashxislash qamrovini kengaytirish koʻzda tutilgan.
Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zolariga qoʻshimcha talablar oʻrnatilmoqda
Davlat ulushi bor MChJlarning kuzatuv kengashlarida kamida bir nafar mustaqil a’zosi boʻlishi lozim.
Yangi ish boshlagan yosh shifokorlarga 1 mln soʻmgacha ustamalar toʻlanadi
Mablagʻlar Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan ajratiladi.
Oʻrindoshlar qonunchilikka muvofiq YaMMTda qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi
Yaqinda nashr etilgan «Oʻrindoshlar bilan qaysi mehnat shartnomalari YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak» maqolasida YaMMT IDAK boshqaruv direksiyasi vakili oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomalariga nisbatan YaMMT tizimida qanday yondashuvlar borligini tushuntirgan edi. Amaliyot va qonunchilik bilan qarama-qarshiliklar yuzaga kelmasligi uchun ushbu tizimni qaysi yoʻnalishda takomillashtirish zarur?
Ayrim toifadagi ishlar sudlardan boshqa organlarga beriladi
Shuningdek, “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi vazifasi belgilanmoqda
Shuningdek Oliy sud tarkibiy tuzilmasi takomillashtirilmoqda.
Mehnat muhofazasi boʻyicha qayta attestatsiyalashda nimani hisobga olish kerak
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarni oʻqitish va tekshirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy qoidalar talablariga muvofiq korxona tekshiruv tashkil qildi, ammo undan hamma xodimlar ham oʻta olmadi. Agar xodim tekshiruv paytida qoniqarsiz bilimlarni koʻrsatgan boʻlsa, u 2 haftadan kechiktirmay qayta attestatsiyadan oʻtkazilishi belgilangan.
Toʻqimachilik tarmogʻini rivojlantirish uchun – $200 mln
Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida toʻqimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hamda Toshkent viloyatida toʻqimachilik va charm sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark tashkil etiladi.
Investitsiya dasturlari monitoringi onlayn amalga oshiriladi
Investdasturning ijrosi boʻyicha ma’lumot har oyda Prezident Administratsiyasiga kiritilishi lozim.
“Toshkent issiqlik markazi” DUK qayta tashkil etiladi
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “Toshkent issiqlik markazi”ning huquqiy vorisi boʻladi va AJga Toshkent shahrida aholiga va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun oʻz vaqtida sifatli issiqlik energiyasini uzatish vazifasi yuklanadi.
Ishdan boʻshatilayotganda elektron mehnat daftarchasidan koʻchirma berish kerakmi
Xodim 2022 yilda birinchi bor ishga joylashganligi sababli unda faqat elektron mehnat daftarchasi mavjud. Ish beruvchi ishdan boʻshatilgan kuni unga elektron mehnat daftarchasidan koʻchirma berishga majburmi? Agar xodim oxirgi ish kunida ishga kelmagan boʻlsa, unga koʻchirmani pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali yuborish mumkinmi?
Mikromoliya tashkilotlari aktivlarining mezonlari belgilandi
Ular “standart”, “substandart”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi.
Davlat xizmatchilarining mehnat shartnomalariga talablar belgilandi
21 ta majburiy va 9 ta qoʻshimcha shartlar roʻyxati belgilanmoqda.
Xodimni mehnat shartidagi qanday oʻzgarishlar haqida ogohlantirish kerak
Ish beruvchi xodimni nafaqat alohida asoslar boʻyicha mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida, balki uning keyingi ishiga ta’sir qiladigan ba’zi oʻzgarishlar haqida ham oldindan ogohlantirishi shart.
Hokim oʻrinbosarlari Diplomatik akademiyada malaka oshiradi
Oʻqish muddati 5 kundan 1 yilgacha etib belgilangan.
Mikrofirmalarda mehnat munosabatlari qanday tartibga solinadi
Yangi MK mikrofirma ish beruvchilarining hayotini ancha soddalashtiradi. Ular uchun mehnat munosabatlarining ayrim masalalarida maxsus qoidalar joriy etiladi – mehnat shartnomasini tuzishdan boshlab va uni bekor qilishgacha.
Qaysi hollarda ish beruvchi dam olish kunida xodimni ishlatgani uchun javobgar boʻladi
Qaysi hollarda xodimni dam olish va bayram kunlarida ishlashga jalb etish belgilangan talablarning buzilishi deb hisoblanadi? Bu tashkilot yoki uning mansabdor shaxslari uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
3-7 yoshdagi farzandlari boʻlgan onalar anomal sovuq paytida qanday tartibda ishlashadi
Ommaviy axborot vositalarida boʻlajak anomal sovuq ob-havo munosabati bilan davlat sektorida ishlaydigan bolalar bogʻchasiga qatnaydigan 3-7 yoshli farzandlari boʻlgan onalarga maoshi toʻliq saqlangan holda qisqartirilgan rejimda ishlashga ruxsat berilgani haqida ma’lumotlar berildi.
Taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari belgilandi
Taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tizimida Taekvondo akademiyasi hamda 2023-2024 yillarda hududlarda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari tashkil etiladi.
Chet el fuqarolariga yashash uchun ruxsatnoma berish muddati qisqarmoqda
Chet el fuqarolariga Toshkent shahrida doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati 2 oyga qisqarmoqda.
Biznes-ombudsmanning byudjetdan tashqari jamgʻarmasi tashkil etildi
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalaridan biri tadbirkorlar huquqlarini buzganlik uchun qoʻllanilgan jarimalar boʻladi.
Aviatashuvchilar va temir yoʻl yoʻnalishlariga subsidiya berish muddati uzaytirildi
Yoʻlovchi tashuvchilar, turoperator (turagent) va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan kiritiladigan takliflarga asosan avia va temir yoʻl qatnovlari yoʻnalishlari subsidiyalanadi.
Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha markazlar qanday faoliyat koʻrsatadi
Olimpiya va Paralimpiya kollejlari va markazlariga imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun 10%gacha qoʻshimcha kvotalar belgilandi.
Mikrobiznes uchun endi buxgalter kerak emas
Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu borada 2022 yilda tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan «Ochiq muloqot»da Davlat rahbari tomonidan belgilangan topshiriqlarga asosan 2023 yil 1 yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada toʻlash tartibi joriy etildi.
Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlariga talablar kuchaytirilmoqda
Operatorlarning ustav fondi 7,5 mlrd soʻmdan kam boʻlmasligi lozim.
Tovarlar bojxona tranziti rejimiga qanday joylashtiriladi
Tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etish va rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar «Ye-Tranzit» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar roʻyxati tasdiqlandi
Yangi kodlar Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan kiritilmoqda.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatga olish tartibi belgilanmoqda
Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar 12 oy ichida tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishlari lozim.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


