Qanday hujjatlarni e’lon qilish majburiy
Qonunga koʻra me’yoriy-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart. Bu ularni qoʻllashning majburiy sharti sanaladi. Ammo qabul qilingan hujjatlarning barchasi ham chop etilavermaydi. Mazkur sharhda nega shunday ekanligiga aniqlik kiritishga urinib koʻramiz
Biznesni ijtimoiy tarmoqlarda targʻib etish kerakmi
Biznesni ijtimoiy tarmoqlarda targʻib etish kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Haqiqatan ham Instagram, Facebook, Twitter, «Odnoklassniki» kabilarda roʻyxatdan oʻtmagan odamni topish muammo
TIF ishtirokchilari uchun soliq solish masalalari
«Eksport-import operatsiyalari: hisobga olish, soliq solish, hatolar» mavzusidagi bir kunlik seminar «Norma» PRMda 2 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar nazoratchi organlarning diqqat markazida boʻlgan faoliyat sohasida qonunchilikning qoʻllanilish amaliyoti bilan tanishib chiqishlari mumkin boʻladi
Kam ta’minlangan oilaga mikrokredit qanday shartlar bilan beriladi
Vazirlar Mahkamasining 20.10.2017 yildagi 857-son qarori bilan Kam ta’minlangan oilalarni bandlik bilan ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Toshkent shahrini obodonlashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari qayerga yoʻnaltiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 sentyabrdagi 780-son “Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Xususiylashtirish uchun arizani tanlov komissiyasi koʻrib chiqadi
Vazirlar Mahkamasining 16.10.2017 yildagi 837-son qarori bilan Davlat mulki ob’yektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ularning eng ahamiyatlilari – ushbu tahlilda
IIO xodimlari kasb bayrami arafasida taqdirlandi
Prezidentning 23.10.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan
Elektron raqamli imzo olish uchun – faqat «yagona darcha» markazlariga
Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 864-son «Tadbirkorlik sub’yektlariga faqat «yagona darcha» tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida» qarori e’lon qilindi
«Sultanova TA'LIM» oʻquv markazida soliqlarni oʻrganamiz
28 oktyabr kuni Oʻzbekiston buxgalterlari federatsiyasining ta’lim dasturlari boʻyicha hamkori boʻlgan «Sultanova TA'LIM» oʻquv markazida «Soliq solish» deb nomlangan oʻquv kursi boshlanadi
Banklar aktivlar boʻyicha yoʻqotishlarni qoplash uchun MBda ochilgan depozitlarini yopadi
Markaziy bank boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2696-1, 2017 yil 10 oktyabr) bilan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Namangan viloyatida gul sanoati mustahkamlanadi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 oktyabrdagi 830-son Qarori bilan Namangan viloyati hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi Gulchilikni rivojlantirish markazini hamda Namangan viloyatining tumanlarida ushbu markazning filiallarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ma’qullandi
Korporativ plastik har yerda qabul qilinadi
QHTBT portalida Prezidentning «Savdo bozorlarida raqobatni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Namangan viloyatida «Axsikent» arxeologik majmuasi yaratiladi
Vazirlar Mahkamasining 16.10.2017 yildagi 831-son qarori bilan Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Axsikent” arxeologiya merosi ob’yektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar ma’qullandi
Turkiya fuqarolari uchun mamlakatimizga viza 3 kunda rasmiylashtiriladi
Prezident 21.10.2017 yildagi PQ–3347-son «Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda Davlat turizm qoʻmitasi saytida xabar tarqatilgan
Umumbelgilangan soliqlar toʻlovining barcha jihatlari
11 noyabr kuni «Umumbelgilangan soliq toʻlovchilari boʻlgan korxonalarda soliq solishning oʻziga xosliklari» mavzusida bonusli seminar boʻlib oʻtadi. Asosiy mavzu – 2017 yilda soliqlarni hisoblash va toʻlash borasidagi oʻzgarishlar
Olimlar sanatoriyga qanday qilib yoʻllanma olishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 18.10.2017 yildagi 846-son qarori bilan Sobik Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish hamda kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasi 5 yilda elektrlashtiriladi
Prezidentning 17.10.2017 yildagi PQ–3336-son «Osiy Taraqqiyot banki ishtirokida «Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Rangli metall parchalari va chiqindilarini faqat «Oʻzikkilamchiranglimetall» qabul qiladi
Vazirlar Mahkamasining 18.10.2017 yildagi 849-son «Rangli metall parchalari va chiqindilarini toʻplash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Maktablar tasdiqlangan normalar boʻyicha jihozlanadi
Xalq ta’limi vazirining qaroriga muvofiq (roʻyxat raqami 2935, 16.10.2017 yil) umumiy oʻrta ta’lim muassasalari uchun zarur boʻladigan jihozlar me’yorlari tasdiqlandi
Asillik darajasini tekshirish uchun toʻlovlarning yangi qiymatlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 yildagi 819-son qarori bilan Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovini undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi
Ishsizlar qanday bilim oladi
Vazirlar Mahkamasining 14.10.2017 yildagi 824-son qarori bilan Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida oʻqishga qabul qilish, kasb-hunarga oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi
«Qadimiy Buxoro» turzonasi uchun joy ajratildi
Vazirlar Mahkamasining 14.10.2017 yildagi 825-son qarori bilan "Qadimiy Buxoro" turizm zonasini qurish" loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi
Davlat «Xalqaro Hamkorlik Markazi» AJ aksiyalarini savdoga chiqaradi
Prezidentning 16.10.2017 yildagi PQ–3326-son «Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda mamlakatimiz rahbarining saytida xabar qilingan
Voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklar sotganlik uchun jarima solinadi
QHTBT portalida energetik ichimliklarni reklama qilish va sotish tartibini muvofiqlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi joylashtirildi
Muddatli harbiy xizmat oʻtayotganlar oliygohlarga kirishga tayyorlanadi
Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 yildagi 812-son «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Shisha idishlar ishlab chiqarish uch karra koʻpaytiriladi
Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 yildagi 816-son qarori bilan ichki bozorni toʻldirish hamda respublikamizning eksport salohiyatini mustahkamlash maqsadida shisha idishlar va boshqa idishlarni oʻrash mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritildi
Bojxonadan «yashil» yoki «qizil» yoʻlak orqali oʻtish mumkin boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 11.10.2017 yildagi 814-qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizimni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi propiska toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish huquqini qoʻlga kiritdi
Vazirlar Mahkamasining 11.10.2017 yildagi 813-son qarori bilan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari Roʻyxati toʻldirildi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


