Davlat statistika qoʻmitasining vakolatlari kengaytirildi
Prezident tomonidan 3 avgust kuni milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish toʻgʻrisidagi qaror imzolandi.
Tomorqa yerlariga suv chiqarish uchun davlat subsidiya ajratadi
Ular vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash, daryolar, kanallardan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatishga xarajatlarning bir qismini qoplaydi.
XALIKK–2017 yana kengaytirildi
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari klassifikatoriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Biznes oliy maktabi tadbirkorlarni oʻqitish bilan shugʻullanadi
Shuningdek, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga zarur boʻlgan boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uning vazifalari jumlasiga kiradi.
Seysmologiya sohasida qator tub oʻzgarishlar amalga oshiriladi
Chora-tadbirlar Prezident tomonidan tasdiqlangan respublikada seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturida nazarda tutilgan.
Muvofiqlikni baholash boʻyicha vakolatli organlar reyestrga kiritiladi
Vazirlar Mahkamasi Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqladi.
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli sertifikatlanadi
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash, shuningdek ularning davlat kadastrini yuritish tartibi tasdiqlandi.
Senatning yalpi majlisi 7 avgustda oʻtkaziladi
Kun tartibiga 8 ta qonun loyihasi, 2020 yilgi Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Hukumat hisoboti va parlament soʻrovlarini koʻrib chiqish kiritilgan.
Binoning seysmik mustahkamligini elektron texnik pasport tasdiqlaydi
Prezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturi tasdiqlandi
Toshkent viloyatida zamonaviy nimstansiyalar quriladi
Loyiha Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini yanada oshiradi.
1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar 10%ga oshiriladi
Bu Prezidentning 2020 yil 30 iyuldagi PF-6038-son Farmonida nazarda tutilgan.
1 avgustdan nimalar oʻzgaradi
Onlayn-NKM, soliq imtiyozlari, turizm, avtomobil narxlari, UKX – shu va boshqa sohalarda qanday oʻzgarishlar kutilayotgani haqida Norma.uz sharhida batafsil bilib olishingiz mumkin.
400 mingdan koʻproq oila toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlarni oladi
Prezident tomondan koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida Farmon imzolandi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimi isloh qilindi
Bu Prezident tomonidan imzolangan ikkita hujjatda nazarda tutilgan.
Markaziy bank KPK boʻyicha cheklovlarni sharhlab berdi
Korporativ plastik karta bilan hisob-kitoblar tezkor va qulay boʻlishi uchun mobil toʻlov ilovalaridan foydalanish maqbuldir. Mavjud cheklovlarning sababi nimada?
Maktabdagi sinfda nechta oʻquvchi boʻlishi kerak
Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi tasdiqlandi.
Sanepidosoyishtalikni saqlash uchun kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻriladi
Prezidentning 25.07.2020 yildagi «Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–6035-son Farmoni qabul qilindi.
Bank faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi NHH bitta hujjatga birlashtirildi
Markaziy bank Boshqaruvi Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi.
Ipoteka kreditlari qanday shartlarda beriladi
Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Inkassatsiya xizmati tomonidan tashiladigan qimmatliklar sugʻurta qilinishi shart
MB Boshqaruvi tomonidan Tijorat banklari tomonidan tashkil etiladigan inkassatsiya xizmatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
SEX tadbirkorlarga maxsus belgilarni berishni boshlaydi
Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi"ni berish amaliyoti joriy qilinadi.
Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi konvensiyani qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Xususan, hujjatda bojxona organi ATA karnetini bojxona deklaratsiyasi va bojxona toʻlovlarini toʻlashning xalqaro miqyosidagi kafolati sifatida qabul qilishi mumkin boʻlgan hollar sanab oʻtilgan.
Chegara orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazoratidan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
U Energetika vazirligi tomonidan DBQ bilan kelishilgan holda belgilangan elektr energiyasining bojxona nazorati joylarida amalga oshiriladi.
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi – ichki nazorat
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari tasdiqlandi.
Toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligi talablari belgilandi
Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar unga toʻlovlar toʻgʻrisidagi axborotni shakllantirish, uzatish, saqlash va unga ishlov berishning barcha bosqichlarida rioya qilishlari kerak.
Qaysi mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida bitim tuzilgan
Eng koʻp qulaylik rejimi hamda erkin savdo rejimini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar roʻyxatlari tasdiqlandi.
Hovlidagi qurilish qonuniyligini qanday tekshirish mumkin
Derazadan koʻrinadigan odatiy manzara – xiyobon, bolalar maydonchasi yoki futbol maydoni oʻrnini yangi binoning beton devori egallashiga hamma ham rozi boʻlmasa kerak. Yaqin orada qurilish ishlari boshlansa, kamida ikki yil aziyat chekishingiz tayin.
Raqobatni ta’minlash sohasidagi davlat siyosati oʻzgartiriladi
QHTBT portalida joylashtirilgan Prezident Farmoni loyihasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huquqlarnini kengaytiradi, davlat siyosatining prinsiplarini belgilaydi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


