Tashqi savdo operatsiyalari: valyuta va tovarlar kelib tushsa, jarima boʻlmaydi
Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi.
Oʻquv-tarbiya muassasalari qanday tashkil etilgan
Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisida nizom hamda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash me’yorlari tasdiqlandi.
Yangi qonun moliyaviy sektor rivojiga qanday ta’sir koʻrsatadi?
MB yaqinda qabul qilingan kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qonunni sharhladi.
2020 yildan boshlab davlat dasturlari doirasida kreditlashning yangi mexanizmlari joriy etiladi
Ular Prezidentning 2019 yil 24 oktyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.
Kim fond bozori sub’yektining nazoratchisi boʻlishi mumkin
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi.
Davlat tomonidan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish soddalashtirildi
Bunday xaridlar boʻyicha texnik vazifalar endi ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Poytaxtda issiqlik ta’minoti yoqiladi
Toshkent shahar hokimi 25 oktyabrdan boshlab isitish mavsumini boshlash yuzasidan farmoyish berdi.
Oʻzbekistonda 28 toifadagi vizalar
Ularning barchasi tizimlashtirilib, bitta umumiy roʻyxatga birlashtirildi.
Valyutani $100 doirasida pasportsiz sotib olish mumkin
Bunday imkoniyat Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar tufayli yuzaga keldi.
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar akseleratori tashkil etildi
U Prezident Administratsiyasi huzurida faoliyat koʻrsatadi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi jiddiy muammolarni jadallik bilan tezkor va samarali hal qilish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari resurslarini jalb qiladi.
Patent vakilligiga nomzodlar uchun stajni qisqartirishdi
Patent vakillari toʻgʻrisida Nizomga tuzatishlar kiritildi.
Bolalar oziq-ovqat mahsulotlari qanday ishlab chiqariladi, tamgʻalanadi va reklama qilinadi
“Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Qonun e’lon qilindi. U olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi yangi qonun: asosiy oʻzgartirishlar
«Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi.
Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlari rivojlantiriladi va ilmiy uslublar joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasi va amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si tasdiqlandi.
Garov reyestriga yozuv kiritmadingizmi – navbatning oxirida boʻlasiz
Prezident kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qonunni imzoladi.
UzAirways xorijdagi ofislarining barcha tushumlari – Oʻzbekiston banklariga
2020 yil 1 yanvardan boshlab milliy aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari hisobraqamlarining amal qilish tartibi oʻzgaradi.
Tarixiy ob’yektlardan foydalanish muddati maqsadlarga bogʻliq
Moddiy madaniy meros ob’yektlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Deputatlar korxona tugatilishini soddalashtiruvchi tuzatishlarni qabul qildilar
22 oktyabrdagi majlisda tadbirkorlik sub’yektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishiga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
Soliq kodeksi loyihasini qanday yaxshilash mumkin
“Yangi Soliq kodeksi – vazifalar, muammolar, istiqbollar” konferensiyasi uchun media-maydonni Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi taqdim etdi. Konferensiya oʻtkazilgan sanada “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasining 25 yillik va “Norma” kompaniyasining 20 yillik yubileyi nishonlandi.
Hukumatda Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi
Prezident 21.10.2019 yildagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.
Oʻzbekistonda GMO masalasi qanday tartibga solinadi
Mamlakatimiz bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokoliga qoʻshilishi bunda qanday rol oʻynaydi.
Non uchun kompensatsiya oluvchilarni talabnoma va reyestrda koʻrsating
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻzbekiston xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantiradi
Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi konvensiya ratifikatsiya qilindi.
Deputatlar sud majlisini translyatsiya qilishga qarshi
Sudlar faoliyatida AKTdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining 18 oktyabrdagi majlisi kun tartibidan chiqarildi.
Zararlarni qoplash manbalarini qonunda belgilash lozim
Konstitutsiyaviy sud Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga tuzatish kiritish yuzasidan qonunchilik tashabbusi bilan chiqdi.
Qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank Boshqaruvining 2019 yil 19 oktyabrdagi qarori bilan qayta moliyalashtirish stavkasi yillik 16% darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi.
Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasining vazifalari belgilandi
Bu borada Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 14 oktyabrda 868-son tegishli qarorni qabul qildi.
Noyabrdan alkogolli mahsulotlar narxi oshirilishi nazarda tutilmoqda
QHTBT portalida alkogolli mahsulotlarni ulgurji va chakana sotish uchun yangi eng kam narxlar taklif etilayotgan hujjat loyihasi joylashtirildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


