Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
05.07.16

Fuqarolarni poytaxtda hisobga olishning yangi tartibi tasdiqlandi

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 28 iyunda 2804-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi

05.07.16

Elektron testlarning navbatdagi yangilanishi chiqdi

Abitur.uz turkumidagi elektron testlarning yangilangan versiyalarini yuklab olish mumkin. Ularga yangi testlar va 2016 yil uchun kvotalar boʻyicha axborot kiritilgan

05.07.16

Agar siz norezident boʻlsangiz, soliq qanday toʻgʻri hisoblanadi?

Oʻz faoliyatini Oʻzbekistonda amalga oshiradigan chet el kompaniyalarida soliq solish va hisobotga taalluqli talay savollar vujudga kelayotir. Agar «Norma» Professional rivojlanish markazining “Norezidentlar-yuridik shaxslar daromadlariga toʻlov manbaida soliq solish” mavzusidagi bir kunlik bonusli seminar tinglovchisi boʻlsangiz, bularga javob olishingiz mumkin boʻladi

04.07.16

Ayrim tovarlar bojxona bojlaridan ozod qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2016 yildagi 212-son qarori bilan Vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etish qoʻllaniladigan tovarlarning roʻyxati va ozod etish shartlari, shuningdek imtiyozlarning amal qilish muddatlari tasdiqlandi

04.07.16

Bojxona yigʻimlarini undirish tartibi oʻzgartirildi

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2016 yildagi 211-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

04.07.16

Sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitim ma’qullandi

Prezidentning 17.06.2016 yildagi PQ-2550-son qarori bilan ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida 15.06.2011 yilda Ostona shahrida imzolangan Bitim tasdiqlandi

04.07.16

Oʻzbekistonda qaysi dori vositalari kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun ruxsat etilgan

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 1 iyulda 2805-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari roʻyxati tasdiqlandi

02.07.16

Ramazon hayiti 6 iyul kuni nishonlanadi

Prezident Islom Karimov 1 iyul kuni “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi

01.07.16

NHH loyihalari: eksport qarzini jarimalar va penyasiz hisobdan chiqarish

Yagona portalda Vazirlar Mahkamasining tayyor sanoat mahsulotlari eksportchilarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda

01.07.16

Abituriyentlar uchun zararli maslahatlar, yoki Qanday testdan yiqilish mumkin

Oliy oʻquv yurtlari test sinovlariga tayyorlanish uchun roppa-rosa bir oy vaqt qoldi. Bu vaqtni foydali oʻtkazish mumkin, uni butunlay befoyda oʻtkazish ham mumkin. “Zararli maslahatlar” turkumida vaqt oʻtkazishning ikkinchi varianti haqida soʻz yuritamiz. Kim bu maslahatlarni toʻgʻri tushunsa – jilmayadi, xulosa chiqaradi va materialda mavjud asoslardan foydalanib, imtihonga lozim darajada tayyorgarlik koʻradi

30.06.16

NHH loyihalari: elektron tijoratda hujjatlarga talablar

Yagona portalda Elektron tijoratda bitimlarni bajarish boʻyicha elektron hujjatlarga talablar toʻgʻrisidagi nizom muhokama uchun joylashtirildi.

30.06.16

NHH loyihalari: FVV ish samaradorligini oshirish uchun chora-tadbirlar

Yagona portalda Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda

29.06.16

Toʻlov terminali ishdan chiqdi: sotuvchi nima qilishi kerak

Savdo shoxobchasida “Toʻlov” operatsiyasini bajarishda ishdan chiqish vaziyatlari vujudga kelishi mumkin. Bu sodir boʻlgan taqdirda nima qilish kerak? «UzCard» milliy toʻlov tizimining Umumrespublika yagona protsessing markazi savdo shoxobchalari egalari uchun tavsiyalarni tayyorladi

29.06.16

IDXYaPning tajriba loyihasi: OOʻYuga hujjatlarni elektron shaklda topshirish

IDXYaPda yangi xizmat taqdim qilindi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga oʻqishga kirishni xohlovchi abituriyentlar hujjatlarni elektron shaklda topshirishlari mumkin. Agar tajriba loyihasining aprobatsiyasi muvaffaqiyatli oʻtsa, xizmat mamlakatimizning barcha oliy oʻquv yurtlarida joriy qilinadi

29.06.16

ShHT-2016 sammiti yakunlari: uchrashuvlar va hujjatlar

Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) 23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi raisligida boʻlib oʻtgan yubiley sammiti yakunlandi

29.06.16

NNTlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi

28.06.16

Oʻz mahsulotini sotish uchun joy qanday olinadi?

Meva-sabzavot mavsumi muhim pallaga kirmoqda. Odamlar tomorqalaridagi meva va sabzavotlar moʻl hosilini saqlab qolish va qilingan mehnat uchun daromad olish uchun ularni sotish kerak. Hozir koʻchalar va shaharning chekka tumanlarida bunday mahsulotlarni tartibsiz sotish joylarini kuzatish mumkin. Bu qonuniymi? Sharhimizda - amaldagi qonunchilik doirasida nima qilish mumkinligi xususida

28.06.16

Meva-sabzavot mahsulotlari qanday eksport qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 15.06.2016 yildagi 207-son qarori bilan Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

28.06.16

Alkogol va tamaki mahsulotlari sotish talablari oʻzgartirildi

Vazirlar Mahkamasining 10.06.2016 yildagi 199-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

28.06.16

Uy-joy fondini xususiylashtirish tartibiga tuzatishlar kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 7.06.2016 yildagi 190-son qarori bilan Hukumatning davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ba’zi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi

28.06.16

Pensiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 7.06.2016 yildagi 189-son qarori bilan fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

28.06.16

Portlovchi materiallarning ishonchli saqlanishi ta’minlanadi

Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi

28.06.16

NNT xorijiy hamkorlardan mablagʻlarni qanday qabul qiladi

Adliya vazirining buyrugʻi bilan Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

24.06.16

NHH loyihalari: neft mahsulotlari sotuvchilari uchun litsenziyalarning yangi namunalari tasdiqlanadi

Yagona portalda Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda

24.06.16

Naqdinasiz toʻlovlar tezroq oʻtkaziladi

Bu maqsadga erishish uchun Umumrespublika yagona protsessing markazi (UYaPM) POS-terminallar i infokioskalar uchun yangi dasturiy ta’minot ishlab chiqdi. Aynan u toʻlovlar oʻtkazilishini jadallashtiradi

24.06.16

Parlament nazorati davlat byudjeti ijrosi samaradorligini oshiradi

OʻzLiDep Fraksiyasida va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2015 yildagi hamda 2016 yilning birinchi choragidagi ijrosi yakunlari koʻrib chiqildi

24.06.16

Yangi bosqich: anglashuv Memorandumi tayyorlov bosqichida

Oʻzbekiston dunyodagi 150 dan ortiq mamlakatlar tomonidan tan olinib, ular bilan keng hamkorlik va doʻstona aloqalar rivojlanib kelmoqda

24.06.16

Hukumat-AKT-yoshlar

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali doirasida “Hukumat bolalar nigohida” veb-sayti ishga tushirildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.