Oliy Majlis Senatining toʻrtinchi yalpi majlisi 2015 yil 3-4 dekabr kunlari davom etadi
Bugun soat 10.00 da majlislar zalida senatorlar elektron shaklda roʻyxatga olingandan keyin Parlamentning yuqori palatasi raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev toʻrtinchi yalpi majlisni ochiq deb e’lon qildi
Cargo yuk joʻnatmalarini internet orqali kuzatib borish mumkin
Bu haqda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi xabar berdi. Aviatashuvchining rasmiy saytida yangi interaktiv xizmatdan foydalanish mumkin
Startap nima degani va u nima uchun kerak?
Startapni inglizchadan soʻzma-soʻz tarjima qilganda “jarayonning boshlanishi”ni bildiradi
OʻzRTXB reklama chegirmalari uchun aksiya e’lon qiladi
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (OʻzRTXB) koʻrgazma-yarmarka savdolari ishtirokchilari uchun aksiya boshlanganligi haqida e’lon qildi
Bojxona bojlari va QQSdan ozod qilinadigan tovarlar roʻyxati kengaytirildi
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritildi.
Biogaz qurilmalarini quruvchilar uchun imtiyozlar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 25.11.2015 yildagi 343-son Qarori bilan Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida biogaz qurilmalari qurishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Qurilayotgan ishlab chiqarishlarning texnik-iqtisodiy asoslanishini baholash agentligi tashkil qilindi
Vazirlar Mahkamasining 19.11.2015 yildagi 332-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi arafasida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi arafasida Shuhrat ShARAFUTDINOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosining mulohazalari
Doʻkon ochamiz: oddiy narsalarda qanday qilib pand yemaslik haqida
“Manfaatlar manbaini” izlaganda doʻkon ochish tadbirkor nazarida foyda olishning eng maqbul usuli boʻlib koʻrinadi. Gʻoyaning bor jozibasiga qaramay, har qaysi doʻkon ham egasiga daromad keltiravermaydi
Vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etish boʻyicha 7 gʻoya
Uni nafaqat oddiy fuqarolar, balki yakka tartibdagi tadbirkorlar, uncha katta boʻlmagan ishlab chiqarish kompaniyalari, hatto yirik korporatsiyalar ham boshdan kechirishi mumkin. Achinarli haqiqat shuki, bundan hech kim kafolatlanmagan, dalda beradigani esa – ularni bartaraf etish mumkin
Parlamentning asosiy vazifalaridan biri – davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish
Hukumatning Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining joriy yil 9 oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini Aliya Yunusova, Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi a’zosi sharhlaydi
Oliy xoʻjalik sudi lizing va korporativ boshqaruvga doir qarorlar qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining 27 noyabr kuni oʻtkazilgan navbatdagi majlisida lizing va korporativ boshqaruv masalalari hamda shu sohalardagi xoʻjalik sudlarining vazifalari koʻrib chiqildi
«Mening shahrim» Loyihasi skretch-kartalar realizatsiyasini boshladi
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida abituriyentlar uchun elektron testlarga seriya raqamlari skretch-kartalarda ham tarqatila boshlandi
Xizmat safari xarajatlari uchun qancha mablagʻ beriladi?
Moliya vazirining buyrugʻi bilan Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Qonunlarimiz yuqori samara va unumdorlik bilan ishlashi kerak!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi a’zosi Shuhrat ShARAFUTDINOVning Parlamentda oʻtkazilgan axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi qonun hujjatlarining inventarizatsiyasi yuzasidan mulohazalari
Standartlashtirish sohasidagi bir qator hujjatlarning amal qilishi toʻxtaydi
Bu haqda “Oʻzstandart” agentligi vazirliklarga, idoralarga, xoʻjalik birlashmalari hamda tadbirkorlik sub’yektlariga eslatib oʻtadi
Oliy sudning yangi kitobi va veb-sayti
Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining «Jinoyat ishlari boʻyicha sud hujjatlari» kitobi hamda rasmiy veb-sayti taqdimoti boʻlib oʻtdi
Avtotransport vositalariga gaz ballonli uskunani oʻrnatish va undan foydalanish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 11.11.2015 yildagi 326-son Qarori bilan Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlari yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi
7 dekabr dushanba dam olish kuni boʻladi
Oʻzbekiston Prezidenti 2015 yil 20 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini (8 dekabr) nishonlash munosabati bilan dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisidagi Qarorni imzoladi
Parlament yuqori palatasining yalpi majlisi 2015 yil 3 dekabrda boʻlib oʻtadi
Poytaxtda 2015 yil 19 noyabr kuni boʻlib oʻtgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻrtinchi yalpi majlisini 2015 yilning 3 dekabr kuni chaqirish toʻgʻrisida Qaror qabul qilindi
«Inson huquqlari jurnalist nigohida» mavzusida ijodiy tanlov e’lon qilindi
Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi «Inson huquqlari jurnalist nigohida» mavzusidagi ijodiy tanlovni e’lon qiladi
Kompaniyangiz kutubxonasi uchun yangi elektron kitoblar
«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyoti uchta elektron toʻplam – kerakli hujjatni oson topish imkonini beradigan qulay avtomatlashtirilgan qidiruv tizimiga ega axborot ma’lumot tizimlarini nashr qildi
Uyali aloqa operatori va mintaqa kodini aniqlash osonlashdi
Biz koʻpincha oʻz uyali aloqa, ish va uy telefonlarimiz raqamlari bilan oʻzaro almashamiz, biroq hammamiz ham uyali aloqa operatori hamda mintaqa prefiksi (kodi)ni aniqlash uchun oʻzimizni urintirmaymiz
Mehmon olisdan va uzoq muddatga keldimi? Roʻyxatdan oʻtkazishni unutmang
Xorijiy mehmonning kelishi – bu nafaqat bayram dasturxoni va shahar boʻylab sayohat. Qabul qiluvchi tomon tashvishini qilishi lozim boʻlgan ilk bosqichlardan biri bu kelgan mehmonni joylashtirish hamda uni roʻyxatdan oʻtkazish hisoblanadi
2016 yil sayyohlik taqvimi ishlab chiqilmoqda
“Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi “2016 yil sayyohlik taqvimini” shakllantirayapti. Shu munosabat bilan u soha korxonalariga taklif bilan murojaat qilmoqda
Bojxona kodeksi muhim oʻzgarishlar arafasida
Deputatlar ikkinchi oʻqishda Oʻzbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasini muhokama qildilar
Bandlikni ta’minlash – parlament uchun ustuvor masala!
“2016 yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasi” muhokamasi boʻyicha parlamentning quyi palatasidagi «Demokratik kuchlar bloki»ning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
«MHXS standartlariga bagʻishlangan kuzgi oʻqishlar» boʻlib oʻtdi
Shu yil 10 noyabrdan 12 noyabrga qadar Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi “Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga bagʻishlangan kuzgi oʻqishlar – 2015” yillik seminarlarni oʻtkazdi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


