Amaldorlar mulki va daromadlarini deklaratsiya qiladi
Bu Prezidentning 27.05.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan
Maxsus jamgʻarma transport va logistikani rivojlantirishda yordam beradi
Bu Vazirlar Mahkamasining 24.05.2019 yildagi 429-son qarori bilan belgilangan, u bilan Transport vazirligi xodimlarini ragʻbatlantirish tartibi ham tasdiqlangan
Oʻzbekiston Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiyasiga kiradi
Vazirlar Mahkamasining 23.05.2019 yildagi «Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 428-son qarori e’lon qilindi
Indoneziya kompaniyasi Fargʻona NQIZni modernizatsiya qiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 maydagi 431-son qarori bilan belgilangan
Ikki tomonlama munosabatlarning samaradorligi qanday belgilanadi
Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi
Paketlarni olib kirishga belgilangan taqiq biznes foydasiga qayta koʻrib chiqildi
Prezidentning 2018 yil 18 maydagi PQ–3730-son qaroriga tegishli tuzatishlar kiritildi
QQSning ortiqcha summasini qaytarish: yangi mexanizm
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Fuqarolar va tashkilotlar Konstitutsiyaviy sudda koʻrib chiqish uchun masalani kiritishlari mumkin boʻladi
Adliya vazirligi «Konstitutsiyaviy sud toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy Qonun va Fuqarolik kodeksiga kiritiladigan tuzatishlar loyihasini ishlab chiqib, QHTBT portalida e’lon qildi
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tashkil etildi
U Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida tashkil etiladi. Idoraning oʻzida va mintaqaviy hokimliklarda bir qator tarkibiy oʻzgarishlar roʻy berdi
Kim hukm ustidan shikoyat berishi mumkin
24 may kuni boʻlib oʻtgan Oliy sud Plenumining majlisida qonun hujjatlarining ayrim normalarini qoʻllash qoidalari tushuntirildi
Davstatqoʻm hisobot sanasini koʻchirmoqda
Davlat statistika hisobotining oylik shakllarini taqdim etish muddati 5 iyundan 7 iyunga koʻchirilmoqda
«Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunga toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan normalar kiritiladi
Oʻzgartirishlar kiritishni koʻzlab ishlab chiqilgan qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portalida va Moliya vazirligi veb-saytida ikki marta joylashtirilgan.
Oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshash qoidalari
Xodimning tashabbusi bilan ishdan boʻshash haqidagi arizani faks yoki elektron pochta orqali joʻnatsa boʻladimi? Bu mehnat shartnomasi bekor qilinishiga asos boʻlib xizmat qila oladimi? Ish beruvchi boshqa shaxslardan berib yuborilgan xodimning arizasini qabul qilishga majburmi? Sharhimizda ushbu savollarga javob beramiz.
Telefondagi «ayirboshlovchi» tobora talabgir boʻlib bormoqda
Bir yil avval joriy qilingan mobil ilovalar orqali chet el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish (onlayn-konversiya) boʻyicha bank xizmati aholi oʻrtasida tobora ommalashib bormoqda
YHQni buzganlik uchun jarima toʻlashga – 60 kun
MJTKning yoʻl harakati qoidabuzarliklari toʻgʻrisidagi ayrim moddalariga tuzatishlar kiritildi
Eksport qiluvchilarga – QQS toʻlashni kechiktirish, kreditlar va tashish boʻyicha xarajatlarni kompensatsiya qilish
Prezidentning 24.05.2019 yildagi qarori eksport faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi boʻyicha butun kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi
IIO tergov boʻlinmalari xodimlarining daxlsizligi
«Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi
Kredit tashkilotlariga iste’molchilar huquqlarini buzganliklari uchun jarima solinadi
Bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarini buzganliklari uchun banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga qoʻllanadigan sanksiyalar tasdiqlandi.
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarga – soliq va bojxona imtiyozlari, kreditlarni qoplash
Ushbu va qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid boshqa chora-tadbirlar Prezidentning 23 maydagi qarorida nazarda tutilgan
Soʻroq qilish va tanib olish: yangi qoidalar
JPKda voyaga yetmagan guvohlarni yoki jabrlanuvchilarni soʻroq qilish tartibiga aniqlik kiritildi, shuningdek tanib olish jarayonining xavfsizligi kafolatlandi
Tergov – videokonferensaloqa orqali, mahkumlarga – video-uchrashuv
Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslariga kiritilgan tuzatishlar natijasida ana shunday imkoniyat yaratildi
Iqtisodiy sud ishlarini yuritishga sudgacha majlis joriy etilmoqda
Iqtisodiy protsessual kodeksga tegishli tuzatishlar kiritildi
Ishni koʻrishni keyinga qoldirish: buni qachon va necha marta amalga oshirish mumkin
Iqtisodiy protsessual kodeksga sud muhokamasini keyinga qoldirish asoslari va tartibi qismida tuzatishlar kiritildi
Shaxslarni davlatlararo qidirish toʻgʻrisidagi MDH shartnomasi boʻyicha Oʻzbekistonning vakolatli organi oʻzgardi
Adliya vazirligi oʻrnini Majburiy ijro byurosi egalladi
Parlament fraksiyalari Davlat byudjetining ijrosini koʻrib chiqdilar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fraksiyalarning yigʻilishlari boʻlib oʻtdi, ularda Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2018 yildagi hamda 2019 yilning birinchi choragidagi ijrosi muhokama qilindi
Oʻzbekistonda yoʻl qurilishini rivojlantirish strategiyasini «Roland Berger GmbH» ishlab chiqadi
Bu davlatga 2,6 mln yevroga tushadi. Nemis konsalting kompaniyasi texnik topshiriqlar taqdim etilgan kundan boshlab, 120 kundan koʻp boʻlmagan muddatda ishlab chiqishi kerak
Toshkentda nemis texnologiyalari boʻyicha plastik kartalar ishlab chiqarish ishga tushiriladi
Yiliga 75 mln dona ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy zavod qurish bilan YaUPM qoʻshma korxonasi va «Veridos GmbH» nemis kompaniyasi shugʻullanadi
Avtobusda tashish xavfsizligi oshiriladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 maydagi 424-son qarorida nazarda tutilgan
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


