Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
26.10.16

NHH loyihalari: xususiy tibbiy xizmatlar segmenti kengaymoqda

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida sogʻliqni saqlash xususiy sektorini yanada rivojlantirishga qaratilgan loyiha muhokama uchun ochildi

26.10.16

Qishloq joylarda uy-joylar yanada arzonlashadi

21.10.2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi

25.10.16

Sud zalidan: pudrat ishlarini kelishmadingizmi – uni bepul bajardingiz

Ushbu sharhda – pudratchi buyurtmachi bilan kelishmagan obodonlashtirish ishlari uchun toʻlovni undirish boʻyicha sud jarayonining borishi haqida

25.10.16

Norma kompaniyasi mahsulotlari onlayn qobiqda

Norma kompaniyasi oʻz mahsulotlari uchun NRM.UZ onlayn maydon tashkil etdi. Tadbirkorlar, buxgalterlar, yuristlar, kadrlar boʻyicha mutaxassislar orasida ommabop boʻlgan oʻrnatiladigan axborot elektron tizimlarni endi global tarmoqdan ham topishingiz mumkin

25.10.16

Imtiyozli mablagʻlardan oʻz muddatida foydalanmadingizmi – qaytaring

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida soliq imtiyozlari hisobiga boʻshagan, foydalanilmagan mablagʻlarni byudjetga qaytarish tartibiga tuzatish kiritishni taklif qiladigan qonun loyihasi joylashtirildi

24.10.16

Imtiyozli ipoteka oluvchi oilalar soni ortadi

Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda keltirilgan yosh oila tushunchasiga Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan (roʻyxat raqami 1697-3, 19.10.2016 yil) oʻzgartirish kiritildi

24.10.16

Qonunni sodda va ravon tilda yetkazish jurnalistning ishi

Adliya vazirligi jurnalistlar uchun “Tadbirkorlik ravnaqiga oid normativ-huquqiy hujjatlar targʻibotining oʻziga xos jihatlari” mavzusida seminar tashkil etdi

24.10.16

Sudyalar oʻz lavozimini muddatsiz egallashi mumkin

21.10.2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni e’lon qilindi

24.10.16

Tadbirkorlik sub’yektlariga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifati va soni oshmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Oʻzbekistonda 194 “Yagona darcha” markazlari tashkil etildi

21.10.16

Aholining ijtimoiy hojatmand toifalari doimiy e’tiborda

“Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalariga ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonun parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullandi

21.10.16

Savdo hajmini oshirishda qoʻl keladigan 5 usul

Tijorat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarni har doim bir savol qiynaydi: savdo-sotiq hajmini qanday oshirish kerak. Quyida eng ishonchli va samarali usullardan 5 tasini taqdim etamiz

21.10.16

Interaktiv xizmatlarni yaxshilash – DBQning ustuvor maqsadlaridan biri

Ayni kunlarda Davlat bojxona qoʻmitasida 35 ta avtomatlashtirilgan tizim ishlamoqda, ularning 22 tasiga davlat organining axborot tizimi roʻyxatdan oʻtganligi haqida guvohlik beruvchi sertifikatlar olingan

20.10.16

SSPdan yangi xizmat – yaponcha «Kaydzen» tizimi

Savdo-sanoat palatasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan birgalikda ishlab chiqarish korxonalarida boshqaruvning yaponcha modeli — “Kaydzen”ni joriy etish boʻyicha yangi xizmatni taklif etmoqda

20.10.16

NHH loyihalari: iste’molchilar energiyani tejashlari kerak

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida Korxonalar va xoʻjalik birlashmalarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash hamda asosiy mahsulot va xizmatlar turlarini ishlab chiqarishda ularning sarflanishini maqbullashtirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish tartibi haqidagi Nizom loyihasi e’lon qilindi

20.10.16

Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy kafolatlari mustahkamlanmokda

2016 yil 18 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida Respublika konferensiyasi boʻlib oʻtdi

20.10.16

Toshkentda kichik biznes uchun asbob-uskunalar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

2016 yil 8-10 noyabr kunlari Toshkent shahrida navbatdagi “Kichik biznes asbob-uskunalari va mahsulotlari” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi, uning doirasida asalarichilar va xalq ustalari mahsulotlari yarmarkasi ham oʻtkaziladi

20.10.16

YaIDXP orqali oʻsimlik yigʻishga ruxsatnoma olish uchun soʻrov berish mumkin

Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika davlat inspeksiyasi (Davbionazorat) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmatni joriy etdi

19.10.16

Boshlangʻich hujjatlarni imzolashda lavozim va familiyani koʻrsating

Moliya vazirining qarori (roʻyxat raqami 1297-2, 2016 yil 12 oktyabr) bilan Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

19.10.16

1 noyabrdan poytaxtimizda chiqindilarni olib chiqish narxi oʻzgaradi

«Maxsustrans» DUK oʻz xizmatlari uchun narxlar oshayotganligini ma’lum qildi. Ular 1 noyabrdan boshlab oʻzgaradi

19.10.16

Ijarani lizing bilan adashtirmaslik uchun

Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1961-1, 2016 yil 12 oktyabr) bilan “Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritildi

19.10.16

MAK qatnovlariga xalqaro aviachiptalarni endi internet orqali xarid qilish mumkin

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (MAK) xalqaro yoʻnalishlarga aviachiptalarni Internet orqali bron qilish va sotib olish imkoniyati yoʻlga qoʻyilganligini e’lon qildi

19.10.16

Turmush oʻrtogʻini va chet el fuqarosini Toshkentda propiska qilish osonlashdi

Vazirlar Mahkamasining 7.10.2016 yildagi 336-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi takomillashtirildi

18.10.16

Poytaxtimizda 19-20 oktyabrda isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahridagi ijtimoiy ob’yektlar markaziy isitish tizimiga 19 oktyabr kuni ulanadi, 20 oktyabr kuni esa koʻp kvartirali turar joylarga ham issiqlik energiyasi yetib boradi. Hokimning tegishli qaroriga bugun imzo chekildi

18.10.16

Sport turi qanday e’tirof etiladi?

Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2832, 2016 yil 11 oktyabr) bilan yangi Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

18.10.16

Tutingan ota-onalar bilan bitim tuziladi

Xalq ta’limi vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2831, 2016 yil 10 oktyabr) bilan Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisidagi namunaviy bitim tasdiqlandi

18.10.16

Aviadispetcherlarda maxsus ish grafigi boʻladi

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2194-2, 2016 yil 10 oktyabr) bilan «Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish» aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ–71) qoʻshimcha kiritildi

14.10.16

Yosh rahbarlar yoʻl qoʻyadigan xatolar

2007 yilda Florida Universiteti tadqiqot oʻtkazdi. Uning natijalariga koʻra 40 foiz ishtirokchi “yomon rahbar” bilan ishlayotganidan noligan. Sizchi? Shunday boshliqlar roʻyxatiga kirmasligingizga aminmisiz?

14.10.16

IFUTni aniqlashning yangi tartibi va oʻziga xosliklari

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab joriy etiladigan yangi tartibga koʻra kichik tadbirkorlik sub’yektlariga taalluqli boʻlgan tashkilotlarning turi Tashkilotlar tasniflagichidan foydalanilgan holda aniqlanadi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.